Tez-tez kasal bo’luvchi bolalar soni
Bolalar va o’smirlar salomatlik holatiga ta'sir etuvchi ijtimoiy gigiyenik omillar
Download 82.5 Kb.
|
1mavzu
Bolalar va o’smirlar salomatlik holatiga ta'sir etuvchi ijtimoiy gigiyenik omillar
Barcha yosh guruhlarida bolalarning salomatligiga salbiy ta'sir ko’rsatuvchi biologik omillar orasida onaning homiladorlik davrida kasallanishi, homiladorlik va tug’ruqlarning asoratli kechishi katta ta'sir ko’rsatadi. Umumiy kasallanish ma'lumotlari (murojaatlar bo’yicha) respublika viloyat statistika bo’limlari tomonidan berilgan maxsus statistik so’rov ko’rsatmalaridan olinadi. Murojaatlar bo’yicha kasallanish ma'lumotlari bolalar va o’smirlar rejali tibbiy ko’rik ma'lumotlari bilan to’lg’aziladi. Chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rik natijalarini o’rganish solishtirma aspekt o’tkazishni talab qiladi. Bunda yosh, muassasa turi va bir necha yillik dinamikasi hamma yosh guruhlarida tahlil qilish uchun xalqaro kasalliklar klassifikatsiyasining guruh rubrikatsiyasidan foydalanamiz.
Kasalliklar tasnifi Jamoalarda bolalar va o’smirlar kasallanishini tahlil qilishda shu narsani e'tiborga olish kerakki, turli yoshda kasalliklar bolalar orasida turlicha tarqalgan bo’ladi. 3-jadvalda turli yoshlarda kasalliklarning rang ko’rsatkichlari bo’yicha taqsimlanishi keltirilgan. Bolalar va o’smirlar o’rtasida kasallanishlarni rang bo’yicha tarqalishini tahlil qilish shuni ko’rsatdiki, barcha yosh guruhida birinchi o’rinni nafas organlari kasalliklari egallaydi. Bolalar yoshi kattalashishi bilan kasalliklarning tarkibi ham o’zgaradi. Kasallanishlar tarkibi hamma bolalar va o’smirlar muassasalarida bir xil emas, bu turli omillarga bog’liqdir. Umumiy kasallanishni kamaytirish hamda bolalar va o’smirlar salomatligini mustahkamlash yuzasidan kompleks ish olib borganda, sanitar shifokor yuqumli kasalliklarni kamaytarishga va jarohatlanishlarni oldini olishga katta e'tibor berishi kerak, chunki ular bolalar o’limi va nog’ironligining asosiy sababchisidir. Shunday qilib, o’sib kelayotgan yosh avlodning salomatligini saqlash va mustahkamlashda bolalar organizmlariga ta'sir etayotgan salbiy omillarni o’rganish va ularni bartaraf etish tibbiy-profilaktikaning asosiy vazifalaridan biridir.
Download 82.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling