Mavzu: Nafas olish organlari kasalliklari va ularning oldini olish choralaari Reja


Download 16.2 Kb.
bet1/4
Sana13.03.2023
Hajmi16.2 Kb.
#1265758
  1   2   3   4
Bog'liq
4-ma\'ruza


Mavzu: Nafas olish organlari kasalliklari va ularning oldini olish choralaari


Reja:



  1. Nafas olish organlarining anatomik – fiziologik xususiyatlari.

  2. Nafas olish organlari kasalliklari: rinit, laringit, bronxit, bronxial astma, pnevmoniya. Kelib chiqish sabablari, klinik belgilari, oldini olish choralari.

  3. Angina. Kelib chiqish sabablari, klinik manzarasi, oldini olish choralari.

  4. Surunkali tonzillit,sinusit. Kelib chiqish sabablari, klinik manzarasi, oldini olish choralari.

  5. Allergiya, anafilaktik shok, eshakem haqida tushuncha.

  6. Nafas olish kasallilarini oldini olish.

Nafas olish organlariga burun bo’shlig’i, halqum, hiqildoq, traxeya, bronxlar, o’pka, plevra kiradi. Bolalarda nafas olish organlari o’ziga xos anatomik fiziologik xususiyatga ega. Ularda nafas nafas organlari tor, kichkina, shilliq pardalari qon – tomirlarga boy. O’pka bolada nafas olish aktida yaxshi kengaymaydi. Bolalarda nafas olish soni kattalarnikidan ko’proq bo’ladi. Nafas olish organlarining vazifasi bola organizmida O2 va SO2 gazini almashinuvini boshqarib turishdan iborat. Gaz almashinuvi prosesi o’pkaning alveolalarida kechadi.
Rinit (tumov) – burun bo’shlig’I shilliq pardasining yallig’lanishidir. Kasallikning kelib chiqishiga viruslar, kokklar sabab bo’ladi.
Klinikasi. Burundan suyuqlik oqishi, burun bitib qolishi, nafas olish qiyinlashivi, umumiy holsizlanish belgilari namoyon bo’ladi.
Profilaktikasi. Bolani sovuq qotib qolishiga yo’l qo’ymaslik, chiniqtirish kerak.
Laringit- hiqildoqning yallig’lanishi bo’lib quyidagi klinik belgilar bilan xarakterlanadi: bo’g’ilish, xirillash, dag’al ovoz, quruq yo’tal, tana haroratining ko’tarilishi, ishtaxaning yo’qolishi. Ko’pincha laringit paytida bolaning hiqildoq devorlari qisilib bo’g’ma kelib chiqadi. Bunda bolaning nafas olishi qiyinlashadi, og’iz atroflari ko’karadi, xirillab nafas oladi, shovqinli yo’taladi, nafas olish soni to’lishadi, xansiraydi.

Download 16.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling