Mavzu: Hayvonlar gemonxozi va marshallaglozi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 430.81 Kb.
bet1/16
Sana03.02.2023
Hajmi430.81 Kb.
#1148759
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Hayvonlar gemonxozi va marshallaglozi


Mavzu:Hayvonlar gemonxozi va marshallaglozi
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1. Kavshovchi hayvonlarning oshqazon-ichak strongilyatozlari.
2.2. Strongilyatozlar tomonidan chaqiriladigan kasalliklar.
2.3. Strongilyatoz kasalliklarini davolash, oldini olish va ularga qarshi kurashish tadbirlari.
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Parazitologiya – bu grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, Parasitis – tekinxo‘r, parazit, logos – o‘rganish, ta’limot ma’nolarni anglatadi, ya’ni Parazitologiya – bu biologik fanlar yig‘indisi bo‘lib, bir tomondan hayvonot olamining turli tiplariga mansub parazitlarni sistematikada tutgan o‘rnini, anatomo-morfologik tuzilishini, rivojlanishini, ikkinchi tomondan ushbu parazitlar, tekinxo‘rlar tomonidan sodir etiladigan kasalliklarni o‘rganuvchi, parazitar kasalliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiquvchi fandir.
Genetik jihatdan har xil organizmlarning birga yashab, ulardan biri (parazit) ni ikkinchisi (xo‘jayin) dan yashash muhiti va ozuqalanish manbai sifatida foydalanishiga va unga zarar keltirib kasallik qo‘zg‘atishiga parazitizm deb Yuritiladi.
Hayvonot dunyosining eng yirik tipi – bo‘g‘imoyoqlilarning qisqichbaqasimonlar, urgimchaksimonlar, hasharotlar sinflarida ham birnecha minglab turlar parazit hayvonlardir. Ular ichida hashorotlar sinfi parazitlarga juda boydir.
Har bir hayvon va o‘simlik turida hamda odamda ko‘plab har xil sistematik guruhga kiruvchi parazitlar uchraydi. Har bir xo‘jayin tanasida esa bir necha o‘n minglab parazitlar uchraydi.
Parazit organizmlar xo‘jayin tanlashiga ko‘ra zooparazitlar va fitoparazitlar guruhlariga ajratilgan. Zooparazitlar hayvonlar va odamlarning tashqi va ichki organlarida yashashga moslashgan. Fitoparazitlar esa o‘simliklarning turli organlarida, hatto mevalarida parazitlik qiladi. Fitoparazitlar zooparazitlarga nisbatan ancha mayda, ko‘pchiligi mikroskopik organizmlardir. Zooparazitlar orasida ham mikroskopik ko‘rinishdagilari mavjud, ammo ularning bir necha santimetrlik, vakillari ko‘plab uchraydi, bir va bir necha metrlik turlari ham bor.



Download 430.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling