Anafilaktik shok. Organizmda allergiyalarning qayta tushishi natijasida kelib chiqadi. Dorilar oziq -ovqatlar, zaxarli hasharotlar natijasida kelib chiqadi.
Bemorda nafas olishning qiyinlashuvi, qon bosimini tushib ketishi, hushdan ketish belgilari kuzatiladi. Bemor tezlikda birinchi yordamga muhtoj bo’ladi.
Eshakemi. Teri va shilliq qavatlarda pufakchalar paydo bo’lishi bilan kechadigan allergic kasallikdir. Ovqat mahsulotlari, dori – darmonlar (pensillin, ulfanil, amidlar), hashoratlar chaqishidan kelib chiqadi. Toza terida pufakchalar paydo bo’ladi. Qichishish, achishish paydo bo’ladi, harorat ko’tariladi.
Davolash. Vrach allergolog tominidan olib boriladi.
Nafas olish organlari kasalliklarini oldini olish
Bu profilaktika kompleks tadbirlardan tashkil topgan bo’lib tashkiliy, epidemiologik, sanitariya – gigiena va tibbiy tadbirlardan iborat. Bolalarda sezonga qarab chiniqtirish metodlarini o’tkazish (gimnastika mashg’ulotlar, suv, havo, quyosh bilan chiniqtirish), yuqumli kasalliklarni oldini olish, xronik infeksiya o’choqlarini yo’qotish.
Do'stlaringiz bilan baham: |