Burundan Qon Oqishi


Download 2.12 Mb.
bet3/3
Sana06.11.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1750319
1   2   3
Bog'liq
Burundan Qon Oqishi

BURUN SARAMASI (erysipeles) - teri va teri osti kletchatkasining A guruhiga mansub betta-gemolitik streptokokk qo‘zg‘atgan va terining yuzaki limfa tizimini zararlagan yuqumli-allergik kasallik hisoblanadi.
Patogenezi. Infeksiya teri va shilliq pardadan, ba’zan streptokokk infeksiyasi o‘choqla-ridan gematogen yo‘l orqali kiradi. Streptokokklar o‘zidan ajratgan ekzo-endotoksinlar ta’-sirida bemorda tomirlar limfangiti, arteriiti va flebiti bilan kechgan terining serozli yoki serozli-gemorragik yallig‘lanishi rivojlanadi. Oyoqlarida trofik yaralari bo‘lgan, qandli diabet bilan kasallangan va immuniteti susaygan bemorlarda kasallik tez rivojlanadi .
Klinik belgilari. Burun saramasi o‘tkir boshlanadi. Bemorning umumiy ahvoli og‘irla-shadi, boshi og‘riydi, tana harorati 38-400S ko‘tarilib, qaltirash kuzatiladi, ba’zan qusish, bo‘g‘inlar og‘rishi qayd etiladi. Kasallikning 1-chi kunida zararlangan teri maydonining kes-kin qizarishi va infiltratsiyasi, keyinchalik mahalliy limfa tugunlarning kattalashishi kuzatiladi. Bir necha soatdan so‘ng terida tez kattalashadigan pufakchalar o‘chog‘i paydo bo‘ladi. Kasallikning og‘ir hollarda pufakchalarning eritematoz-bullyoz yoki eritematoz-gemorragik shakllari paydo bo‘lib, ular teri maydonining yiringli-septik nekrozi bilan kechadi. Erite-matoz-bullyoz shaklida epidermal pufakchalar serozli suyuqlik, eritematoz-gemorragik shaklda – gemorragik suyuqlik bilan to‘lgan bo‘ladi. O‘zgargan teri to‘qimasi sog‘lom teridan aniq che-gara chizig‘i bilan ajaralib, undan biroz ko‘tarilib turadi, paypaslanganda og‘riydi, demor-katsiya chizig‘i hosil bo‘ladi. Yuz terisining zararlanishi ko‘pincha simmetrik bo‘lib,jarayon burun va lunj sohasiga tarqaladi va uning shakli kapalakni eslatadi. Ba’zan jarayon burun dahlizining terisiga va burun bo‘shlig‘ining shilliq pardasiga tarqalishi mumkin.
Differensial diagnostikasi. Burun saramasi dermatit (umumiy zaharlanish yo‘q, harorat ko‘tarilmaydi), skarlatina (toshmalar butun badanga bir xilda tarqaladi), qizil bo‘richa (fa-qat yuz terisida joylashadi, tana harorati subfebril, yadroga antitelolarning mavjudligi) dan farqlanadi.
Davolash. Kasallik shifoxona sharoitida davolanadi, bemorga penitsillin guruhi antibio-tiklari: fenoksimetilpenitsillin, ampitsillinning natriyli tuzi 500000-1000000 har 4-6 soatda buyuriladi. Bundan tashqari bemorga eritromitsin, yoki amoksitsillin, augmentin, tazotsin, sefazolin, zinotsef, klaferon tavsiya qilish mumkin. Simptomatik va zaharlanishga qarshi davolash tadbirlari, autogemoterapiya o‘tkaziladi. Desensibilizatsiya dori vositalaridan kalsiy xlorid yoki kalsiy glyukonat 10% vena ichiga yuboriladi. Zararlangan maydonga antiseptik malhamlar va UBN tavsiya qilinadi.
Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling