Mavzu: r-tovushini rasmlar asosidagi gaplarda mustahkamlash. Tarbiyaviy maqsad


Download 0.79 Mb.
Sana05.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#217195
Bog'liq
51-Rasmlar asosida gap tuzish

« » 20 yil


Mavzu: R-tovushini rasmlar asosidagi gaplarda mustahkamlash.

Tarbiyaviy maqsad: Logoped xonasidagi jihozlarni ehtiyot qilishga va ehtiyoj sezilgan narsa-buyumlardan to`g`ri foydalanishga o`rgatish. Kelgusida har bir inson uchun kerak bo`ldigan va rag`batlantira oladigan. Minnatdorlik hissini tushuntira oladigan “Rahmat” so`zini ayta oladigan darajada “R” va “L”-tovushini to`g`ri talaffuz qilishda ko`maklashish.

Korreksion maqsad: L - tovushini qo`yish uchun asosiy hisoblangan artikulyatsion mashqlarni bajarishni mashq qildirish, “R” - tovushiga hos artikulyatsion mashqlar, r-tovushiga rasmlar asosida gaplar tuzish.

Jihoz: Artikulyatsion mashqlarni bajarilish tartibi ko`rsatilgan rasmlar,

R-tovushining profili, harflar kassasi, rasmlar.



Mashg`ulotning borishi.

Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomatni aniqlash. O`quvchilar bilan yil fasllari, hafta kunlari, kuz faslidagi o`zgarishlar haqida suhbat, artikulyatsion mashqlarni takrorlash.

O`tgan mavzu : O`tgan mashg`ulotimizda uyga qanday topshiriq berilgan edi?

R - tovushiga oid berilgan so`zlardan gaplar tuzish.

TURNALAR, MURCH,


CHUQUR


so`zlari ishtirokida gaplar tuzing.



  1. Turnalar bahorda uchib keladilar.

2.Moshxo`rdaga murch soldim.





3.Koptogim chuqurga tushib



ketdi.

Yangi mavzu: R-tovushini rasmlar asosidagi gaplarda mustahkamlash.

O`quvchilarga saryog`, mo`ri, bodroq, me’mor, sho`rva rasmlarini ko`rsataman rasmga qarab gap tuzishlarini taklif qilaman.

-Saryog` solingan likopcha.



-Mo`ridan tutun chiqdi.



-Dadam bodroq olib berdilar.



-Devorga ishlov berdi me’mor.



-Mazza qilib ichdik sho’rva.



Jismoniy daqiqa: Sarimsoq.

Sarimsoqman, sarimsoq,

Doim mening tanim sog`

Sal hidi bor demasang,

Ko`p emas oz-oz yesang,

Go`yoki suv havoman,

Ming dardga davoman.

Mustahkamlash

“R” - tovushini rasmlar asosidagi gaplarda mustahkamlash.



Patir, bodring, xamir rasmlarini ko`rsataman. Qani kimrasmga qarab gap tuza oladi?

-Onam xamir qorib pishirdilar patir.



-Bodring ustiga tushibdi shudring.



-Xamir uchida patir.



Yakunlash:

Uyga vazifa R-R-R-R-R-R-R-R-R-R-R-R-R- harfiga oid gap tuzib kelish kelish.



O`quvchilarni mashg`ulotdagi ishtirokini izohli rag`batlantiraman.

Topishmoqlar:


O`zi bitta, tishi mingta



Tili po`lat shovvoz, so`zlay olmas beqog`oz

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling