Burundan Qon Oqishi
Download 2.12 Mb.
|
Burundan Qon Oqishi
V.I.Voyachekning “ilgak” usuli quyidagicha bajariladi. Hamshira uzunligi 30 sm ga teng bo‘lgan va vazelin yoki gemostatik eritmaga shimdirilgan doka tasmaning o‘rtasini burun dahlizi oldida ushlab turadi. Vrach qiyshiq qisqich yoki burun tamponatori yordamida doka tas-maning o‘rtasini 6-7 sm chuqurlikda burun bo‘shlig‘iga kiritadi va “ilgak” shaklida ikki qavat qilib o‘rnatadi,“ilgak” orasiga esa gemostatik eritmaga shimdirilgan boshqa doka tamponni joylaydi. “Ilgak” va doka tamponning ortiqcha bo‘lagi kesib tashlanadi. 24-48 soatdan so‘ng tiqmaga 3% vodorod peroksidi eritmasi tomiziladi va avval dastlab tiqilgan doka tampon, undan keyin - “ilgak” chiqarib olinadi.
4. Burun orqa tiqmasi. Gemostatik terapiya va burun old tiqmasi yordam bermagan hollarda burun orqa tiqmasi bajariladi. Buning uchun dastlab bemor burunhalqumining hajmi aniqlanadi, odatda bir-biriga yonma-yon qo‘yilgan katta barmoqlarning tirnoq falan-galarining o‘lchami burunhalqumning hajmiga teng bo‘ladi. Hamshira turli hajmdagi kubsimon doka tugunchalar tayyorlaydi, buning uchun eni 1,5-2,0 sm, bo‘yi 40-50 sm teng bo‘lgan bir nechta doka sal-fetkalar ustma-ust qo‘yiladi va uzunligi 60-70 sm ikki yo‘g‘on ipak ip bilan zich bog‘lanadi ( tampon yumshoq bo‘lsa u qon oqishini to‘x- tatmaydi). Bog‘langandan so‘ng iplar soni to‘rtta bo‘lib,bittasi kesib tashlanadi, uchtasi - qoldiriladi. Burun orqa tiqmasi quyidagicha bajariladi: - burunning qonayotgan tomoniga № 15-18 rezina kateteri kiri-tiladi, keyin tilning old 3\2 qismi shpatel bilan bosilib, kateter uchi xoanalardan o‘tka-ziladi. Shunda u halqumda, yumshoq tanglay chodirining orqasida ko‘rinishi lozim. - kateterning uchlari og‘iz-halqumda ko‘ringandan so‘ng, ularning har biri kornsang yoki qisqich yordamida og‘iz orqali 4 -5 sm tashqariga chiqariladi. - kateterning uchlariga tugunchaning ikki ipi bog‘lanadi (iplar uzunligi 20 sm dan kam bo‘l-masligi lozim). - vrach chap qo‘li bilan kateterni va ularga bog‘langan iplarning uchini burun orqali chiqarib oladi,bir vaqtning o‘zida o‘ng qo‘lining ko‘rsatkich barmog‘i bilan doka tugunchani yumshoq tan-glayning tilchasi orqasiga o‘tkazib burunhalqumga,xoanalarga zich joylaydi. - orqa tiqmani burunhalqumda ushlab turuvchi bir juft ipak iplar chap qo‘l bilan ushlanadi, o‘ng qo‘l bilan zigzagsimon old tiqma bajariladi. 32- rasm. Burun orqa - burun orqali chiqarilgan ikki ipning uchi burunga kirish joyida tiqmasini bajarish uchun o‘rnatilgan doka yostiqcha-ga aylana qilib bog‘lanadi. kerakli asboblar - tiqmani olib tashlashga mo‘ljallangan ip esa og‘iz orqali chiqarilib, plastir bilan lunjga yopishtiriladi yoki bo‘yin sohasiga bog‘lanadi. 33-rasm. Burun orqa tikmasi 34-rasm.Burun orqa tiqmasi 35-rasm. Burun orqa tiqmasi I-bosqich II-bosqich III-bosqich Ko‘pincha burun orqa tiqmasi burundan qon oqishni to‘xtatishga yordam beradi. Tamponni bu-runhalqumda 48 soatdan ortiq vaqtga qoldirish man etiladi, chunki bunda patogen mikroflora doka tampondan eshituv nayi orqali o‘rta quloqqa tarqalish havfi tuhiladi. Ayrim hollarda uzoq muddatga qoldirilgan tampon bemorda faringit, tonzillit va bronxit kasalliklarini rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Og‘ir hollarda tiqma 6-7 kunga qoldirilishi mumkin, bunday hollarda u antibiotik, aminokapronat kislota, ditsinon eritmalari bilan har kuni namlab turiladi. Burun orqa tiqmasining asoratlari. Burun orqa tiqmasidan so‘ng bemorda o‘rta quloqning yiringli yallig‘lanishi rivojlanishi mumkin. Asoratlarni oldini olish maqsadida kuniga bir mahal otoskopiya tekshiruvini bajarish, bemorga sulfanilamid va antibiotik dori vo-sitalarni buyurish lozim. O‘rta quloqda yallig‘lanish jarayoni rivojlanganda bemorning tana harorati 38-39 o S ko‘tariladi, burnidan yoqimsiz hid keladi, boshi va qulog‘i og‘riydi. Bunday hollarda burun orqa tiqmasi olib tashlanadi. Orqa tiqmani olishdan oldin mushak orasiga 2 ml 50% analgin yuboriladi. Burun orqa tiqmasini chiqarib olish uchun iplarning uchi kesi-ladi va avval 3% vodorod peroksidi bilan namlangan burun old tiqmasi, keyin esa burun or-qa tiqmasi chiqarib olinadi. Yumshoq tanglayga zarar yetkazmaslik uchun uchinchi ip yumshoq tanglaygacha kiritilgan shpatelning oxirgi teshigidan o‘tkaziladi va kuch bilan tortiladi. 5.Pnevmatik burun tiqmasi. Burun orqa tiqmasini takrorlash ehtiyoji tug‘ilgan yoki burun va burunhalqumning yallig‘lanishi kuchaygan xollarda M.P.Mezrin taklif qilgan juft pnev-matik tiqmasi bajariladi. Buning uchun rezina kateterning qiyshiq uchiga rezina qo‘lqopning bitta barmog‘i yopilib, kateter uchidagi teshikni yopgan holda ip bilan bog‘lanadi, natijada kateterning uchida baloncha hosil bo‘ladi. Keyin qizdirilgan igna yordamida kateterning uchi-dan 6 sm tashlab yangi teshik ochiladi. Kateter ustiga rezina qo‘lqopning boshqa barmog‘i yopi-ladi va ikkita ip bilan ikkinchi teshikdan yuqorida zich bog‘lanadi. Shu tariqa ikkinchi bal-loncha hosil bo‘ldi. Ikkala ballon zich yopilishi uchun kateterning erkin uchiga bir necha tomchi vazelin yog‘i tomiziladi. Rezina kateter burun tubi va burun to‘sig‘i bo‘ylab kiritiladi, keyin shpris yordamida ballonchalarga havo yoki furatsillin eritmasi yuboriladi, kateterning erkin uchiga esa qisqich qo‘yiladi. Birinchi balloncha shishib xoanani, ikkinchisi - burun dahlizini zich yopadi. Burun tiqmasining bunday usuli oson bajariliyu, zararsiz hisoblanadi. Pnevma-tik tiqmani olib tashlash uchun qisqichni ochib, burundan rezina kateterni chiqarish kifoya. 6.Umumiy gemostatik terapiya. Burundan qon oqishini to‘xtatish maqsadida mahalliy chora-tadbirlar bilan bir qatorda umumiy gemostatik terapiya o‘tkaziladi. Bemorga 0,015 g vikasol kuniga 2 mahal ichish yoki 1% 2 ml tomir ichiga yoki mushak orasiga yuborish; askorbin kis-lotasi 0,5 g 2 mahal ichish yoki 5% 5-10 ml tomir ichiga yuborish; 10% kalsiy xlorid 1 osh qoshiqdan 3-4 mahal ichish yoki 10% 10 ml tomir ichiga asta-sekin yuborish tavsiya qilinadi. Qon tomir devorining o‘tkazuvchanligini yaxshilash uchun bemorga rutin (0,04 kuniga 3 mahal) ichish tavsiya qilinadi. Qonning fibrinolitik faolligi oshganda ( masalan:: geparinni qo‘llash natijasida) yuz bergan qon ketishda bemorga 5% 30 ml aminokapronat kislotasi 2 mahal ichish yoki 5% 100 ml tomir ichiga tomchilab yuborish va 5 ml 5% protamin sulfat buyuriladi. Bundan tashqari bemorga namlangan kislorod, yurak faoliyatini yaxshilovchi vositalar buyu-riladi. Qon ko‘p miqdorda (1000 ml) yo‘qotilgan hollarda qon miqdorini qoplash va qon oqishni to‘xtatish maqsadida bemorga eritrotsit massasi, 100-150 ml qon zardobi, qonni to‘xtatish uchun 50-75 ml va yo‘qotilgan qon o‘rnini bosish uchun 100-150 ml bir guruhli mos donor qoni qo‘yiladi. Qon qo‘yish payti bemorga og‘ir yuqumli kasallikni, gepatit, OITS ni yuqtirish xavfi borligini esda tutish lozim. 7. Jarrohlik usullari. Burundan qon oqishni to‘xtatish uchun qo‘llangan barcha usullar yordam bermagan xollarda jarroxlik amali bajariladi. Qonayotgan maydonni kuydirish natija ber-maganda burun shilliq pardasi ostiga 5-10 ml 1% novokain yuborilib, qonayotgan maydonning shilliq pardasi suyakdan ajratiladi, ya’ni burun to‘sig‘i shilliq osti rezeksiyasi jarrohlik amali bajariladi. Hayot uchun xavfli bo‘lgan arterial qon oqishlarda,ya’ni orqa burun tiqmasi va umumiy gemo-statik terapiya yordam bermagan hollarda tashqi uyqu arteriya ikki tomonda bog‘lanadi. Buning uchun bemor yelkalari ostiga yostiqcha qo‘yilib, boshini sog‘lom tomonga burgan holda chalqancha yotkiziladi. To‘sh-umrov-so‘rg‘ichsimon mushakning old cheti sohasida pastki jag‘ burchagidan boshlab 8-10 sm uzunlikda navbatma-navbat teri, teri osti kletchatkasi, bo‘yinning teri osti mushagi (platysma) va fassiya kesiladi. Mushak to‘qimasi yon tomonga siljitiladi. Jarohat maydonining yuqori qismida bo‘yin teri osti mushagining ostida yotgan tashqi buyinturuq vena yon tomonga siljitiladi yoki bog‘lanadi. To‘sh-umrov-so‘rg‘ichsimon mushagi ostida asab-qon tomir to‘plami yotadi. Uning tashqi tomonida ichki bo‘yinturuq vena, ichki va old tomonida-umumiy uyqu arteriya, orqasida yoki ularning orasida - sayyor asab tolasi joylashgan. O‘tmas usulda dastlab umumiy, keyin tashqi uyqu arteriyaning yuzi ochiladi. Tashqi uyqu arteriyani ichki uyqu arteriyasidan farqlashda ichki uyqu arteriya bo‘yin soha-sida shoxlanmasligini, tashqi uyqu arteriya esa umumiy uyqu arteriya bifurkatsiyasi sohasida yuqori qalqonsimon va til arteriyalariga shoxlanishini esda tutish lozim. Tashqi uyqu arteriya yuqori qalqonsimon arteriyaga shoxlangan joydan yuqoriroqda ikki ligatura orasida bog‘lanadi. Arteriyani bog‘lashdan oldin barmoq bilan bosish lozim. Arteriya to‘g‘ri tanlanganda yuz va yuzaki chakka qon tomirlarining urishi to‘xtaydi. G‘alvirsimon labirint qon tomirlari va ponasimon-tanglay arteriyasi jarohati sabab bo‘l-gan qon oqishlar endoskopiya usuli va bipolyar koagulyator yordamida to‘xtatiladi. Og‘ir qon oqishlarda g‘alvirsimon labirintda bajarilgan transmaksillyar jarroxlik amali yaxshi natija beradi. Bunda g‘alvirsimon labirint katakchalari yuqori jag‘ bo‘shlig‘i orqali olib tashlanadi. Keyin g‘alvirsimon bo‘shliqlar sohasi va burun bo‘shlig‘iga yuqori jag‘ bo‘sh-lig‘i orqali yodoformga shimdirilgan doka tiqma qo‘yiladi. Tiqmaning uchi kontapertura orqali pastki burun yo‘liga chiqariladi. Qon yirik qon tomirlardan oqayotgan xollarda angiografiya tekshiruvi o‘tkazilib, elektron-optik asboblar nazorati ostida kalla suyagi ichi qonayotgan qon tomirining embolizatsiyasi bajariladi. Ammo bunday jarrohlik amalidan so‘ng bosh miya to‘qimalarining qonsizlanishi tufayli bemorda falaj kasalligi rivojlanishi mumkin. Download 2.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling