Tez-tez kasal bo’luvchi bolalar soni
Download 82.5 Kb.
|
1mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Somatoskopiya
Fiziometriya
Jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari qrganilayotganda organizmning funksional ko’rsatkichlari ham aniqlanadi (fiziometriya): o’pkaning tiriklik sig’imi (O’TS), qo’l mushaklari kuchi, bel kuchi o’lchanadi. O’TS nafas olish mushaklari va o’pka sig’imi ko’rsatkichlari hisoblanadi. U suvli va havoli spirometrlar yordamida o’lchanadi. Suvli spirometr ikki spirometrdan tashkil toptan (bir-biriga aralashgan). Tashqi silindr ichki yuzasidagi belgigacha suvga to’ldiriladi, unga ikkinchi silindr ulanadi. Rezina trubkaning oxirgi uchiga mundshtuk kiydiriladi. Bolani tekshirishdan oldin maksimal nafas olish tavsiya etiladi, nafasni ushlab turish, lablar bilan mundshtukni mahkam ushlash va sekin trubkaga hamma nafasni chiqarish tavsiya etiladi. Chiqarilgan nafas ichki silindrni tuldirib uni kqtaradi. Ichki silindrda chiqarilgan nafasni millilitrlarda o’lchovi bo’limlarga bo’lingan. Tekshirish tugagandan keyin silindr tushiriladi va havo chiqariladi. Tekshirish 2-3 marotaba o’tkaziladi va eng katta natija hisobga olinadi. Somatoskopiya Somatoskopiya tadqiqotlari kunduzgi yorug’lik paytida, xona harorati kamida 18-20 darajada issiq bo’lganda o’tkaziladi. Somatoskopiya jarayonida gavda, ko’krak qafasining, qorinning, qul va oyoqlarning shakli, yog’ bosish darajasi, mushaklar va suyak tizimlari rivojining xususiyatlari aniqlanadi. Somatoskopiya usuli bolalar va o’smirlarning tana tuzilishi to’rini hamda qonstitutsiyasini aniqlashga imkon beradi. Qomat deganda bemalol, erkin turgan kishi gavdasini ko’z oldimizga keltiramiz. Qomat boshning, yelka, kuraklar, oyoq-qullarning holati, tananing shakli, umurtqa pog’onasi egriligi, o’tkir suyak qsimtalari chizig’ining vaziyatini ichiga oladi. Download 82.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling