Burundan Qon Oqishi
Download 2.12 Mb.
|
Burundan Qon Oqishi
Burundan Qon Oqishi BURUNDAN QON OQIShI - epitaxis - qon tomiri devorini buzilishi yoki o‘tkazuvchan-ligining oshishi natijasida sodir bo‘ladi. 95% hollarda qon burun to‘sig‘ining old qismida joylashgan Kisselbax sohasidan oqadi, 85% hollarda esa burundan qon oqishiga quyidagi umumiy kasalliklar sabab bo‘ladi: - o‘tkir yuqumli adenovirus kasalliklari (ko‘pincha gripp, qizamiq,gapatit); - qon bosimini ko‘tarilishi. - ateroskleroz; - yurak, jigar, buyrak kasalliklarining og‘ir shakli; - qon kasalliklari; kamqonlik, trombotsitopatiya, leykoz, antikoagulyant dorilar miqdorini oshirilishi; - septik va zaharlanish holatlari; - gipo-va avitaminozlar; - ayollarda homila va hayz buzilishlari ( vikar qonashlar); - atmosfera bosimining pasayishi, jismoniy zo‘riqish, tanani isib ketish; - nur kasalligi. 15% hollarda burundan qon oqishiga quyidagi mahalliy, ya’ni burun va burun yondosh bo‘shliqlarining kasalliklari sa-bab bo‘ladi: - burun va burun yondosh bo‘shliqlarining jaroxatlari; - qon tomirlar devorining buzilishiga olib kelgan burun shilliq pardasining atrofik jarayonlari; burun to‘sig‘ini teshilishi, burun sili, zaxmi; - burun va burun yondosh bo‘shliqlarining havfli o‘smalari; - havfsiz o‘smalar (gemangioma, burunhalqum angiofibromasi); - burun bo‘shlig‘i yot jismi. Sababi bo‘yicha qon oqishlar jarohatdan so‘nggi va simpto- matik qon oqishlarga bo‘linadi. Belgilari Burundan qon oqishi to‘satdan yoki prodromal belgilardan so‘ng boshlanadi (bosh og‘rig‘i, quloqni shang‘illashi, bosh aylanishi, burunni qichishi). Burundan oqayotgan qonni yuqori nafas yo‘llari va oshqozondan oqayotgan qondan farqlash lozim. Burundan oqa-yotgan qonning rangi qizil bo‘lib, bemor boshini orqaga tashlaganda halqumning orqa devorida ko‘rinadi. O‘pkadan oqayotgan qon ko‘pikli, oshqozondan oqayotgan qon esa ivigan, rangi to‘q qi-zil bo‘ladi. Ba’zan bemor bola okayotgan qonni yutadi, shunda u qon aralash qusadi. Burunning qonayotgan maydonini old rinoskopiyada ko‘rish mumkin. Diagnoz aniqlangandan so‘ng yo‘qotilgan qon miqdori, qonayotgan maydon va qon oqishining sababi aniqlanadi. Yo‘qotilgan qonning miqdoriga qarab kon oqishlar yengil, o‘rtacha va og‘ir qon oqishlarga bo‘linadi. Yengil qon oqishlarda,odatda,qon Kisselbax,Littlya maydonlaridan oqadi. Burun-dan qisqa vaqt davomida bir necha millilitr miqdorda qon tomchilab oqib, o‘z-o‘zidan to‘xtaydi (I darajai qon yo‘qotish). O‘rtacha qon oqishlarda katta kishi 200 ml gacha qon yo‘qotadi. Bunda gemodinamik o‘zgarish-lar kuzatilmaydi (II darajai qon yo‘qotish ). Og‘ir qon oqishlarda yo‘qotilgan qonning miqdori 200 ml dan oshib, ba’zan 1000 ml yetadi. Bunday qon oqishlar bemor hayotiga xavf solishi mumkin (III daraja qon yo‘qotish ). Davolash tadbirlari quyidagilardan iborat: burundan oqayotgan qonni to‘xtatish; yo‘qotgan qon o‘rnini to‘ldirish; qayta qon oqishini oldini olish. Qon oqishini to‘xtatish usullari : 1. Birinchi tibbiy yordam - bemorning boshi ko‘tarilib, burun qanotlari burun to‘sig‘iga bosiladi. Burun bo‘shlig‘iga paxta bo‘lagi kiritiladi. Paxtani 3% vodorod peroksidi yoki 10% antipirin, yoki 0,1% adrenalin, yoki 5% ferropirin eritmasiga shimdirish tavsiya etiladi. Burun qanotlari sohasiga muz parchasi qo‘yiladi. Bemorga tinchlanish, chuqur va erkin nafas olish maslahat beriladi. Bemor yotgan xonaning havosi tozalanadi. 2. Burun bo‘shlig‘ida qonayotgan qon tomirni kuydirish (elektrokoagulyatsiya). Burundan qayta-qayta qon oqish holati kuzatilganda qonayotgan maydonda qon tomirlar kuydiriladi: burun shilliq pardasi 2% dikain yoki 0,1% adrenalin gidroxlorid yordamida og‘riqsizlantiril-gandan so‘ng qonayotgan maydonga 20% sirka kislotasi, 30% kumush nitrat eritmasi (malhami), vagotil yoki galvanokauter yordamida kuydiriladi. Bundan tashqari, qonayotgan maydonga ul-tratovush applikatsiyasi, uglerodli lazer va krioapplikator yordamida ta’sir ko‘rsatiladi. 3. Kumush nitrat ”marvaridi” usuli. Kumush nitrat kristalchasi olovda qizdirilgan tug-mali zond uchiga olinadi va qonayotgan maydonga surtiladi. 4. Qonayotgan qon tomirning atrofiga 2-5 ml 0,25-0,5% novokain va 5% aminokapronat kislotasining aralashmasiga (1:1) 1-2 tomchi 0,1% adrenalin gidroxlorid qo‘shib yuboriladi. Ba’zan burun to‘sig‘i shilliq pardasi ostiga 3-5 ml 0,5% trimekain yoki 1% novokain erit-masi yuboriladi. 5. Burun old tiqmasi. Dastlab og‘riqsizlantirish maqsadida burunning shilliq pardasiga anestetik eritma (2% dikain, 10% lidokain, 5% kokain, 10% dimedrol) surtiladi. Mushak orasiga 1 ml 2% dimedrol, 1ml 1% promedol va 2ml 50% analgin eritmalari yuboriladi. 30-rasm. Burun old tiqmasini bajarish 31-rasm. Burunning old zigzagsimon uchun kerakli tibbiy asboblar tiqmasi Burun old tiqmasining Mikulich, Voyachek, Lixachyov usullari mavjud. Mikulich uslida burun old tiqmasini bajarish uchun burun kengaytirgich, tig‘siz pinset yoki burun kornsangi va uzunligi 60-70 sm, eni 1-1,5 sm bo‘lgan doka tasma kerak bo‘ladi. Kseroform, sitral yoki glitseringa shimdirilgan doka tasma 6-7 sm masofada pinset bilan ushlanib,burun bo‘shlig‘ining tubidan boshlab bir-birining ustiga qatma-qat zigzagsimon shaklda zich joylanadi, bunda doka tasmaning uchi burunhalqumga va halqum devoriga tegmas-ligiga harakat qilinadi, aks holda bemorda qusish refleksi paydo bo‘ladi. Doka tasma zich joylanmagan hollarda old burun tiqmasi qon oqishini to‘xtatishga yordam bermaydi. Agar tiqma burun bo‘shlig‘ida 48-72 soatga qoldirilganda vaqti-vaqti bilan unga vazelin yog‘i yoki 3% vodorod peroksidi tomiziladi. Bundan tashqari, burun old tiqmasini quruq trombin, fibrin tolasi, qon oqishini to‘xtatuvchi dorilar, antibiotik eritmasiga shimdirilgan paxta bo‘lagi, rezina kateter yoki rezina qo‘lqopning barmog‘i ichiga paxta yoki doka joylangan moslama yordamida bajarsa ham bo‘ladi. Qon burun to‘sig‘ining old qismdan oqayotgan bo‘lsa, unda burun bo‘shlig‘iga ketma-ket uzun-ligi 6-7 sm ga teng bir nechta doka tamponlar joylanadi. Qon burun bo‘shlig‘ining o‘rta yoki orqa bo‘limlaridan oqayotgan bo‘lsa yoki qonayotgan maydon aniqlanmagan hollarda tiqma burunning bir tomoniga joylanadi ( bunda 2-3 ta uzun doka tampon ishlatiladi). Kiri-tishdan oldin doka tampon 3% vodorod peroksidi yoki 5% aminokapronat kislota, dala sharo-itida -70% spirtga shimdiriladi. Download 2.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling