Tez-tez kasal bo’luvchi bolalar soni
Download 82.5 Kb.
|
1mavzu
1.Mavzu: Bolalar va o‘smirlar salomatlik holatini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarni o‘rganish usullari, antropometriya, standartlar xamda bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanishiga baxo berish jadvallarini ishlab chiqish.Bolalar va o‘smirlar salomatlik holatini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarni o‘rganish usullari.Bolalar va o’smirlar kontingenti salomatlik holatiga tavsif berish uchun kasalliklarni va patologik jarohatlanishlarning tarqalganliklarini hisobga olgan holda quyidagi ko’rsatkichlardan keng foydalaniladi: murojaatlar bo’yicha kasallanishni aniqlash, salomatlik indeksi, epizodik kasallanish, tez-tez kasallanuvchi bolalar soni va patologik jarohatlanish. Kasallanish bo’yicha murojaatlar soni - bu ma'lum vaqt oralig’ida kasallik tufayli tibbiy yordam uchun qilingan murojaatlar yig’indisidir. Murojaatlar bo’yicha kasallanishni aniqlash uchun poliklinika kartalaridan (112-shakl), bolalarga kasallik tufayli berilgan tibbiy ma'lumotnomalardan ko’chirmalar olinadi. Tibbiy yordam uchun qilingan barcha murojaatlarni hisobga olish bolalar va o’smirlar kontingenti orasida tarqalgan kasalliklarning tarkibi va tuzilishi va har bir nozologik shaklning solishtirma og’irligini aniqlashda yordam beradi. Buning uchun ma'lum bir nozologik shakl bo’yicha qilingan murojaatlarning, tibbiy yordam uchun qilingan umumiy murojaatlar soniga nisbatini foizdagi ko’rsatkichlari olinadi. Murojaatlar bo’yicha kasallanishni tahlil qilish murojaatlar sonining aniqlashda, shuningdek umuman kasal bo’lmagan va bir necha marta kasal bo’lgan bolalarni aniqlashda yordam beradi. Bir yil davomida 4 va undan ortiq marta kasal bo’lgan bolalar tez-tez kasal bo’luvchi bolalar guruhiga kiritiladi. Amaliyotda tez-tez kasal bo’luvchi bolalar soni tekshirilgan bolalarning umumiy soniga nisbatining foizdagi ko’rsatkichidan foydalaniladi: Tez-tez kasal bo’luvchi bolalar soni ------------------------------------------------- x 100% Tekshirilgan bolalarning umumiy soni Salomatlik indeksi (SI) - bu yil davomida umuman, mutlaq kasal bo’lmagan bolalar sonining umumiy tekshirilgan bolalar soniga nisbatining foizlardagi ko’rsatkichidir. yil davomida mutlaq kasal bo’lmagan bolalar soni SI = --------------------------------------------------- x 100% tekshirilgan bolalarning umumiy soni Patologik jarohatlanish - surunkali kasalliklarning va funksional siljishlarning tarqalganligi - tibbiy ko’riklar o’tkazilishi natajasida aniqlanadi va bolalar kontingenti salomatlik holatini baholashda keng foydalaniladi. Respublikamizda bolalar va o’smirlar salomatligini saqlash va mustahkamlashga katta ahamiyat beriladi. Davriy ravishda reja asosida maktabgacha bolalar muassasalari (MBM), maktab, litsey, kollej va boshqa tashkillashtirilgan muassasalarga qatnovchi bolalar va o’smirlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko’riklardan o’tkaziladi. Tibbiy ko’riklarda tor mutaxasislarning (okulist, otolaringolog, endokrinolog, revmatolog, ortoped, gematolog va b.sh.) doimiy ravishda qatnashishi funksional siljishlarni va kasalliklarni erta aniqlashda, davolash va sog’lomlashtiruvchi chora-tadbirlarni o’z vaqtida samarali o’tkazishda yordam beradi. Bolalar va o’smirlarning salomatligi haqidagi ma'lumotlar birlamchi hujjatlar va 26-x shakli - bolaning individual kartasi, 25-x shakli - o’smirning tibbiy kartasiga davolash profilaktik muassasaning hisobot hujjatlarida keltirilgan bo’ladi. Hozirgi kunda bolalar va o’smirlar salomatlik holatini baholash S.M. Grombax tomonidan tavsiya etilgan 4 ta mezon asosida olib boriladi: 1. Tekshiruv davrida surunkall kasalliklarning borligi yoki yo’qligi; 2. Organizm asosiy tizimlarining funksional holati erishgan darajasi; 3. Organizmning noxush ta'sirlarga qarshilik ko’rsatish darajasi; 4. Erishilgan jismoniy rivojlanish darajasi va uning uyg’unligi. Taklif etilgan sxemaga muvofiq, bolalar va o’smirlar salomatlik holati hisobga olinib, beshta salomatlik guruhiga bo’linadi: Birinchi guruh - amaliy sog’lom bolalar, bular surunkali kasalliklarga chalinmagan, o’z yoshiga mos ravishda uyg’un jismoniy rivojlanishga va me'yoriy funksional ko’rsatkichlarga ega bo’lgan bolalar. Ikkinchi guruh - amaliy sog’lom bolalar, lekin morfologik yoki funksional siljishlarga ega, tez-tez kasal bo’ladigan bolalar. Bu guruhga yyengil miopiyasi bo’lgan, qomatning tuzilishida nuqsonlari, yassi tovonlik bilan og’rigan va h.k. bolalar kiritiladi. Uchinchi guruh - kompensatsiya davridagi surunkali kasalliklarga chalingan bolalar (surunkali tonzilit, revmatizmning noaktiv davri va h.k.), organizm ish faoliyatiga salbiy ta'sir ko’rsatadigan tug’ma yoki orttirilgan jismoniy nuqsonlari bor bo’lgan bolalar. To’rtinchi guruh - subkompensatsiya davridagi surunkali kasalliklarga chalingan bolalar. Bu guruhga kiritilgan bolalar tashkillashtirilgan bolalar muassasalariga borishadi. Beshinchi guruh - dekompensatsiya davridagi og’ir surunkali kasalliklarga chalingan kam harakat nog’iron bolalar. Bu guruhga kiritilgan bolalar o’quv-tarbiya muassasalariga qatnash imkoniyatiga ega emaslar. I.A.Karimov (1994) O’zbekiston miqyosida, kichik yoshdagi bolalarni salomatlik guruhlariga taqsimlashda II-guruhni alohida uchta guruhchalarga bo’lishni amaliyotga tavsiya qiladi: II - A guruh - ayrim a'zo va tizimlarni hamda butun organizm ish faoliyatini me'yorda kechishiga halaqit bermaydigan ayrim morfologik nuqsonlarga ega bo’lgan bolalar. II - B guruh kasalliklarni rivojlanishiga imkon beradigan turli xil ijtimoiy gigiyenik va boshqa tavsifdagi salbiy omillarga ega bo’lgan bolalar. II - V guruh tez-tez kasal bo’ladigan bolalar. Atrof - muhitning turli xil omillari bolalar salomatligiga ta'sir ko’rsatadi, shulardan ko’pchiligiga xavf tug’diruvchi omillar hisoblanib, ular bolalar organizmiga salbiy ta'sir ko’rsatadi. Bolalar aholisi salomatlik holatiga ta'sir etuvchi muhim omillar uch guruhga bo’linadi: 1.turmush tarzi; 2.atrof - muhit holati; 3.biologik. Ijtimoiy va atrof-muhit omillari biologik (shu jumladan, nasliy) omillar bilan birgalikda ta'sir ko’rsatadi. Bu odam kasallanishining atrof-muhit omillariga, shuningdek o’sish va rivojlanishning biologik qonunlari va genotipiga uzviy bog’liqligini yana bir bor ko’rsatadi. Butun jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (BJSST) ma'lumotlariga ko’ra inson salomatligining shakllanishida ijtimoiy omillarning ta'siri 50% ni, biologik omillar - taxminan 20%, antropogen omillar - taxminan 20%, tibbiy ta'minlanganlik - 10% ni tashkil etadi. Biroq bu ko’rsatkichlar shartli, o’rtacha hisoblanib, o’sish va rivojlanishning yosh xususiyatlarini alohida davrda patologiyalarning tarqalganligini va xavf tug’diruvchi omillar ta'sirini hisobga olmaydi. Atrof-muhitning xavf tug’diruvchi omillarining ta'sir kuchi turli yosh va jinsda turlicha bo’ladi. Bir yoshgacha bo’lgan bolalarning salomatlik holatiga ta'sir etuvchi ijtimoiy omillar orasida oila tarkibi va ota-onaning bilimdonligi katta ahamiyatga ega bo’lsa, 1-4 yoshda bu omillarning ta'siri kamayadi, biroq hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Lekin bu yoshda yashash sharoiti va oila daromadi, uyda parranda va uy hayvonlarining boqilishi, shuningdek, oila a'zolarining chekishi katta o’rin to’tadi. Bolaning maktabgacha bolalar muassasalariga (MBM) qatnashi 1-4 yoshda muhim ahamiyat kasb etadi. 7-10 yoshda oila daromadi, yashash sharoiti, hayvonlarning boqilishi va chekish bolalar salomatligi shakllanishida katta ta'sir ko’rsatadi. Shunday qilib, o’suvchi organizm salomatlik holatiga va rivojlanishiga ta'sir etuvchi ijtimoiy-gigiyenik omillarni shartli ravishda muqobil (ijobiy) va nomuqobil (salbiy) guruhlariga ajratish mumkin. (jadval 1) Download 82.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling