Mavzu: Tomirli parda, to’r parda va ko’ruv nervi kasalliklari


To’r pardaning yirtilib, joyidan ko’chishi


Download 314.48 Kb.
bet5/7
Sana08.03.2023
Hajmi314.48 Kb.
#1252116
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tomirli parda, to’r parda va ko’ruv nervi kasalliklari.

To’r pardaning yirtilib, joyidan ko’chishi. To’r parda butun uzunligi bo’yicha tomirli parda
bilan bo’sh tutashgan va ko’rish nervi sohasi va arrasimon chiziq oldida mahkam birikkandir. U
shishasimon tana va tomirli parda orasida joylashgan bo’lib, ba'zan shishasimon tanadagi
o’zgarishlar ta'sirida, ba'zan tomirli pardadagi o’zgarishlar ta'sirida ko’pincha patologik
jarayonlarga uchraydi. Jarohatlar va uzoqdan ko’rolmaslikning yuqori darajasida ham to’r parda
ko’chishi mumkin.
Ko’pincha to’r pardaning yirtilishi ko’z olmasining yuqori tashqi kvadrantida, ya'ni yuqori
qiyshiq muskul birikkan joyda kuzatiladi. Yirtilgan joyda shishasimon tanadan to’r parda ostiga
suyuqlik sizib chiqadi. Bu har xil kattalik va shakldagi pufaklar ko’rinishida to’r pardaning
ko’chishiga sabab bo’ladi. Bemorlar ko’pincha ko’rish o’tkirligining pasayishi va ko’rish
maydonining yo’qolganligidan shikoyat qiladilar. Ko’z oldida parda osilib kelayotgandek tuyuladi.
To’r parda ko’chishining diagnostikasi sinchiklab oftalmoskopik tekshiruv o’tkazish yo’li
bilan amalga oshiriladi. To’r parda ko’chishining diagnostikasida ultratovush muhim o’rin tutadi.
O’tkazuvchi nurda qizil refleks fonida kul rang nozik parda ko’rinadi, u ko’z olmasi
harakatlanganda shamoldagi yelkan singari to’lqinlanadi.


To’r parda ko’chishini diagnostikasi va davosi.
– Kasallikka tashhis qo’yish bemorning shikoyatlariga (ko’rish o’tkirligining birdaniga keskin
pasayishi, ko’z oldida uchqunlar paydo bo’lishi) va oftal’moskopiya natijalariga asoslanadi.
Vrachgacha bo’lgan shoshilinch yordam:
– Bemorni qat’iyan tinchlantirish
– 1% li atropin sul’fat eritmasidan 2 tomchi tomizish
– Binokulyar bog’lam qo’yish
– Ko’z kasalliklari shifoxonasiga yuborish
Shifoxonada:
– Bemorga o’rin ko’rpa rejimi buyurilib, kon’yuktiva ostiga dioning va NaCl buyuriladi
– Vena ichiga natriy yodid yuboriladi va xirurgik yo’l bilan (diatermolazerfatokoagulyasiya,
sklerani qisqartirish) davolanadi
– To’r parda joyidan ko’chishining oldini olish uchun ko’z kasalliklarini vaqtida aniqlab, davo
chorlarini ko’rish lozim
To’r parda ko’chishini davolashda ko’pgina jarrohlik usullari ishlab chiqilgan. Ularda
diatermokoagulyatsiya va kriopektsiya usullari qo’llaniladi. To’r parda yirtilishining oldini olishda tashqi pardani silikon gubka yordamida siqish kerak. Makulyar va paramakulyar yirtilishlar to’r pardaning yassi ko’chishida lazer yoki fotokoagulyatsiya usuli orqali bartaraf qilinadi.
Eski, regid, adinamik ko’chgan to’r parda uchun adekvat jarrohlik usullari ishlab chiqilgan: tashqi (oqsil) pardani qisqartirish, tashqi pardani teshib o’tmaydigan rezeksiya qilib, ketgut, tog’ay bilan plombalash, ekvator sohasida aylana bo’ylab sirkulyar siqish va boshqalar.
To’r pardada qon aylanishining buzilishi. To’r parda tomirlarida qon o’tkazuvchanlikning o’tkir buzilishi sababli kelib chiqqan qon aylanishidagi o’zgarishlar bilan bog’liq to’r parda kasalliklari alohida diqqatga sazovor. Ular emboliya, spazm, arteriya yoki vena trombozi sababli kelib chiqishi ham mumkin.
To’r parda markaziy arteriyasining emboliyasi ko’pincha yoshlarda ko’zning to’satdan ko’r
bo’lib qolishi bilan yuzaga keladi. Oftalmoskopiyada arteriyalarning keskin toraygani, ko’z tubi,
ayniqsa sariq dog’ sohasida anemiya topiladi, bu sohaning rangsiz fonida to’q qizil dog’cha (olcha danagiga o’xshash) ko’rinadi. Agar embol to’r parda arteriyasining butun poyasini emas, uning biror tarmoqchasini berkitib qo’ygan bo’lsa, bunda anemiya va tomirlar torayishi alomatlari ko’z tubining chegaralangan qismida (tomir yo’li bo’ylab) ko’rinadi va bemorda faqat ko’rish o’tkirligi pasayadi, ko’rish maydoni qismi esa ishdan chiqadi. Emboliya yurak nuqsonida to’r parda tomirining yurak klapanidan uzilgan embol bilan berkilib qolishi tufayli sodir bo’ladi.
Arterioskleroz zaminida kelib chiqqan endartenit natijasida ro’y bergan arteriya trombozida qon
quyilishi sodir bo’lib, ko’pincha bu jarayon keksalarda yoki revmatizmi bor yoshlarda kuzatiladi.
To’r parda markaziy arteriyasida yoki uning biror tarmoqchalarida spazm yoshlarda asab
tizimining funktsional kasalligi sifatida yuzaga chiqishi mumkin. Klinik ko’rinishi emboliyani
eslatadi. Spazmning emboliyadan farqi shuki, bunda ko’rish qobiliyati vaqtincha yo’qoladi va
yurakda organik kasallik bo’lmaydi.

Download 314.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling