Kuydirgi kasalligi butun dunyoda tarqalgan yuqumli kasallik boʻlib,asosan


Download 74.35 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.11.2023
Hajmi74.35 Kb.
#1751100
Bog'liq
kuydirgi



Kuydirgi 
Kuydirgi kasalligi butun dunyoda tarqalgan yuqumli kasallik boʻlib,asosan 
chorvachilik rivojlangan davlatlarda uchraydi. Yer yuzida tarqalishiga koʻra Janubiy va 
Markaziy Amerika,Afrika,Janubiy va Sharqiy Yevropa va Osiyo qit`alarida koʻproq 
uchrab turadi. 
Kuydirgi kasalligining qoʻzgʻatuvchisi Bacillus anthracis tayoqchasimon 
bakteriyalari hisoblanadi. Noqulay sharoitda spora hosil qiladi va shuning hisobiga 
tashqi muhit va dezinfeksiyalovchi moddalar ta`siriga anchagina chidamli,masalan 
spora toʻgʻridan toʻgʻri quyosh nurlari ta`sirida 20 kundan ortiq, suvda bir necha 
yil,tuproqda bir necha oʻnlab yillar(ayrim ma`lumotlarga koʻra 60-70 yildan 200 
yilgacha),qaynatilganda esa 60 daqiqagacha hayot faoliyatini saqlab turoladi. 
Kasallik odamlarda ham hayvonlarda ham uchraydi. Koʻpincha uy 
hayvonlaridan mayda va yirik shoxli hayvonlarda,ot,eshak,tuya kabi hayvonlarda 
uchrab turadi. Asosan tuproq orqali kuydirgi qoʻzgʻatuvchisining sporasi bilan 
zararlangan oʻsimlik ildizini iste`mol qilish jarayonida hayvon organizmiga tushadi 
unda kasallik keltirib chiqaradi va hayvonning siydigi,najasi va soʻlagi orqali 
qoʻzgʻatuvchi tashqi muhitga ajralib turadi. Zararlangan hayvonning terisi,ichki 
organlari va suyaklari ham kasallik manbai boʻlib hisoblanadi. Kasallik asosan 
veterinariya xodimlarining ruxsatisiz qishloq xо‘jalik va uy hayvonlarini sо‘yish, 
gо‘shtini nimtalash va odamlarga tarqatib yuborish, iste’mol qilish natijasida kelib 
chiqadi. Kasallangan hayvonni soʻyish,goʻshtini maydalash va shu kabi holatlarda 
insonlar bu kasallikni oʻziga yuqtirib oladilar. Bundan tashqari kasallik nafas yoʻllari 
orqali,transmissiv va alimentar(zararlangan oziq – ovqat mahsulotlari orqali) ham 
yuqishi aniqlangan. 
Kuydirgining teri shaklida: batsillalar kirgan joyda 2-3 kundan sо‘ng 
qichiydigan qizg‘ish dog‘ bо‘lib, u tezda qizil tusli pufakcha(papula)ga aylanadi, 
pufakcha loyqa, qonsimon suyuqlik bilan tо‘ladi va pustulaga aylanadi. Uning qattiq 
qichishi tufayli bemor uni kо‘pincha yorib tashlaydi. Natijada u kо‘mir rangini 
eslatuvchi 
qo‘ng‘ir - qora rangli qobiq bilan о‘ralgan infiltratga aylanadi. Uning atrofida 
ikkilamchi pustulalar paydo bо‘ladi. Yara shishadi, yara markazida og‘riq bо‘lmaydi. 
Bu davrda limfa bezining kattalashishi ham namoyon bо‘ladi. Kasallikning boshlanish 
davrida bosh og‘rig‘i, butun tananing zirqirashi, nafas olishining tezlashishi
kasallikning 2-3- kunlari esa tana haroratining 39-40 darajaga kо‘tarilishi va zaharlanish 
belgilarining kuchayishi kuzatiladi. Boshning og‘rishi kuchayadi, bemor holsizlanadi, 
qon bosimi pasayadi. Jigar va buyrak kattalashadi. 
Kuydirgi teri shaklining eng xavfliligi uning sepsis shakliga, ya’ni 
batsillalarning qonga о‘tib ketishidir. Unda bemorning ahvoli og‘irlashadi. Bemor 
yо‘talganda qon aralash balg‘am ajratadi, qon aralash qusadi, ichi ketadi, najasida qon 
paydo bо‘ladi. 


О‘pka va ichak shakllari: Kasallikning о‘pka shakli juda og‘ir о‘tadi va о‘lim 
bilan tugaydi. 
Kasallik tez boshlanadi, bemorda shamollash belgilari, kо‘krak qismida 
о‘tkir og‘riq paydo bо‘ladi, nafas olishi qiyinlashadi, qon bosimi pasayadi. Yurak urishi 
tezlashadi, balg‘amda qon paydo bо‘ladi. Xastalik 2-3 kun davom etishi mumkin. 
Kuydirgining ichak shakli umumiy zaharlanish, tana haroratining kо‘tarilishi, 
qorinda о‘tkir og‘riq paydo bо‘lishi, kо‘ngil aynishi, qon aralash qusish va ich ketishi 
bilan xarakterlanadi. Bemorning ahvoli tezda og‘irlashadi va kasallik о‘lim bilan 
tugaydi. Kasallikning faqat teri shaklida tibbiy muolajalar yordam berishi mumkin. 
Kuydirgining oldini olish SEO va JSQ va Veterinariya xizmati xodimlarining 
majumaviy tadbirlarini o'z ichiga oladi, aholi o‘rtasida sanitariya-ma`rifiy ishlarni keng 
olib borish,texnika xavfsizlik qoidalari bo'yicha ko‘rsatmalar berib borish va 
hayvonlarni veterinariya nazoratini to‘g‘ri tashkil etish, hayvonlarni emlash, go‘sht va 
boshqa chorvachilik mahsulotlarini chiqarish va sotishda veterinariya nazorati o'tkazish 
lozim.

Download 74.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling