Reja: Efir moylari haqida


Download 18.02 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi18.02 Kb.
#1799597
Bog'liq
farma mustaqil ish 2


Mavzu:Efir moylari saqlagan dorivor
oʻsimliklar

Reja:


  1. Efir moylari haqida.

  2. Efir moyining fizik kimyoviy xossalari.

  3. Efir moyli oʻsimliklar

Efir moyi deb o’simliklardan suv bug’i yordamida haydab olinadigan o’ziga xos hidi va mazasi bor uchuvchan organik moddalar aralashmasiga aytiladi.


Xushbo’y hidli o’simliklar va ulardan olinadigan ba’zi mahsulotlar (tarkibida efir moyi bo’lgan o’simliklardan olingan xushbo’y suvlar, smolalar va efir moylari) qadimdan ma’lum. Odamlar bu mahsulotlardan kasalliklarni davolashda, ovqat tayyorlashda foydalanib kelganlar. O’rta asrlarda arablar o’simliklardan efir moylarini suv bilan haydab olish va uni suvdan ajratish usullarini yaxshi bilganlar.
O’simliklar dunyosida efir moylari keng tarqalgan. Aniqlangan ma’lumotlarga ko’ra, Yer shad florasidagi o’simliklardan taxminan 2500 dan ortiq turi tarkibida efir moyi bo’ladi. Ayniqsa, yasnot-kadoshlar — Lamiaceae (labguldoshlar — Labiatae), selderdoshlar — Apiaceae (soyabonguldoshlar — Umbelliferae), Asteraceae — astradoshlar (murakkabguldoshlar — Compositae), sho’radoshlar (Chenopodiaceae), mirtadoshlar (Myrtaceae), rutadoshlar (Rutaceae), ra’noguldoshlar (Rosaceae) va boshqa oilalarning vakillari efir moyiga boy.
O’simliklarning deyarli barcha organlarida efir moyi bo’ladi. U gul va meva, barg va yerostki organlarida hamda o’simlikning butkul yerustki qismida to’planadi. Ba’zan bitta o’simlikning turli organlarida tarkibi jihatidan turlicha bo’lgan efir moylari bo’lishi mumkin. Masalan, pomeranes daraxti bargidan, gulidan, xomr mevasidan va pishgan mevasi po’stidan tarkibi turlicha bo’lgan 4 xil efir moyi olinadi.
Efir moyining miqdori o’simliklarda 0,001—20% bo’lishi mumkin. Bu moyning miqdori va tarkibiy qismi o’simlikning o’sish joyiga, taraqqiyot davriga, yoshiga va naviga qarab o’zgarib turadi. Turli o’simliklarda efir moyining ko’p miqdorda to’planishi turli vaqtlarga to’g’ri keladi. Odatda, o’simliklar gullash, ba’zilari g’unchalash davrida yoki bundan ham ertaroq efir moylarini maksimal miqdorda to’playdi. Efir moyining o’simlik tarkibida ko’p yoki kam miqdorda to’planishi havo haroratiga va namligiga, tuproq namligiga hamda yerdagi mineral moddalarning ko’p yoki ozligiga bog’liq.
Efir moylari o’simliklarda moy ishlab chiqaruvchi va saqlovchi maxsus organlarda to’planadi. Erkin holda uchraydigan efir moylaridan tashqari, glikozidlar tarkibiga kiradigan efir moylari ham mavjud. Ular glikozidlar parchalangandagina erkin holda ajralib chiqadi. Bunday glikozidlar to’qimalarning hujayra shirasida bo’ladi. Efir moylarini ishlab chiqaruvchi va saqlovchi organlar, asosan, ikki guruhga bo’linadi.
Sirtqi — ekzogen organlar o’simliklar sirtida bo’lib, epidermal to’qima ustiga joylashgan.
Ichki — endogen organlar — epidermal to’qimalar ostida joylashgan.
Efir moylari ishlab chiqaruvchi ekzogen organlarga bezsimon dog’lar, bezli tuklar va maxsus bezlar kirad)?
Odatda, bezsimon dog’lar gulnihg tojbargida bo’lib, ular ishlab chiqargan moylar epidermal to’qimaning ustidagi kutikula qavati ostida to’planadi. Natijada oz miqdorda efir moyi to’planadigan va mikroskop ostidagina ko’rish mumkin bo’lgan dog’lar vujudga keladi
Efir moylari ajratib chiqaruvchi va to’plovchi endogen organlarga moy to’planadigan joylar, kanalchalar, moy yo’llari hamda ildiz va ildizpoyaning epidermis yoki probka to’qimalari ostida bir-ikki qator bo’lib joylashgan hujayralar kiradj/ Bunday hujayralar efir moyi ishlab chiqaradi va uni saqlaydi.

Efir moylarining fizik xossalari


Efir moylari ko’pincha rangsiz yoki ba’zan turli rangdagi (yashil, och sariq, to’q ko’k, qizil, qo’ng’ir), o’ziga xos hidi va o’tkir mazasi bor uchuvchan tiniq suyuqlikdir. Uning zichligi ko’pincha suvdan yengil, ba’zan og’ir bo’lishi mumkin.
Ko’pchilik efir moylari tarkibida asimmetrik uglerod atomi bo’lgani sababli, yorug’lik tekisligini o’ngga yoki chapga og’diradi. Efir moylarning qaynash harorati qat’iy emas. Uni tashkil etgan komponentlar turli haroratda qaynab, ayrim-ayrim ajralib chiqaveradi. Efir moylari barcha organik erituvchilarda yaxshi eriydi, yog’lar bilan liar xil miqdorda aralashadi, suvda erimaydi. Suv bilan chayqatilganda hidi va mazasi suvga o’tadi. Bu usulda olingan xushbo’y aromatik suvlar, masalan, Aqua Rosae, Aqua Foeniculi, Aqua Menthae va boshqalar tibbiyotda ishlatiladi.
Efir moylari neytral yoki kuchsiz kislotali muhitga ega. Ular sovitilsa, kristall qismi ajralib chiqadi. Ana shu qismi stearopten (ko’p ishlatiladi), qolgan suyuq qismi esa eleopten deb ataladi.
Efir moylarining kimyoviy tarkibi
Efir moylari organik moddalar aralashmalaridan iborat bo’lib, tarkibiga barcha to’yingan va to’yinmagan birikmalar, alifatik, siklik va aromatik uglevodorodlar, spirtlar, yog’ kislotalar, fenollar, murakkab efirlar, aldegidlar, ketonlar, laktonlar va tarkibida azot hamda oltingugurt bo’lgan boshqa organik birikmalar kiradi.
Tarkibida kislorod bo’lgan birikmalar va ularning efirlari efir moylariga xushbo’y hid beradi. Seskviterpenlar efir moylarining vuqori haroratda qaynaydigan fraksiyasini tashkil etadi.
Efir moyining kimyoviy tarkibi o’simlik yoshiga, ekiladigan loyning iqlimiga va o’sish davriga qarab o’zgaradi.
QALAMPIRYALPIZ BARGI VA MOYI –FOLIA ET OLEUM MENTHAE PIPERITAE
O’simlikning nomi. Qalampiryalpiz — Mentha piperita L.; yasnotkadoshlar — Lamiaseae (labguldoshlar — Labiatae) oilasiga kiradi.
Kimyoviy tarkibi. O’simlik bargida 2,40—2,76%, gul to’plamida 4—6%, poyasida 0,3% efir moyi bo’ladi. Qalampiryalpizning yangi navlari tarkibida 4—5% gacha efir moyi bor. XI DF ga ko’ra, barg tarkibida (bargni saqlash davrida efir m’oyining uchib ketishini nazarda tutgan holda) 1% dan kam efir moyi bo’lmashgi kerak. Efir moyi o’simlikning yerustki qismidan suv bug’i yordarrfida haydab olinadi. Moy tiniq, rangsiz yoki och sariq suyuqlik bo’lib, xushbo’y hidi va og’izni uzoq muddatgacha sovitadigan o’tkir mazasi bor.
Ishliitilishi. Qalampiryalpiz bargi preparatlari, efir moyidan tayyorla igan yalpiz suvi va nastoykasi ko’ngil aynishiga va qusishga qarshi kamda ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilashda ishlatiladi. Bundan tashqari, yalpiz suvi og’iz chayqash va miksturalar ta’mini yaxshilash uchun qo’llaniladi. Efir moyidan ajratib olingan mentol quloq, burun, nafas yoilari kasalliklarida hamda tish og’rig’ini qoldirish uchun ishlatiladi. Mentoldan bosh og’rig’ini qoldiradigan migren qalami tayyorlanadi. Mentol preparati — validol ko’krak qisish (stenokardiya) kasalligida ishlatiladi,
Efir moyi va mentol oziq-ovqat hamda parfumeriya sanoatida ham qo’llaniladi.
MARMAKAK (MAVRAK) BARGI – FOLIA SALVIAE
O’simlikning nomi. Dorivor marmarak (mavrak) -Salvia offi-cinalis L.; yasnotkadoshlar — Lamiaceae (labguldoshlar — Labiatae) oilasiga kirad
Kimyoviy tarkibi. O’simlikning barcha organlarida efir moyi bo’ladi. Barg tarkibida 0,5—2,5% efir moyi, alkaloidlar, oshlovchi moddalar, flavonoidlar, ursol va oleanol kislotalar hamda boshqa birikmalar bor.
XI DF ga ko’ra, mahsulot tarkibida efir moyining miqdori butun mahsulotda 1%, qirqilgan mahsulotda esa 0,8% dan kam bo’lmasligi kerak.
Efir moyi tarkibida 15% gacha sineol, tuyon, borneol, kamfora va boshqa birikmalar bo’ladi.
Ishlatilishi. Dorivor marmarak bargining preparatlari burish-tiravchi, dezinfeksiyalovchi va yuqori nafas yo’Uari yaliig’langanda yallig’lanishga qarshi ta’sir etuvchi dori sifatida, og’iz (stomatit va gingivit kasalliklarida) va tomoqni chayqash uchun ishlatiladi.
Dorivor preparatlari. Damlama. Marmarak bargi tomoq, ko’krak, yuqori nafas yo’Uari yallig’lanishi, me’da kasalliklarida va ich keti-shiga qarshi ishlatiladigan yig’ma-choylar tarkibiga kiradi.
EVKALIPT BARGI VA MOYI – FOLIA ET OLEUM EUCALYPTI
Oʻsimlik nomi. Chiviqsimon evkalipt — Eucalyptus viminalis LabilL, kulrang evkalipt — Eucalyptus cinerea F. Et Mull., sharsimon (zangori) evkalipt — Eucalyptus globulus LabilL, mirtadoshlar — Myrtaceae oiiasiga kiradi.
Kimyoviy tarkibi. Evkalipt bargi tarkibida 1,5—3% efir moyi va 10% oshlovchi va boshqa moddalar bo’ladi. XI DF ga ko’ra efir moyining miqdori kulrang va sharsimon evkalipt barglarida 2,5% dan, chiviqsimon evkalipt bargida 1%, maydalangan bargda esa 0,8—1,5% dan kam bo’lmasligi kerak.
Download 18.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling