Antigelmint xususiyatli dorivor osimliklar
Download 115.5 Kb.
|
Antigelmint xususiyatli dorivor o’simliklarning morfo biologik t
- Bu sahifa navigatsiya:
- ODDIY DASTARBOSH (TANACETUM VULGARE L.)
ANTIGELMINT XUSUSIYATLI DORIVOR OSIMLIKLAR Annotatsiya: Hozirgi kunda yer yuzida dorivor osimliklarning 10-12 ming turi borligi aniqlangan, shulardan 1000 dan ortiq turining kimyoviy, farmakologik va dorivorlik xossalari organilgan. Bu dorivor osimliklar ichida bir qancha turlari borki, ulardan gelmintoz kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Osimliklar oz tarkibida malum kasallikka shifo bola oladigan, kishi organizmiga qandaydir tasir korsata oladigan biologik faol moddalar saqlaydi. Mana shu biologik faol moddalar osimliklarning hamma organlarida bir xil miqdorda toplanmaydi. Bazi bir moddalar koproq osimlilarning yer ostki organlarida, boshqalari esa yer ustki organlarida toplanadi. Kalit sozlar: dorivor, antigelmint, gijja, dastarbosh, askarida, ostritsa, paporotnik, shuvoq. Ma’lumki, odam va hayvonlarda uchrydigan kasalliklarni davolash hamda shu kasalliklarning oldini olish maqsadida ishlatiladigan o’simliklar dorivor o’simliklar hisoblanadi. Hozirgi kunda yer yuzida dorivor osimliklarning 10-12 ming turi borligi aniqlangan, shulardan 1000 dan ortiq turining kimyoviy, farmakologik va dorivorlik xossalari organilgan. Bu dorivor osimliklar ichida bir qancha turlari borki, ulardan gelmintoz kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Osimliklar oz tarkibida malum kasallikka shifo bola oladigan, kishi organizmiga qandaydir tasir korsata oladigan biologik faol moddalar saqlaydi. Mana shu biologik faol moddalar osimliklarning hamma organlarida bir xil miqdorda toplanmaydi. Bazi bir moddalar koproq osimlilarning yer ostki organlarida, boshqalari esa yer ustki organlarida toplanadi. Ana shularni inobatga olgan holda, ushbu maqolada gelmintlarga qarshi ishlatiladigan bir qancha dorivor osimliklarning biologik tasnifini keltirilgan. ODDIY DASTARBOSH (TANACETUM VULGARE L.) Osimlik tasviri. Astradoshlar (murakkabguldoshlar) Asteraceae (Compositae) oilasiga mansub, boyi 50-150 sm boladigan kop yillik ot osimlik. Poyasi tik osadi, sershox. Barglari patsimon ajralgan, ustki tomoni toq yashil, orqa tomoni kulrang-yashil bolib, bandi yordamida (poyasining pastki qismidagilari) yoki bandsiz (poyasining orta va yuqori qismidagilari) poyasi bilan shoxlarida ketma-ket ornashgan. Barg bolakchalari choziq nishtarsimon, patsimon qirqilgan yoki tishsimon qirrali. Savatchaga toplangan sariq rangli gullari qalqonsimon topgulni tashkil etadi. Mevasi choziq pista. Iyul sentabr oylarida gullaydi, avgust oktabrda mevasi yetiladi. Geografik tarqalishi. Uzoq shimol va chol zonalaridan tashqari hamma yerda yol yoqalarida, aholi yashaydigan joylarga yaqin yerlarda, otloqlarda, ormon chetlarida va suv boylarida osadi. Orta Osiyoda oddiy dastarbosh Qirgiziston, Tojikiston va Qozogiston respublikalarida uchraydi. Qollaniladigan qismi. Guli (topgullari). Gullari osimlik gullagan vaqtida topgullarini qisqa bandi bilan ( 2 sm dan uzun bolmasligi kerak) qirqib olinadi va salqin yerda yoki harorati 400 bolgan quritgichlarda quritiladi.[1] Kimyoviy tarkibi va ishlatilishi. Gullari tarkibida 1,5 2 % efir moyi, flavonoidlar (kversetin, lyuteolin, apigenin, diosmetin), alkaloidlar, achchiq tanasetin, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Gullarning efir moyi 47 % gacha tuyol spirtidan va boshqa birikmalardan tashkil topgan. Gullarning damlamasi va poroshogi gijjalarni (askarida va ostritsalarni) tushurishda va jigar kasalliklarida ot haydovchi vosita sifatida hamda bazi ichak kasalliklarini davolash uchun qollaniladi. Dastarbosh guli ot haydovchi (jigar, ot pufagi va ot yollari kasalliklarida ishlatiladigan) choylar yigmalar hamda Zdrenko yigmasi tarkibiga kiradi. Gullaridan olingan tanatsexol preparati jigar va ot pufagi kasalliklarida ot haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Dastarbosh gullari qadimdan xalq tabobatida turli kasalliklarni davolash uchun ishltib kelingan. Gullaridan tayyorlangan damlama gijjalarni tushurish, isitma, bazi meda ichak va boshqa kasalliklarni davolash uchun, yel va ot haydovchi vosita sifatida hamda yaralarni davolashda qollaniladi. Dori tayyorlash va foydalanish. 1. Qurigan dastarbosh guli va bargi aralashmasidan 4 osh qoshiq olib bir stakan qaynoq suvga solinadi va yarim bir soat damlab qoyiladi. Sovigach dokadan otkazib mayda gijjalarni tushirish uchun kuniga 3 mahal 1 osh qoshiqdan ichiladi. 2. Gullari aralashmasidan tayyorlangan damlama ham mayda gijjalarni tushirish uchun kuniga uch mahal yarim choy qoshiqdan ichiladi. 3. Ildizining yirik kukunidan 2 choy qoshiqda olib 1 stakan qaynoq suvga solinadi da, 2 3 soat damlab qoyiladi. Songra dokadan otkazib, kechqurun ostritsa gijjalarni tushirish uchun yarim stakandan 3 4 kun huqna qilinadi. 4. Damlamalarini dorixonadan olib yuqorida aytib otilgan kasalliklarda ichish ham mumkin.[2] Download 115.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling