Mavzu: Tomirli parda, to’r parda va ko’ruv nervi kasalliklari


Download 314.48 Kb.
bet2/7
Sana08.03.2023
Hajmi314.48 Kb.
#1252116
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tomirli parda, to’r parda va ko’ruv nervi kasalliklari.

Irit belgilari: kasal ko’zning rangi o’zgaradi, rangdor pardaning rasm - refyefi silliqlashib,
qorachiq torayadi, chiroqqa yaxshi o’ynamaydi, noto’g’ri shaklga ega bo’ladi. Qorachiq bilan
gavhar orasida bitishmalar (sinexiyalar) hosil bo’ladi, qorachiq kengaytirilganda uning shakli
noto’g’ri bo’lib, sinexiyalar yaqqol ko’rinadi.



Siklit belgilari: kipriksimon tanani ko’zda ko’rib bo’lmaydi, shuning uchun, irit bo’lgan
ko’zda siklit belgilarini qidirish lozim. Ular: ko’zdagi qattiq og’riqlar (kipriksimon tana nerv
tolalariga boy bo’lganligi uchun), ko’z ichi bosimining pasayishi (kipriksimon tana kasal
bo’lganligi uchun ko’z ichi suyuqligi kam ishlab chiqaradi) - barmoqlar bilan paypaslab
tekshiriladi, silliar og’riqlar - bosim o’lchanganda ko’zda qattiq og’riqlar seziladi, shox pardoning ichki qavatiga toshmalar toshishi (pretsipitatlar), shishasimon tananing xiralashishi, ko’rish darajasining pasayishi seziladi.
Xorioidit - og’riqsiz o’tadi. Bemor ko’rish darajasining pasayishi, ko’z o’ngida jismlar
uchgandek bo’lishi, buyumlar shaklining o’zgarib ko’rinishi, ko’z oldida chaqmoqlar chaqqandek tuyulishi kabi shikoyatlar bilan keladi. Tashqi ko’rinishda ko’zda o’zgarishlar bo’lmaydi.
Vaholanki, hamma o’zgarishlar ko’z tubida bo’ladi. U yerda markaz yoki periferiyada oqimtir-kul rang va pigmentlangan o’choqlar paydo bo’lib, ularning ustidan qon tomirlar o’tadi.
Tomirli pardaning yallig’lanishida birinchi yordam – kon'yunktival xaltasiga midriatiklar tomizish (1% atropin, 0,1% adrenalin), gormonlar tomizish (0,1% deksametazon, maksideks), keng doirali antibiotiklar ichirish, iridotsiklitda muskui orasiga og’riqsizlantiruvchi dorilar yuborish (baralgin, analgin bilan dimedrol aralashmasi), shuningdek, ko’zga aseptik bog’lam qo’yish orqali amalga oshiriladi va kasalxonaga yuboriladi. Statsionarda mahalliy va umumiy davo qilinadi.

Download 314.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling