Toksoplazmoz
Download 144.95 Kb.
|
Toksoplazmoz
Toksoplazmoz — ichki aʼzo va sistemalar funksiyasini izdan chiqaradigan parazitar kasallik; bir hujayrali sodda hayvon — toksoplazmalar qoʻzgʻatadi. Odam, hayvon (choʻchqa, quyon, qoramol, qoʻy, kiyik, tulki, olmaxon, yumronqoziq) va parrandalar (tovuq, oʻrdak, kaptar)da uchraydi. Kasallik manbai, asosan, itlar, mushuklar va T. bilan ogʻrigan bemor hisoblanadi; ular oʻzlarining soʻlagi, siydigi, najasi, suti, burun shilimshigʻi orqali tashqi muhitga koʻplab kasallik qoʻzgʻatuvchisini tarqatadi. Toksoplazmalar odamga ovqat mahsulotlari (xom goʻsht, pishirilmagan sut, xom tuxum) orqali, shuningdek, bevosita kasal hayvonlar bilan muloqotda boʻlganda (chorvachilik xoʻjaliklari va goʻsht kti xodimlari yoki teriga ishlov beruvchilar) yuqishi mumkin. Uy sharoitida, ayniqsa, ayollar qiyma taʼmini totib koʻrganida ham toksoplazma yuqadi. Toksoplazma shilliq pardalar (ogʻiz, burun, koʻz shilliq pardasi) yoki chaqalangan teriga tushishi, shuningdek, transmissiv va boshqa yoʻllar bilan yuqishi mumkin. Odam organizmiga tushgan toksoplazma qon tomirlar orqali turli aʼzolar (miya, koʻz, jigar, taloq, yurak va limfa bezlari)ga tarqaladi va shu aʼzolarning zararlanishiga sabab boʻladi. Tugʻma va orttirilgan T. farq qilinadi. Tugʻma T.da kasallik ona organizmidan qon orqali homilaga oʻtadi. T. homilaga dastlabki oylarda yuqsa, bola tushadi yoki ulik, yoxud majruh boʻlib tugʻiladi. Orttirilgan T. oʻtkir va surunkali kechadi. Oʻtkir T.da bemor isitmalaydi, boshi, muskullari ogʻriydi; limfa bezlari, koʻz, teri, miya qobiklari va ichki aʼzolariga putur yetadi. Surunkali T. yillab choʻzilishi mumkin. Bunda bemorning trasi yuqori boʻladi, boshi ogʻriydi; quvvatsizlik, asabiylashish kuzatiladi; koʻrish, xotira va ish qobiliyati pasayadi; jigar, taloq va limfa bezlari shishadi; gepatit, miokardit, zotiljam yuzaga kelishi mumkin. Kasallikning oldini olish uchun kasal uy hayvonlarini aniqlash va ularni ajratib qoʻyish; bolalarni it, mushuk bilan oʻynashlariga yoʻl qoʻymaslik lozim. Isteʼmol qilinadigan goʻsht, sut mahsulotlarini albatta yaxshilab pishirish yoki qaynatish kerak. TORCH qisqartma so‘z bo‘lib, quyidagi kasalliklarning bosh harflaridan olingan: T – Toxoplasma (toksoplazmalar – bir hujayrali tekinxo‘r organizm. Ular odam va turli sut emizuvchi hayvolarda parazitlik qilib, juda og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu parazit bemorning boshi va orqa mushaklarida, shuningdek, qonida ham uchraydi); O – Others (boshqalar: enterovirus, parvovirus B19, gepatit B, C, OIV, zaxm) R – Rubella (qizilcha ) C – Cytomegalovirus (sitomegaliya) H – Herpes simplex virus (gerpes I/II) Toksoplazmoz Toksoplazmoz — asosan belgilarsiz kechuvchi, biroq past immunitetli odamlarda va onadan homilaga yuqqanda asab tizimi, yurak mushaklari va boshqa a’zolarni zararlovchi xastalik. Uning manbai Toxoplasma gondii deb nomlanuvchi jonivor. Mahalliy tarqatuvchisi esa mushuklar bo‘lib, toksoplazma qo‘zg‘atuvchisi bilan zararlangan go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida sut emizuvchi jonivorlar va odamlarga yuqadi. Onadan homilaga o‘tishi esa homila rivojlanishiga jiddiy xavf soladi. Biroq homiladorlikkacha bo‘lgan davrdagi zararlanish homila uchun xavfli emas, chunki to‘qimaga o‘rnashgan infeksiya homila uchun aytarli xavf tug‘dirmasligi kuzatuvlarda o‘z isbotini topgan. Agar ona homiladorlik vaqtida Toksoplazmoz bilan xastalansa, u qon orqali homilaga o‘tishi va asosan 12 haftalikkacha bo‘lgan homiladorlik mobaynida katta xavf tug‘dirishi mumkin. Toksoplazmozdan saqlanish uchun tozalikka rioya qilish, go‘shtni yaxshi pishirish, xom go‘sht bilan ishlagandan so‘ng qo‘llarni va ishlatilgan buyumlarni yaxshilab yuvish lozim. Kasallik virusi ta’sirida turg‘un immunitet hosil bo‘ladi. Qizilcha Qizilcha — asosan 2–10 yoshli bolalarni zararlovchi, yengil isitma va mayda qizil toshma bilan namoyon bo‘ladigan, katta yoshlilarda va homiladorlikda og‘ir kechuvchi virusli kasallik. Uning manbai kasallikning turli shakillari bilan og‘rigan bemor. Sog‘lom odamga havo-tomchi yo‘li orqali, bolaga onasidan o‘tadi. Qizilcha viruslarining homilaga tasiri homiladorlik bosqichlariga qarab, turli darajada bo‘ladi: ayol homiladorlikning birinchi uch oyligida qizilcha bilan og‘risa, homilaning zararlanish ehtimoli 60–85 foizni, ikkinchi davrida 15–20 foizni, uchinchi davrida esa 5 foizni tashkil etadi. Homilador ayol qizilcha bilan og‘rigan bemor bilan muloqotda bo‘lsa, albatta, zaruriy tahlillar topshirishi, ya’ni qonda qizilchaga qarshi antitanachalarning paydo bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlash lozim. Homiladorlikning ilk uch oyida zararlanish alomatlari aniqlansa, bolani oldirish tavsiya qilinadi. Tug‘ma qizilcha bilan dunyoga kelgan bolalarda katarakta, yurak nuqsonlari va neyrosensor karlik kuzatilishi mumkin. Bu kasallikdan keyin turg‘un immunitet hosil bo‘ladi. Sitomegalovirusli infeksiya Sitomegalovirusli infeksiya (SMVI) — asosan klinik belgilarsiz o‘tuvchi, ba’zan markaziy nerv tizimi va ichki a’zolarni og‘ir zararlaydigan, homiladorlik kechishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan virusli kasallik. Sitomegalovirus butun umri davomida bemor vujudida saqlanib turishi bilan xavfli. Virus jinsiy yo‘l bilan, homilaga esa qon orqali yuqadi. Sitomegalovirus organizmga kirib, immun tizimini kuchsizlantirib bo‘lgach, asoratlarini ko‘rsata boshlaydi. Homilaning dastlabki oylardanoq SMVI bilan zararlanish homilaning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Homiladorlikning so‘nggi davrlarida zararlanish a’zolar tuzilishida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmasa-da, bola tug‘ilgach, sariqlik, qon ketishi, o‘pka yallig‘lanishi va markaziy asab tizimining zararlanishi kabi asoratlar kuzatiladi. SMVI bilan kasallangandan so‘ng turg‘un immunitet hosil bo‘lmagani bois, qayta kasallanish ehtimoli bor. Oddiy gerpes Oddiy gerpes (OGV) — dunyoda eng ko‘p tarqalgan virusli infeksiyalardan biri. Uning 2 turi mavjud. OGV-1 bilan zararlanish dunyoda 90-95 foiz, OGV-2 bilan zararlanish esa 20-30 foizgacha yetadi. Oddiy gerpes homiladorlikning og‘ir kechishi, bolaning muddatidan ilgari tug‘ilishi, ona qornida rivojlanmay qolishi yoki homila tushishiga olib keladi. Virus manbai bemorlardir, ya’ni havo-tomchi, jinsiy yo‘l orqali yoki onadan homilaga yuqadi. Aniqlanishicha, homiladorlikning birinchi choragida OGV yuqishi bolaning gidrotsefaliya (miya qorinchalarida orqa miya suyuqligining ko‘payishi bilan kechuvchi kasallik), yurak nuqsonlari, katarakta, karlik, siydik-tanosil a’zolari, oshqozon-ichak tizimi nuqsonlari bilan dunyoga kelishiga sabab bo‘ladi. Virus homiladorlikning ikkinchi va uchinchi davrida yuqsa, jigar va taloqning kattalashishi (gepatosplenomegaliya), anemiya, sariqlik, gipotrofiya (organizmning darmonsizlanib, ozib ketishi), pnevmoniya kabi asoratlarni yuzaga keltiradi. Ushbu kasallikdan so‘ng ham turg‘un immunitet hosil bo‘lmaydi va takroran kasallanish holatlari kuzatiladi. TORCH-infeksiyasi so‘zi tarkibidagi (Others) boshqa virusli xastaliklar ham shu kabi jiddiy oqibatlarni yuzaga keltiradi. Ota-onaning immuniteti baland bo‘lishi, gigiyena qoidalariga amal qilishi, o‘z organizmiga hurmat bilan qarashi va, albatta, palapartish jinsiy hayotdan tiyilib, xiyonat ko‘chasiga kirmasligi farzandning sog‘lom tug‘ilishini kafolatlaydi. TORCH so‘zi bir qator infeksiyalar nomining qisqartirilgan ko‘rinishi bo‘lib u o‘z ichiga quyidagilarni oladi: T – Toxoplasma (toksoplazmalar – bir hujayrali tekinxo‘r organizm. Ular odam va turli sut emizuvchi hayvolarda parazitlik qilib, juda og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu parazit bemorning boshi va orqa mushaklarida, shuningdek, qonida ham uchraydi); O – Others (boshqalar: enterovirus, gepatit B, C, OIV, zaxm) R – Rubella (qizilcha ) C – Cytomegalovirus (sitomegaliya) H – Herpes simplex virus (gerpes I/II) Endi kasalliklar haqida qisqach ma’lumot berib o‘tsak: Qizilcha — asosan 2–10 yoshli bolalarni zararlovchi, yengil isitma va mayda qizil toshma bilan namoyon bo‘ladigan, katta yoshlilarda va homiladorlikda og‘ir kechuvchi virusli kasallik. Uning manbai kasallikning turli shakillari bilan og‘rigan bemor. Sog‘lom odamga havo-tomchi yo‘li orqali, bolaga onasidan o‘tadi. Qizilcha viruslarining homilaga tasiri homiladorlik bosqichlariga qarab, turli darajada bo‘ladi.Qizilcha kasalligining kechishi inson katta bo’lgan sari qiyinroq bo’ladi. Homiladorlik davrida ayolning qizilcha bilan kasal bo’lishi homilada karlikni vujudga kelishiga olib kelishi mumkin. Sitomegalovirusli infeksiya (SMVI) — asosan klinik belgilarsiz o‘tuvchi, ba’zan markaziy nerv tizimi va ichki a’zolarni og‘ir zararlaydigan, homiladorlik kechishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan virusli kasallik. Sitomegalovirus butun umri davomida bemor vujudida saqlanib turishi bilan xavfli. Virus jinsiy yo‘l bilan, homilaga esa qon orqali yuqadi. Sitomegalovirus organizmga kirib, immun tizimini kuchsizlantirib bo‘lgach, asoratlarini ko‘rsata boshlaydi. Homilaning dastlabki oylardanoq SMVI bilan zararlanish homilaning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Homiladorlikning so‘nggi davrlarida zararlanish a’zolar tuzilishida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmasa-da, bola tug‘ilgach, sariqlik, qon ketishi, o‘pka yallig‘lanishi va markaziy asab tizimining zararlanishi kabi asoratlar kuzatiladi. SMVI bilan kasallangandan so‘ng turg‘un immunitet hosil bo‘lmagani bois, qayta kasallanish ehtimoli bor. Gerpes Gerpes virusi homilador ayolga homiladorlik davrida birinchi bor yuqsa, ya’ni ayolning unga nisbatan umuman immuniteti bo‘lmasa, uning homilaga bo‘lgan salbiy ta’siri juda katta bo‘ladi. Agar homilaga gerpes virusi uning 10 haftasigacha yuqsa, homilaning uning o‘limi yoki tushishi ro‘y berishi mumkin. Homiladorlikning 2 chi va 3 trimestrida homilaning zaharlanishi uning asab tizimi faoliyatini buzulishiga, teri va jigari shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Agar homilador ayol homiladorlik davrida gerpes virusini qayta qo‘zg‘alishiga duch kelsa, u holda virusni homilaga ta’siri bo‘lmasligi mumkin, lekin homiladorlik kechishi juda og‘irlashadi va homilani saqlab qolish uchun maxsus muolajalar talab etilishi mumkin. Toksoplazma Homiladorlik davrida toksoplazma bilan kasallanish homilada og‘ir kasalliklar vujudga kelishiga yoki uning o‘limiga olib kelishi mumkin. Ko‘pincha toksoplazmoz virusini mushuklar tarqatadi. Shuning uchun homilador ayol mushuklardan yiroqroq bo‘lishi kerak. Undan tashqari xom go‘sht, yuvilmagan meva va sabzavotlarda ham ushbu inveksiya viruslari mavjud bo‘lishi mumkin. Ko‘chada kabob, go‘shtli taomlarni yeyishda ehtiyot bo‘lish kerak bo‘ladi. Xatarli tomoni shundaki, bu infeksiyalarning alomatlari ayolning umumiy holatida namoyon bo‘lmay, homila rivojlanishiga va homiladorlik kechishiga juda katta zarar keltirishi mumkin. TORCH infeksiyasi analizlari iloji bo‘lsa homiladorlikdan oldin yoki homiladorlikning dastlabki davrida o‘tkazilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar analiz natijalari ayolda ushbu infeksiyalarga nisbatan immuniteti mavjudligini ko‘rsatsa, u holda homiladorlik davomida faqat profilaktik choralar amalga oshiriladi. Agar immunitet mavjud emasligi aniqlansa, u holda shifokor emlash (qizilcha infeksiyasiga qarshi) yoki ma’lum bir qoidalarga rioya qilishni tavsiya qilishi mumkin. Undan tashqari butun homiladorlik davrida ushbu infeksiyalar yuqmasligini nazorat qilish ko‘zda tutiladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun Avitsenna.uz saytidagi quyidagi maqolani o‘qib chiqishingizni tavsiya etamiz: Infeksiyalar-TORCH infeksiyasi Maqolani qayta chop etish O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qat'iyan taqiqlanadi! Tayyorladi: Uzbaby.uz Kategoriya: Homiladorlikka tayyorlanish Nashr etildi: 10 Dekabr 2012 Ko'rildi: 54976 TORCH so'zi bir qator infeksiyalar nomining qisqartirilgan ko'rinishi bo'lib u o'z ichiga quyidagilarni oladi: T - toksoplazmoz (toxoplasmosis) O - boshqa infeksiyalar (others)* R - qizilcha (rubella) C - sitomegalovirus (cytomegalovirus) H - gerpes (herpes) "O", ya'ni boshqa infeksiyalar deganda homiladorlik davrida homilaga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi quyidagi infeksiyalar nazarda tutiladi: - gepatit B va C - sifilis - xlamidioz - gonokkok - listerioz - OITS - enterovirus - suvchechak TORCH infeksiyani birlamchi yuqtirish homilador ayolga juda xatarli. Birlamchi yuqtirish deganda organizmni ushbu infeksiya bilan birinchi bor to'qnashishi nazarda tutiladi, ya'ni unga nisbatan hali immunitet shakllanmagan bo'ladi. Bunday yuqtirish natijasida ayol qon oqimida mikroblarning keskin ko'payishi kuzatilib, ularning organizm bo'ylab sirkulyasiyasi natijasida homila qoniga o'tish ehtimoli katta bo'ladi. Xatarli tomoni shundaki, bu infeksiyalarning alomatlari ayolning umumiy holatida namoyon bo'lmay, homila rivojlanishiga va homiladorlik kechishiga juda katta zarar keltirishi mumkin. TORCH infeksiyasi analizlari iloji bo'lsa homiladorlikdan oldin yoki homiladorlikning dastlabki davrida o'tkazilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Agar analiz natijalari ayolda ushbu infeksiyalarga nisbatan immuniteti mavjudligini ko'rsatsa, u holda homiladorlik davomida faqat profilaktik choralar amalga oshiriladi. Agar immunitet mavjud emasligi aniqlansa, u holda shifokor emlash (qizilcha infeksiyasiga qarshi) yoki ma'lum bir qoidalarga rioya qilishni tavsiya qilishi mumkin. Undan tashqari butun homiladorlik davrida ushbu infeksiyalar yuqmasligini nazorat qilish ko'zda tutiladi. TORCH infeksiyasi analizi qanday amalga oshiriladi? Bunda qondagi TORCH infeksiyalariga nisbatan paydo bo'lgan IgM va IgG antimoddalar titrasi (miqdori) aniqlanadi. Quyida har bir infeksiyaning zarari haqida to'xtalib o'tamiz. Qizilcha Qizilcha bilan bir marta hayotida kasal bo'lgan inson unga nisbatan immunitet hosil qiladi. Qizilcha kasalligining kechishi inson katta bo'lgan sari qiyinroq bo'ladi. Homiladorlik davrida ayolning qizilcha bilan kasal bo'lishi homilada karlikni vujudga kelishiga olib kelishi mumkin. Afsuski, homilaga qizilchani yuqqanligi haqida va virusning unga yetkazgan salbiy asorati haqida oldindan bilib bo'lmaydi. Shuning uchun har ehtimolga qarshi, agar ayolda qizilchaga nisbatan immuniteti bo'lmasa (analizdan bilib olinadi) homiladorlikdan oldin unga qizilchaga qarshi emlatish o'tkazish talab etiladi. Toksoplazma Homiladorlik davrida toksoplazma bilan kasallanish homilada og'ir kasalliklar vujudga kelishiga yoki uning o'limiga olib kelishi mumkin. Ko'pincha toksoplazmoz virusini mushuklar tarqatadi. Shuning uchun homilador ayol mushuklardan yiroqroq bo'lishi kerak. Undan tashqari xom go'sht, yuvilmagan meva va sabzavotlarda ham ushbu inveksiya viruslari mavjud bo'lishi mumkin. Ko'chada kabob, go'shtli taomlarni yeyishda ehtiyot bo'lish kerak bo'ladi. Sitomegalovirus Ushbu infeksiya o'pich va jinsiy aloqa orqali ko'p o'tadi. Ba'zida havodan ham o'tish ehtimoli bor. Homiladorlik davrida bu infeksiyani ayoldan homilaga o'tish ehtimoli 5%ni tashkil etadi va uning homilaga bo'lgan salbiy ta'siri ayniqsa uning 20-haftasigacha bo'lgan davrida kattadir. Ushbu infeksiya alomatlari ayolda bilinmasligi mumkin. Lekin homilaga virusni yuqqani uning jigari faoliyati buzulishi, kamqonlik, bosh miyasining suv bilan qoplanishi, bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishi orqada qolishi va eshitish qobiliyati faoliyatini buzulishida namoyon bo'lishi mumkin. Gerpes Gerpes virusi homilador ayolga homiladorlik davrida birinchi bor yuqsa, ya'ni ayolning unga nisbatan umuman immuniteti bo'lmasa, uning homilaga bo'lgan salbiy ta'siri juda katta bo'ladi. Agar homilaga gerpes virusi uning 10-haftasigacha yuqsa, homilaning uning o'limi yoki tushishi ro'y berishi mumkin. Homiladorlikning 2 chi va 3-trimestrida homilaning zaharlanishi uning asab tizimi faoliyatini buzulishiga, teri va jigari shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Agar homilador ayol homiladorlik davrida gerpes virusini qayta qo'zg'alishiga duch kelsa, u holda virusni homilaga ta'siri bo'lmasligi mumkin, lekin homiladorlik kechishi juda og'irlashadi va homilani saqlab qolish uchun maxsus muolajalar talab etilishi mumkin. Shuning uchun har bir ayol homilador bo'lishidan oldin TORCH infeksiya analizini topshirishi kerak. Ba'zi ayollar turmushga chiqib ayrim infeksiyalarni eridan yuqtirib oliadilar. Erkak organizmida infeksiya mavjud bo'la turib u erkak salomatligida hech qanday namoyon bo'lmasligi mumkin. Lekin ayol u infeksiyalarni yuqtirib olib homilador bo'lsa, homilaga tuzatib bo'lmaydigan katta zarar keltirish ehtimoli bor. Betartib jinsiy aloqalar TORCH infeksiyani tarqatishdagi eng katta omil. Betartib jinsiy aloqada bo'ladigan erkaklar, ayniqsa, o'ylangandan so'ng o'zini va ayolini homilador bo'lmasligidan oldin TORCH infeksiyaga tekshirtirish. Chunki erkakning betartib jinsiy hayoti natijasida TORCH infeksiya bo'lajak homilada nuqsonlar paydo bo'lishiga yoki erkak va ayolning bepushtligiga sababchi bo'lishi mumkin. Toksoplazmoz Toksoplazmoz – asab tizimini zararlaydigan, jigar va taloqning kattalashishi va limfa bezlarining o‘zgarishlari bilan kechadigan parazitli kasallikdir. Ayrim kishilarda bu kasallik belgilarsiz o‘tadi. Organizmda immun javobning rivojlanishi natijasida qonda parazitlar kamayadi. Ammo parazit sistalari to‘qimalarda saqlanib qoladi. Bu sistalar organizmning immun tizimi sustlashganda qayta faollashishi mumkin (masalan, OIVni yuqtirgan homilador ayollarda). Kasallik qo‘zg‘atuvchisi tashqi muhitda 200 S haroratda 3 kungacha saqlanadi. Quritish, tik tushadigan quyosh nuri va yuqori haroratga ular chidamsiz bo‘ladi. Birlamchi kasallik manbai mushuklar hisoblanadi. Odam, mushuk va itlardan tashqari barcha sut emizuvchi hayvonlar va qushlar toksoplazmoz bilan kasallanishi mumkin. Mushuklar ichagidan ajralib chiqadigan toksoplazma sistalari tuproqqa tushadi va suv, shamol, transport g‘ildiraklari orqali atrofga tarqaladi. Tuproq bilan ifloslangan yemish bilan bu sistalar boshqa qishloq xo‘jalik hayvonlari organizmiga va ularning go‘shtlari orqali odam organizmiga tushadi. Insonning toksoplazmoz bilan zararlanishi odatda alimentar yo‘l bilan yuzaga keladi: xom yoki yetarli termik ishlov berilmagan go‘sht, ayniqsa, quyon va qo‘y go‘shtlarini iste’mol qilganda (masalan, go‘sht qiymasini ta’mini tatib ko‘rganda), odam qo‘li qum, tuproq bilan ifloslanganda va mushuklarni parvarish qilganda yuqadi. Toksoplazmalar bilan homiladorlik vaqtida yo‘ldosh orqali homila ham zararlanishi mumkin. Infeksiyaning onadan bolaga o‘tish xavfi homiladorlikning oxirgi bosqichlarida yuqori bo‘ladi. Hazm qilish a’zolari parazitning kirish darvozasi hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchi qonga ingichka ichakdan so‘riladi va butun organizm bo‘ylab tarqaladi. Parazitlar asosan jigar, taloq, limfatik tugunlar, asab tizimi, yurak, skelet mushaklarini zararlantiradi. So‘ngra immunitet shakllana borishi bilan sista hosil bo‘ladi va ular organizmda o‘nlab yillar hatto, umr bo‘yi saqlanib qolishi mumkin. Tug‘ma va orttirilgan toksoplazmoz farq qilinadi. Tug‘ma toksoplazmozning o‘tkir shakli og‘ir o‘tadi: jigar va taloqning kattalashishi, toshmalar paydo bo‘lishi bilan kechadi. Ko‘pchilik bolalarda ensefalit va ko‘zning zararlanishi kuzatiladi. Bunday toksoplazmoz surunkali shaklga o‘tganda ensefalit asoratlaridan gidrotsefaliya (bosh hajmining kattalashishi) ko‘proq kuzatiladi. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, toksoplazma yuqtirgan kishilarning yurish-turishi birmuncha o‘zgaradi. Ko‘proq ularda reaksiyalarning sustligi va o‘ziga ishonchsizlik hissining namoyon bo‘lishi xarakterlidir. Orttirilgan toksoplazmozda isitma, bosh og‘rig‘i, mushaklarda og‘riq va limfatik tugunlarning kattalashishi kuzatiladi. Kasallikka tashxis qo‘yishda xastalik belgilari va laboratoriya usullari qo‘llaniladi. Toksoplazmoz bilan kasallangan bemorlarni davolash kompleks tarzda amalga oshirilishi lozim. Uy hayvonlaridan ayniqsa, mushuklar bilan muloqotda bo‘lmaslik, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, xom va yetarli darajada termik ishlov berilmagan go‘shtni iste’mol qilmaslik ushbu dardning yuqishining oldini oladi. Bu qoidalarga ayniqsa homiladorlik vaqtida qa’tiy rioya qilish muhim. Toksoplazmoz haqida ushbu maqola orqali ham o‘qishingiz mumkin: Toksoplazma – xavfli yo‘lovchi Qizilcha O‘tkir virusli infeksiya bo‘lib, mayda dog‘li toshma, isitma va homilador ayollarda homilaning zararlanishi bilan kechadi. Kasallik manbai odam hisoblanadi. Qizilchaning klinik ko‘rinishlari namoyon bo‘lgan bemor yoki kasallik toshmalarsiz kechayotgan kishilar hamda tug‘ma qizilcha bilan xastalangan bolalar organizmida virus ko‘p (1,5 yil va undan ham ziyod) vaqt davomida saqlanishi mumkin. Bu kasallik aslida kichik yoshdagi bolalarga xos. Biroq, hozirda bemorlarning yarmidan ko‘pini 9 yoshdan yuqori bo‘lgan xastalar tashkil qiladi. Tug‘ruq yoshigacha 75-85 foiz ayollar qizilcha bilan og‘riydi va odatda bu dardga qarshi bir umrlik immunitet hosil bo‘ladi. Qizilchaga qarshi vaksinatsiya 1969 yildan emlash kalendariga kiritildi. Shundan keyin uning uchrash ko‘rsatkichi aholining jon boshiga 1: 100 000 gacha kamaydi. Virus organizmga nafas yo‘llari orqali tushadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi toshma toshishidan 7-10 kun oldin burun-halqumdan ajralib chiqa boshlaydi. Unga qarshi immunitet paydo bo‘lishi bilan (toshmaning 1-2 kunlari) infeksiyaning organizmdan ajralib chiqishi to‘xtaydi. Kasallikning yashirin davri 15-24 kun. Boshlang‘ich davri esa bir necha soatdan bir kecha-kunduzgacha davom etadi. Tana haroratining ko‘tarilishi, quruq yo‘tal va ko‘zning qizarishi xastalikning o‘ziga xos belgilaridandir. Bu dard avj olgan davrda bo‘yinning orqa, ensa, quloq orti limfa bezlarining kattalashishi kuzatiladi. Kattalashgan bezlar esa qattiqlashadi va ular paypaslab ko‘rilganda og‘riq seziladi. Kasallikka xos bo‘lgan belgilardan yana biri yasmiq (chechevitsa doni) kattaligida hosil bo‘ladigan och qizil rangdagi toshmalardir. Toshmalar qichishish bilan kechadi. Ko‘pincha ular oyoq va qo‘llarning yoziluvchi yuzalari hamda qorin va ko‘krakda paydo bo‘ladi. Ayrim hollarda taloq kattalashadi, og‘iz bo‘shlig‘ida qizil dog‘lar shaklida toshmalar paydo bo‘ladi. Ayrim hollarda qizilcha hech qanday belgilarsiz ham kechishi mumkin. Qizilchaga tashxis qo‘yishda ma’lum qiyinchiliklar mavjud. Bu qiyinchiliklar ushbu dardning klinik ko‘rinishlarining ko‘pligi va ularning ko‘p kasalliklarga o‘xshashligidir. Xastalikka tashxis qo‘yishda laboratoriya usullari muhim ahamiyatga ega. Agar inson o‘z vaqtida emlansa, bu kasallik bilan umuman og‘rimasligi mumkin. Virus ona organizmida homilaning benuqson o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Uning markaziy asab tizimining zararlanishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, homilaning katarakta, glaukoma, karlik, yurak yetishmovchiligi va boshqa tug‘ma nuqsonlar bilan rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bugungi kunda kattalarda uchraydigan Alsgeymer (aqli zaiflik) kasalligiga bolalikda boshdan o‘tkazilgan qizilcha sabab, degan faraz mavjud Sitomegalovirus infeksiyasi (SMVI) Hozirgi vaqtda dunyoning barcha mamlakatlarida keng tarqalgandir. Ayniqsa, oxirgi o‘n yillikda sitomegalovirus qo‘zg‘atadigan kasalliklar ko‘p uchray boshladi. Zararlangan organizmdan virus peshob, so‘lak va ko‘z yoshi orqali ajraladi. Onadan bolaga virus so‘lak orqali ham yuqishi mumkin. Kattalar uchun ham, bolalar uchun ham kasallik manbai bemor yoki virus tashuvchi bo‘lishi mumkin. Mazkur infeksiyada homila rivojlanish bosqichining dastlabki davrida uning zararlanishi uchun katta xavf tug‘iladi. Ushbu virusni yuqtirgan bemorda o‘tkinchi sariqlik, jigar va taloqning kattalashishi kuzatiladi. 10-30 foiz holatda virus yuqtirgan bolalarda eshitish asab tolasining atrofiyasi va aqliy zaiflik kuzatiladi. Jinsiy yo‘l orqali kasallik ko‘p tarqaladi. Shuningdek, uning havo-tomchi yo‘li orqali yuqish xavfi ham ma’lum. Qon yoki qon mahsulotlarini quyish, to‘qima va a’zolarni ko‘chirib o‘tqazish ham bu dardning yuqishida asosiy omildir. Tug‘ma tarqalgan SMVI teri va shilliq qavatlarda turli toshmalar, ichki a’zolar va bosh miyaga qon quyilishi, kamqonlik, jigar, taloq va buyraklarda kasallik o‘choqlarining hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Shu bilan birga ko‘zning zararlanishi ham kuzatiladi. Kasallikka tashxis qo‘yish jarayoni ancha qiyin kechishi mumkin. Homilador ayollarda qayta homila tushishi hollari kuzatilganda va chaqaloq o‘lik tug‘ilganda organizmda virusning yashirin holatda mavjudligi haqida gumon qilish mumkin. Tashxis qo‘yish laboratoriya tekshiruvlari asosida amalga oshiriladi. Yuqorida keltirilgan jarayonlarning yig‘indisi jigar ichida rivojlanadigan xolestazga ham sabab bo‘lishi mumkin. Shuni ta’kidlash zarurki, surunkali kechadigan SMVli gepatitda o‘t suyuqligining dimlanishi (xolestaz) belgilari (sariqlik, qichishish) asosiy rol o‘ynaydi. Xastalikni davolashda hozircha virusga qarshi yuqori samarali dori yo‘q. Bugungi kunda unga qarshi istiqbolli kimyoviy dori vositalarni ishlab chiqarish va klinik sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ilmiy ishlar amalga oshirilmoqda. Gerpetik infeksiya Bu qator kasalliklar guruhini o‘z ichiga oladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra oddiy gerpes virusi qo‘zg‘atadigan kasallik virusli infeksiyalar sabab bo‘ladigan o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallaydi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi yoki uning antigenlari 80-90 foiz antitelolar esa deyarli 100 foiz katta yoshdagi kishilarda aniqlanadi. Ulardan 10-20 foizigina kasallikning klinik belgilari bilan kechadi. Hozirgi vaqtda fanda 90 ga yaqin gerpes viruslariga ta’rif berilgan: ulardan beshtasi odamdan ajratib olingan. Oddiy gerpes virusi 1 (HSV-1), oddiy gerpes virusi 2 (HSV-2), sitomegalovirus (CMV), suvchechak virusi / suvli temiratki virusi (VZV) va Epshteyn-Barr virusi (EBV)dir. Kasallikning yashirin davri 2 kundan 12 kungacha (ko‘pincha 4 kun) davom etadi. Gerpetik toshma odatda og‘iz bo‘shlig‘i atrofida, lablarda, burun qanotlarida uchraydi. Bemorlar zararlangan teri sohasining achishishi va terining qichishishidan shikoyat qiladi. Gerpes virusining herpes gladiatorum shakli terining katta sohasini zararlaydi. Toshma joyida qichishish, achishish va og‘riq paydo bo‘ladi. Keng tarqalgan toshmalar kuzatilganda tana haroratining ko‘tarilishi (38-39°S gacha) hamda holsizlik va mushaklarda og‘riq kuzatiladi. Toshmalar asosan yuz terisida, qo‘llarda va tanada uchraydi. Limfa tugunlari kattalashadi va ular paypaslaganda og‘riq seziladi. Genital (jinsiy a’zolar atrofidagi) gerpes homilador ayollar uchun katta xavf tug‘diradi. Ko‘zning gerpetik infeksiya ta’sirida zararlanishi ko‘pincha 20-40 yoshlardagi bemorlarda ko‘proq uchraydi. Bu holat insonning ko‘r bo‘lib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Gerpetik infeksiya AQSHda virusli ensefalitlarning eng ko‘p uchraydigan sabablaridan biridir (20 foiz ensefalitlarning sababi gerpetik infeksiyadir). Gerpetik infeksiyaning visseral (ichki a’zolarga tegishli) shakllari ko‘pincha o‘tkir pnevmoniya va gepatit ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga qizilo‘ngachning shilliq qavatlari zararlanadi. Gerpetik pnevmoniya (zotiljam) virusning traxeya va bronxlardan o‘pka to‘qimasiga tarqalishi tufayli vujudga keladi. Gerpetik gepatit immun tizimining faoliyati pasaygan kishilarda ko‘p uchraydi. Bunda tana harorati ko‘tariladi, teri va shilliq qavatlarda sariqlik paydo bo‘ladi. Tarqalgan gerpetik infeksiya teri va shilliq qavatlarning zararlanishi, gerpetik ensefalit yoki meningoensefalit, gepatit, ayrim hollarda esa pnevmoniya rivojlanishi bilan kechadi. Bugungi kunda gerpesga qarshi maxsus dorilar qo‘llanilmoqda. Boshqa infeksiyalar TORCH tushunchasiga kiradigan infeksiyalarga har xil kasalliklar kiradi. Ular asosan homilaga juda jiddiy zarar yetkazish xususiyatlarini e’tiborga olgan holda mazkur guruhga kiritilgan. Hozirgi paytda other tushunchasiga quyidagi infeksiyalar kiritilgan: xlamidioz, mikoplazmoz va boshqalar. Xlamidiozlar xlamidiy guruhiga mansub mikroblar qo‘zg‘atadigan yuqumli kasalliklardir. Inson uchun uch turdagi xlamidiylar xavfli hisoblanadi: Chlamydia trachomatis, Chlamydia pneumoniae va Chlamydia psittaci. Xlamidiozlar jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar, pnevmoniya, faringit va boshqa kasalliklar rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Xlamidiya traxomatis jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklardan biridir. Peshob yo‘llari a’zolarining xlamidiyali infeksiyalari urogenital xlamidioz deb nomlanadi. Erkaklarda Chlamydia trachomatis prostatit, uretrit, ayollarda esa kichik tos a’zolarining yallig‘lanish kasalliklarini chaqiradi. Bundan tashqari ikki jins vakillarida ham bu turdagi xlamidiyalar artritlar (bo‘g‘imlar yallig‘lanishi)ni keltirib chiqarishi mumkin. Mikoplazmoz – bu mikoplazmalar – bakteriyalar, zamburug‘lar yoki viruslar oralig‘ida joylashgan mikroblar qo‘zg‘atadigan o‘tkir yoki surunkali yuqumli kasallikdir. Inson organizmida 14 turdagi mikoplazmalar bo‘lishi mumkin. Jami uch turdagi – Mycoplasma hominis va Mycoplasma genitalium (jinsiy va peshob yo‘llari kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari) va mycoplasma pneumoniae – nafas yo‘llari infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilari inson organizmida kasallikni keltirib chiqarishi mumkin. Homiladorlarda uchraydigan mikoplazmoz – og‘ir kasallik bo‘lib, homilaning chala tushishi yoki homiladorlikning cho‘zilishi, hamda tug‘ruqdan keyin bachadon yallig‘lanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ta’kidlash joizki, TORCH guruhiga kiritilgan kasalliklarni erta aniqlash, davolash va profilaktika o‘tkazish – xastaliklarning turli asoratlarini oldini olishda samarali va muhim tadbirlardandir. Download 144.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling