Mavzu: Nafas olish organlari kasalliklari va ularning oldini olish choralaari Reja


Download 16.2 Kb.
bet2/4
Sana13.03.2023
Hajmi16.2 Kb.
#1265758
1   2   3   4
Bog'liq
4-ma\'ruza

Profilaktikasi. Bolani issiq tutish, sovuq mahsulotni iste’mol qilishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Bronxit. Bronx shilliq pardalarning yallig’lanishi bo’lib, ko’pincha traxeya yallig’lanishi bilan birga kechadi. Ko’pincha bog’cha, maktab yoshidagi bolalarda uchraydi.
Klinikasi. Yo’tal, quruq keyin balg’amli, tana t° si ko’tarilishi, nafas
olganda ko’krak qafasida og’riq paydo bo’lishi mumkin, nafas olish og’irlashadi.
Profilaktikasi, bolani ko’proq chiniqtirish, toza ochiq havoda sayr qildirish, gimnastik mashg’ulotlar o’tkazish, suv bilan chiniqtirish kerak. Bolalar muassasalarida bolani har kuni tekshirishdan o’tkazish kerak.
Pnevmaniya – o’pka to’qimasining yallig’lanishiga aytiladi. Hozirgi paytda bronxit pnevmaniya shaklida ko’proq uchraydi.
Etiologiyasi. Kasallikning kelib chiqishiga kokklar, viruslar sabab bo’ladi, ayniqsa stafilakokk va pnevmakokk keltirib chiqaradigan formalari og’ir kechadi.
Klinikasi. Bola tana t° si ko’tariladi, bola aksiradi, yo’taladi, nafas olish qiyinlashadi. Keyinchalik nafas soni tezlashib xansiraydi, og’iz atroflari ko’karadi, nafasi yuzaki bo’ladi. Ko’krak qafasida xirillashlar paydo bo’ladi. Uyqusi va ishtaxasi buziladi. Bola notinch, injiq bo’lib qoladi. Teri rangi oqarib qoladi. Og’ir hollarda bolaning asab – rux sistemasiga ta’sir qilib neyrotoksikoz, talvasa alomatlari kuzatiladi.
Profilaktikasi.

  1. Bolani turli yuqumli kasalliklardan saqlash kerak.

  2. Bolani to’g’ri vitaminlarga boy ovqatlar bilan ovqatlanishiga e’tibor berish kerak.

  3. Ko’proq chiniqtirish kasalliklarini qo’llash kerak.

  4. Ota – onalar o’rtasida sanitariya kuzatuvlarini olib boorish lozim.

Bronxial astma. Bu kasallik alergik kasallik bo’lib, organizmga turli tashqi va ichki ta’sirotlar, omillar tufayli bola organizmini sezgirligi oshib ketishi, kasallik shu ta’sirotlarga javob reaksiyasi sifatida paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. Kasallik mayday bronxlarni qisilib qolishi va nafas olish aktini qiyinlashuvi bilan xarakterlanadi. Allergiyalar har xil bo’lishi mumkin. Chang, hid, jun matolar, o’simlik gullari, oziq – ovqatlar, bakteriyalar bo’lishi mumkin.
Klinikasi. Kasallik xurujlar shaklida namoyon bo’ladi. Xuruj to’satdan kechqurunlari boshlanadi. Bola notinchlanib qoladi, qo’rqish, vaxima alomatlari paydo bo’ladi, ko’karadi, nafas olish qiyinlashadi, xansiraydi, shovqinli nafas oladi. Yarim o’tirgan holatda majburiy holatda o’tiradi. Xurujlar bir yoki ber necha marta takrorlanishi mumkin.
Profilaktikasi. Bolani chiniqtirish, noxush sezgilardan himoya qilish, allergolog bilan maslaxat qilib bolani dispenser hisobiga olish. Davolash fizkulturasi va gimnastik mashg’ulotlarni muntazam olib borishdan iboratdir.
Angina deb bodomcha bezlarining o’tkir yallig’lanishiga aytiladi.

Download 16.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling