Oshlovchi moddalar haqida umumiy tushuncha. Oshlovchi moddalarning o'simliklar hayotidagi ahamiyati. Oshlovchi moddalarga sifat reaksiyalar
Download 60 Kb.
|
TARKIBIDA OSHLOVCHI MODDALAR SAQLOVCHI DORIVOR O\'SIMLIKLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oshlovchi moddalar
MAVZU: TARKIBIDA OSHLOVCHI MODDALAR SAQLOVCHI DORIVOR O'SIMLIKLAR. Reja: 1. Oshlovchi moddalar haqida umumiy tushuncha. 2. Oshlovchi moddalarning o'simliklar hayotidagi ahamiyati. 3. .Oshlovchi moddalarga sifat reaksiyalar. 1. Oshlovchi moddalar haqida umumiy tushuncha. Oshlovchi moddalar — teri va moʻynani oshlashda ishlatiladigan moddalar. Oshlovchi moddalar mineral va organik turlarga boʻlinadi. Xrom, alyuminiy, sirkoniy, titan, kremniy, temir birikmalari mineral Oshlovchi moddalarga kiradi. Bu birikmalarning koʻpchiligi sulfat kislota tuzlari boʻlib, suvli eritmalar holida ishlatiladi. Xrom birik-malari teri va moʻynalarning barcha turini oshlashda keng qoʻllanadi. Sirkoniy birikmalari terini chidamli va sirtini silliq qiladi. Organik. Oshlovchi moddalar hayvon, sunʼiy va sintetik turlarga boʻlinadi. Turli baliqlar va dengiz hayvonlarining yuqori toʻyinmagan yogʻlari hayvon Oshlovchi moddalariga mansubdir. Ular zamshani oshlashda qoʻllanadi. Oʻsimlik Oshlovchi moddalariga kiradigan tannidlar oʻsimlik organlarida boʻladi. Turli oʻsimliklardan olingan tannidlarning tarkibi turlicha, ular gidrolizlanadigan, kondensirla-nadigan va aralash xillarga boʻlinadi. Tannidlar eritmasini har qanday turdagi terini oshlashda ishlatish mumkin. Sunʼiy Oshlovchi moddalar yuqori molekulali moddalar boʻlib, organik xom ashyolarni qayta ishlovchi sanoat chiqindilaridan iborat. Sunʼiy Oshlovchi moddalar ishlatish oson boʻlishi uchun konsentrlanadi, baʼzida esa tozalanadi. Sellyulozani qayta ishlashda hosil boʻlgan sulfit-sellyuloza ekstrakti sunʼiy Oshlovchi moddalarning yaqkrl vakilidir. Bu xil Oshlovchi moddalar teri yarim fabrikatiga tannidlarga Karaganda tez singadi. Sintetik Oshlovchi moddalar yoki sintanlar turli organik birikmalardan olinadigan Oshlovchi moddalardir. Fenol va uning xreilalari, aromatik uglevodorodlar, naftollar, sulfonlar, lignosulfon kislotalar, formalin, mochevina va boshqa sintanlarning asosiy xom ashyosi hisoblanadi. Sintanlarning oʻsimlik Oshlovchi moddalar bilan birga ishlatiladigan xili ham bor. Yukrri sifatli sintetik Oshlovchi moddalar olini-shi natijasida qimmatbaho eman da-raxti ekstrakti ishlab chiqarish keskin ravishda kamaydi. Oshlovchi moddalarning turi koʻpaydi, xos-salari va sifati yaxshilandi va teri ishlab chiqarish jarayoni tezlashdi. Hayvonlarning xom terisini oshlash xususiyatiga ega va ko'p atomli fenollar unumidan tashkil topgan hamda o'simliklardan olinadigan yuqori molekulali zaharsiz murakkab organik birikmalar o'simlikning oshlovchi moddalari - tanidlar deb ataladi. Oshlash jarayonida oshlovchi moddalar terining oqsil moddalari bilan birikib, erimaydigan birikma hosil qiladi. Natijada hayvonlar terisi o'zidan suv o'tkazmaydigan, chirimaydigan, elastik va shu kabi xususiyatIarga ega bo'ladi. Oshlovchi modda1arning bu xususiyatiga polifenollaming hamrna unumlari ega bo'lavermaydi. Terini oshlay oladigan polifenollar zichligi (molekula og'irligi) 500 bilan 3000 o'rtasida bo'lishi 10- zim. Polifenollar zichligi 500dan kam bo'lganda, ular oqsil moddaIar biIan adsorbsiya bo'lsa ham, turg'un birikma hosil qila olmaydi. Zichligi 3000dan ortiq bo'lgan polifenollar esa molekulalarining yirikligi sababli kollagenning fibrinlari orasidan sig'ib o'tib, turg'un birikma berish qiyin. Polifenollar terini oshlash xususiyatiga ega bo'lishi uchun ular molekulasi tarkibida yetarli miqdorda gidroksil guruhi (zichlikning har 100ta birligida kamida 1-2 gidroksil guruhi) bo'lishi ham kerak. Tanidlaming terini oshlash xususiyati kishilarga qadimdan ma'lum. Yuqori Misrning aholi yashagan yerlaridan (bundan 5000 yil burun) xom teri, oshlovchi materiallar va oshlangan terilar topilgan. Bu keltirilgan dalillar kishilar qadim zamonlardan beri terini oshlashni bilganliklarini va shu maqsadda tarkibida tanidlar bo'lgan o'simliklardan foydalanganliklarini ko'rsatadi. Tanidlar tabiatda keng tarqalgan ho'lib, ayniqsa ikki pallali o'simliklar sinfiga kiruvchi oilalarda, masalan, ra'noguldoshlar- Rosaceae, dukkakdoshlar - Fabaceae, qoraqatdoshlar Saxifragaceae, torondoshlar - Polygonaceae, toldoshlar -Salicaceae, qoraqayindoshlar - Fagaceae, pistadoshlar - Anacardiaceae va boshqa oilalar vakillari tarkibida ko'p uchraydi. Tanidlar, ayniqsa gallalarda, o'sim1iklarning patologik o'simtalarida ko'p (ba'zan 70 foizdan ortadi) ho'ladi. Oshlovchi moddalar o'simliklaming hamma organlarida to'planishi mumkin. Ular daraxt va butalar po'stlog'ida, yog'och qismida hamda ko'p yillik o't o'simliklaming yer ostki organlarida ko'p bo'ladi. Ba'zan tanidlar daraxt va butalar bargida, mevasida, o't o'simliklaming barcha yer ustki qismida ham to'planadi. Oshlovchi moddalaming o'simlik to'qimasida qanday sintez bo'lishi to'g'risida turli fikrlar ilgaridan mavjud. Kcyingi vaqtda bu fikrlarning bir qismi o'simliklar (ayniqsa, tuban o'simliklar) ustida o'tkazilgan tajn"balar asosida tasdiqlandi. Oshlovchi moddalar, asosan, ikkita katta guruhdan - gidrolizlanuvchi va kondensatsiyalanuvchi tanidlardan tashkil topgan. Ular kimyoviy tuzilishiga ko'ra bir-biridan katta farq qiladi. Shuning uchun oshlovchi moddalar bu ikkala guruhining o'simliklardagi biosintezi turli yo'llar bilan horadi. Gidrolizlanuvchi oshlovchi moddalaming asosiy qismini oksibenzoat va boshqa oksiaromatik karbon kislotalaming qandlar, ko'p atomli spirtlar hamda shunga o'xshash moddalar bilan hosil qilgan murakkab birikmalari tashkil etadi. Hozirgi vaqtda o'simliklar to'qimasidagi aromatik birikmalaming biosintezi shu jarayonning oraIiq moddasi bo'lgan shikim kislota orqali borishi to'liq isbotlangan. Shuning uchun gidrolizlanuvchi oshlovchi moddalar biosintezidagi boshlang'ich birikmalari bo'lgan oksibenzoat (n-oksibenzoat, protokatex va gallat) kislotalar o'simlik to'qimasida shikim kislota orqali uglevodlardan hosil bo'lishi mumkin. Bu murakkab biosintezda geksozalardan asosan glukoza, fruktoza va mannoza ishtirok etadi. Geksozalar avval o'zining enol shakllari orqali mezoinozitga o'tadi. Mezoinozit esa xin kislota orqali shikim kislotaga aylanadi. Bu biosintez quyidagi sxema bo'yicha borishi mumkin. Yuqoridagi sxemada ko'rsatilgan biosintez jarayoni ma'lum fermentiaming faol ishtirokida ro'y beradi. A.L.Kursanov va shogirdlarining choy, S.V.Durmishidzening tok o'simligi ustida olib borgan tadqiqotIari yuqorida bayon etiigan nazariyaning to'g'riligini qisman isbot etadi. Eksperimentiar yordamida m-inozid sof holdagi geksozlar (glukoza, fruktoza va mannoza)ga qaraganda glikozidlar (salitsin, arbutin) hamda murakkab birikmalar (glukoza-l-fosfat, saxaroza) tarkibidagi glukoza va fruktozadan ko'proq hosil bo'lishi ko'rsatildi. Tirik organizmda shikim kislotaning biosintezi boshqacha yo'llar bilan ham borishi mumkin. Escherichia coli ning ba'zi mutantlarida o'tkazilgan maxsus eksperimentlarga asoslanib, shikim kislotaning biosintezi quyidagi sxema bo'yicha berilgan: Fosfoenol-piruvat+ D-eritroza-4-fosfat ~ 3-dezoksi -D-arabinogeptuloza-4-fosfat~ ,on kislota ~ 5-degidroxin kislota ~ 5-degidroshikim kislota ~ shikim kislota. Download 60 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling