Mustaqil ishi Mavzu


Download 110.03 Kb.
bet1/2
Sana13.09.2023
Hajmi110.03 Kb.
#1676551
  1   2
Bog'liq
Ko\'z


Toshkent shahar Yashnabod tumani
TDSI Xalq tabobati fakulteti 1-kusr talabasi
Qutbiddinova Muhabbatning
fanidan yozgan

Mustaqil ishi

Mavzu:





1-Ko'ruv a'zolarining taraqqiyoti
2-Ko'zning nur sindiruvchi aparati
3-ko'zning yordamchi hosilalari


Ko'rish a’zosi
Ko'rish a’zosi (organon visus) odam hayotida uni tashqi muhit bilan
aloqasida katta ahamiyatga ega. Ko'rish a’zosi ko'z kosasida joylashgan bo'lib,
ko'z va ko'zning yordamchi a’zolaridan iborat.
Ko'rish a’zosining taraqqiyoti
Odamda ko'z olmasi bir nechta manbadan: yorug'lik sezuvchi to'r parda
miya pufagining yon devoridan, ko'z gavhari -ektodermadan, tomirli va
fibroz pardalar - mezenximadan taraqqiy etadi.
Homila taraqqiyotining 2 oyi boshlarida birinchi miya pufagining yon
devorida bir juft o'simta ko'z pufagi paydo bo'ladi. Uning uchi kengayib,
ektodermaga qarab o'sadi. Miyaga qo'shilgan oyoqlari torayib ko'ruv nervini
hosil qiladi. Taraqqiyotning keyingi oylarida ko'z pufagining oldingi devori
ichkariga botib kirib, ikki qavatli ko'z jomini hosil qiladi. Jomning tashqi
devori keyinchalik to'r pardaning tashqi pigmentli qismiga, ichki devori esa
yorug'lik sezuvchi qismiga aylanadi Shu davrda ko'z jomi oldida tuigan ektoderma
awal qalinlashadi, keyin unda gavhar chuqurchasi paydo bo'lib, gavhar
pufagiga aylanadi Homila hayotining 2 oyida ko'z jomi ichiga mezenxima hujayralari o'sib kirib, ko'z jomining ichki tomonida tomirli pardani, tashqi tomonida esa fibroz pardani va qon tomirlar to'rini hosil qiladi. Fibroz pardaning
oldingi qismi rangsizlanib, shox pardaga aylanadi. Homila hayotining 3 oyida
ustki va pastki qovoqlar ektoderma burmalari holida paydo bo'ladi. Ko'zning
biriktiruvchi to'qimali pardasi (konyunktiva) epiteliyasi ham ektodermadan
taraqqiy etadi. Ko'z yoshi bezi kon'yunktiva epiteliyasning o'simtalaridan
homila hayotining 3 oyida qovoqlaming tashqi qismida taraqqiy etadi.
Ko‘z
Ko'z (oculus, grekcha ophthalmos) ko'z olmasi va ko'ruv nervidan
iborat. Ko'z olmasi (bulbus oculi) yumaloq shaklga (131-rasm) ega bo'lib, unda
oldingi qutb (polus anterior) va orqa qutb (polus posterior) tafovut qilinadi.
Oldingi qutb shox pardaning eng chiqqan joyiga to'g'ri kelsa, orqa qutbi ko'ruv
nervining chiqish sohasidan lateralroq joylashgan. Shu ikki nuqtani biriashtiigan
chiziq ko'zning tashqi o'qi (axis bulbi externus) deb atalib, uzunligi 24 mm.
Ko'z olmasining ichki o'qi (axis bulbi internus) shox pardaning orqa yuzasidan
to'r pardagacha bo'lib, uzunligi 21,75 mm. Ko'z olmasining vertikal o'lchami
23,5 mm, ko'ndalangi 23,8 mm. Ko'zning oldingi qutbi bilan to'r pardaning
markaziy chuqurchasini bog'lovchi chiziq ko'zning ko'ruv o'qi (axis opticus) deb ataladi. Ko'z olmasi ko'zning ichki muhiti (oldingi va orqa kameralar suyuqligi, ko'z gavhari, shishasimon tana) va uni qoplagan uch qavat pardadan iborat. Tashqi fibroz parda (tunica fibrosa
bulbi) himoya vazifasini bajaradi. U ikki: oldingi shox va orqadagi oqsil pardadan iborat Ulaming o'rtasida uncha chuqur bo'lmagan aylanma egat (sulcus sclerae) bor. Shox parda (cornea) tiniq bo'lib, soat

oynasiga o'xshash ko'rinishga ega. Uning diametri 12 mm, qalinligi 1 mm. Shox
pardada oldingi yuza(facies anterior) va orqa yuza (facies posterior) tafovut qilinadi.
Uning oqliq pardaga qaragan chekkasi limbus corneae deyiladi.
Oqliq parda (sclera) pishiq tolali biriktiruvchi to'qimadan iborat. Uning
orqa tomonida ko'ruv nervi tolalari chiqadigan teshiklar bor. Oqliq parda
bilan shox parda chegarasida vena qoni bilan to'lgan tor aylanma kanal vena
sinusi (sinus venosus sclerae) (shlem kanali) bor.
O'rta tomirli parda (tunica vasculosa bulbi) qon tomirlaiga va pigmentga
boy. U bevosita oqliq parda ostida joylashib, ko'ruv nervi chiqadigan sohada
unga birikib ketadi. Tomirli parda uch qismdan: xususiy tomirli parda,
kiprikli tanavarangdor pardadan iborat.
Xususiy tomirli parda (chorioidea) orqa katta sohani tashkil qiladi. U
bilan oqliq parda o'rtasida bo'shliq (spatium perichorioidale) bor.
Kiprikli tana (corpus ciliare) tomirli pardaning qalinlashgan qismi
bo'lib, shox pardani skleraga o'tish sohasida aylana shaklida joylashgan. Uning
orqa qismi kiprikli aylana- orbiculus ciliaris xususiy tomirli pardaga o'tib
ketadi. Kiprikli tananing oldingi qismi 70 yaqin radiar yo'nalgan uzunligi
3 mm bo'lgan kiprikli o'simtalar (processus ciliares) hosil qiladi. Kiprikli
tana ichida tolalari meridonial, radiar, bo'ylama va aylanma yo'nalishdagi
silliq mushak tolalaridan iborat kiprikli mushak (m. ciliaris) joylashgan.
Bu mushak qisqarganida ko'zni akkomodatsiya (accomodatio oculi) qiladi.
Rangdor parda (iris) tomirli pardani oldingi qismi. U qalinligi 0,4
mm bo'lgan aylana shakliga ega bo'lib, o'rtasida ko'z qorachig'i (pupilla)
bor. Rangdor pardaning tashqi qorachiqqa (margo pupillaris) va kiprikli
tanaga qaragan (margo cilliaris) chekkalari bor. Rangdor pardani oldingi
yuzasi (facies anterior) shox pardaga qaragan bo'lib, undan ko'z
olmasining oldingi kamerasi (camera anterior bulbi) bilan ajrab turadi.
Uning orqa yuzasi (facies posterior) esa ko'z gavhariga qaragan, undan
ko'z olmasining orqa kamerasi (camera posterior bulbi) bilan ajralgan.
Rangdor pardada pigment bo'lib, ko'zning rangi uning miqdoriga bog'liq,
agar pigment ko'p bo'lsa, rangi qoramtir, kamroq bo'lsa, zangori,
pigment bo'lmasa, qizil rangda bo'ladi. Rangdor parda ichida qorachiq
atrofini halqa shaklida o'ragan, qorachiqni toraytiruvchi (m. spincter
pupUlae) va radiar joylashgan qorachiqni kengaytiruvchi mushak (m.
dilatator pupillae) bor. Rangdor parda bilan shox parda orasidagi burchakda
bo'shliq (spatia angula iridocornealis) bor.
Ichki to'r parda (retina) tomirli pardani ichki tomoniga ko'ruv nervi
chiqadigan joydan to qorachiq chekkasigacha yopishib turadi. To'r pardada
tashqi pigmentli qavat (stratum pigmentosum) va ichki murakkab tuzilgan
nur sezuvchi qavat (stratum nevrosum) tafovut qilinadi. Nur sezish faoliyatiga
qarab orqa katta nur sezuvchi hujayralar (tayoqchalar va kolbachalar) joylashgan
ko'ruv qismi (pars optica retinae) va oldingi kichik ko'ruv hujayralari
bo'lmagan ko'r qismiga (pars caeca retinae) bo'linadi. Bu qismlaming birbirigao'tish
joyi xususiy tomirli pardani kiprikli tanagao'tish sohasiga (ora
serrata) to'g'ri keladi. To'r pardaning orqa qismiga ko'z olmasining tubiga
oftalmoskop bilan qaraganda (132-rasm) ko'ruv nervi diski (discus neni
optici), uning markazda esa to'r pardaga kirayotgan to'r pardaning markaziy
arteriyasi (a. centralis retinae) ko'rinadi. Ko'ruv nervi diskidan tashqiroqda
orqa qutb sohasida sariq dog' (macula lutea) va uning markaziy chuqurchasi
(fovea centralis) ko'rinadi. Markaziy chuqurchada faqat kolbachalar to'plangan
bo'lib, eng yaxshi ko'rish sohasi hisoblanadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda ko'z olmasi nisbatan katta bo'lib, bo'ylama
o'lchami 17,5 mm , ko'ndalang o'lchami esa 16,7 mm bo'ladi. U bola
hayotining birinchi yilida tez o'sadi. Ko'z o'lchamlari hayot davomida 50%
o'ssa, og'irligi 5 yoshda 70%, 20-25 yoshda esa 3 marta kattalashadi. Shox
parda yangi tug'ilgan chaqaloqda nisbatan keng va yassi bo'lib, egriligi hayot
davomida o'zgarmaydi. U oqliq pardadan aniq ajralgan. Oqliq parda yangi
tug'ilgan chaqaloqda yupqa bo'lib, undan tomirli parda havorang soya berib,
ko'rinib turadi. Tomirli pardada rangli modda kam bo'lib, yangi tug'ilgan
chaqaloqning ko'zi kulrang yoki zangori rangda bo'ladi. Doimiy rang 2
yoshlarda paydo bo'ladi. Qorachiq mushaklari yaxshi taraqqiy etmagani uchun
u tor (1,5-2 mm) bo'ladi. Bola 5-6 yoshlaiga to'lganida qorachiq kengayadi,
keyinchalikesatorayaboradi.Kiprikli tana yangi tug'ilgan chaqaloqda kam taraqqiy
etgan bo'ladi. Unda biriktiruvchi to'qima kam bo'lib, o'simtalari ingichka. Kiprikli
mushak yupqa va qisqa boladi, Yangi tug'ilgan chaqaloqda to'r parda nisbatan yupqa va pigment hujayralari kam. Unda to'r pardaning markaziy chuqurchasidan
tashqari qismlari rivojlanishi tugallanmagan bo'lib, m a rl^y chuqurcha taraqqiyoti bola hayotming 6 oylanda tugaydi.
Ko'zning nur sindiruvchi apparati
Ko'zning nur sindiruvchi apparati tarkibiga shox parda, ko'z gavhari va
shishasimon tana kiradi.
Ko‘z gavhari (lens) ikki tomoni qavariq linzaga o'xshaydi va kuchli
nur sindirish qobiliyatiga ega. Uning oldingi yuzasi (facies anterior) va
oldingi qutbi (polus anterior) ko‘z olmasining orqa kamerasiga qaragan.
Orqa yuzasi (facies posterior) qavariqroq bo'lib, orqa qutb (polus

Download 110.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling