Antigelmint xususiyatli dorivor osimliklar
ERKAK PAPOROTNIK (DRYOPTERIS FILIX MAS L.)
Download 115,5 Kb.
|
Antigelmint xususiyatli dorivor o’simliklarning morfo biologik t
ERKAK PAPOROTNIK (DRYOPTERIS FILIX MAS L.)
Osimlik tasviri. Qirqquloqdoshlar Polypodiaceae oilasiga mansub, kop yillik, yuqori sporali ot osimlik. Ildizpoyasi qisqa, yogon, mayda ildizli, qoramtir qongir tangacha burglar bilan qoplangan, poyasi bolmaydi. Barglari choziq ellipssimon, otkir uchli, yirik (uzunligi 1 m va undan ortiq), bandli, qoshpatsimon ajralgan. Birinchi tartibdagi barg bolaklari nishtarsimon yoki ingichka nishtarsimon, otkir uchli, qisqa bandli, ikkinchi tartibdagi bolaklari yumaloq yoki chozinchoq tuxumsimon, tomtoq tishsimon qirrali boladi. Erkak paporotnik sporalari avgust sentabr oylarida yetiladi. Geografik tarqalishi. Barcha salqin ormonlarda, butalar orasida, nam joylarda va Orta Osiyodagi togli joylarda uchraydi. Qollaniladigan qismi. Ildizpoyasi. Uni kuzda kovlab olinadi, mayda ildizlari va ildizpoyasining qurib qolgan qismidan hamda barg qoldiqlaridan tozalanadi. Yogon ildizpoyalari mayda bolaklarga qirqib, bir necha kun usti berk joyda, keyin harorati 400 li quritgichda quritiladi. Kopincha ildizpoyasi quritilmasdan ekstrakt tayyorlash uchun zavodlarga yuboriladi. Kimyoviy tarkibi va ishlatilishi. Ildizpoyasi tarkibida 3 4 % xom filitsin, sof holda floroglyutsidlar (filiks kislota, flavaspid kislota, albaspidin, flavaspidin), efir moyi, flavonoidlar, 6 % gacha yog, kraxmal, saxaroza, 8 % gacha oshlovchi moddalar boladi. Xom filitsin tarkibida floroglyutsidlar bor. Ildizpoyasidan tayyorlangan quyuq ekstrakti (kapsulada chiqariladi) va ekstrakt tabletkasi filiksan lentasimon gijjalarni haydash uchun ichiladi. Xalq tabobatida ham erkak paporotnik (qirqquloq) qdimdan gijjalarni haydash uchun ishlatib kelingan. Shu maqsadda uni Abu Ali ibn Sino ham qollagan. Hozirgi vaqtda uning ekstrakti 0,5 gr dan kapsulalarda, 15 donadan shisha idishlarda chiqariladi. Uni vrach retsepti va korsatmasi bilan gijjalarni tushirishda ichiladi. Dozasi bolalar yoshiga qarab qatiy belgilanadi Jigar, buyrak kasalliklarida meda, on ikki barmoq ichak yarasida, yurak ishi yetishmovchiligida, isitmada, kamqonlikda va boshqa bir qator kasalliklarda uni ichishga ruxsat etilmaydi. Download 115,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling