1- dars. Mavzu: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari Darsning texnologik xaritasi


Download 1.92 Mb.
bet1/6
Sana05.08.2020
Hajmi1.92 Mb.
#125513
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-sinf


Sana :_______________

Sinf :_______________


1- dars. Mavzu: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari
Darsning texnologik xaritasi

Mavzu

Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari

Maqsad


va

vazifalar



Darsning maqsadi: o'quvchilarning kompyuter imkoniyatlari to’g’risidagi bilim va ko’nikmalarini shakllantirish va masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari haqida ma’lumot berish.

Darsning ta'limiy vazifasi: o'quvchilarga Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari haqida bilim va ko'nikma berish.

Darsning tarbiyaviy vazifasi: o'quvchilarni Vatanimiz mustaqilligini himoya qilish hamda o'z vaqtlarini imkon darajasida belgilab olingan jadval asosida tartiblashga yo'naltirish.

Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o'quv chilarning berilgan topshiriqlarni kompyuterdan foydalangan holda hal etish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish

O'quv

jarayonining mazmuni



O’quvchilarda Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari haqida ko’nikmalarin va formulalar bilan ishlash usullarini shakllantirish;

O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: Aralash.

Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlar- da ishlash

Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.

Usui: Tayyor prezentatsiya va slayd material- lari asosida.

Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.

Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.

Kutiladigan natijalar

O'quvchilarning kompyuter imkoniyatlari to'g'risidagi bilim va ko'nikmalari rivojlanadi. Yangi bilim va ko'nikmaga ega bo'ladi. Pas- kalning o'tish va tarmoqlanish operatorlaridan foydalanish ko'nikmasiga ega bo'ladi

Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)

O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosida key- ingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va re- jalashtiradi



Darsning borishi va vaqt taqsimoti





Dars bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

8-sinfda o'tilganlarni takrorlash

7 daqiqa

3

Yangi mavzu ustida ishlash

14 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

13 daqiqa

5

Uyga vazifa

3 daqiqa


Tashkiliy qism. Salomlashish, o’quvchilarni darsga jalb qilish, sinf xonasining tozaligi, davomatni aniqlash. O’quvchilarni dunyo bo’ylab informatika fani yangiliklaridan boxabar qilish.

O`qituvchi: O’zbekistonda prizedent qachon saylangan?

O’quvchi: 1991 - yil 29 - dekabr Mustaqil O`zbekistonning birinchi Prizedenti etib I. A. Karimov saylandi.

O’qituvchi: Shu yil O`zbekiston mustaqilligining nicha yilligi nishonlandi?

O`quvchi: O`zbekiston mustaqilligining 22 yilligi nishonlandi

Aziz o`quvchilar 1 – sentabir kunu Mustaqilligimizning 22 yilligi katta tan’tana bilan ko’tarinki ruhda nishonlandi. Shu 22 yil ichida ulkan yutuqlarga erishildi. Siyosiy jihatdan O’zbekiston Respublikasi jahonda teng huquqli mustaqil davlat sifatida yuz ko’rsatdi. Xalqaro maydonda munosib o’rinni egalladi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillika erishgandan so’ng o’z erki, o’z ovozi, o’ziga xos mavqiyega ega bo’ldi. Bayrog’i, gerbi, madhiyasi, konstitutsiyasi, milliy valyutasi, davlat tizimi, milliy chegara va milliy armiyasi mustahkam asosga ega.

O’tgan 22yil O’zbekiston tarixida misli ko’rilmagan yangilanishlar va o’zgarishlar davri bo’ldi . Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida erishayotgan ulkan natijalar Prizdentimiz Islom Karimov rahbarligida tanlangan mustaqil taraqqiyot yo’lining to’g’ri ekanligidan dalolat bermoqda

Hech ikkilanmay aytish mumkinki ,dunyodagi birorta davlat ertangi kun egalari bo’lgan yosh avlodning ma’naviy va jismoniy kamolati uchun qayg’urish ularning zamon talablariga mos bilim olishi, kasb – hunar tanlashi ,qobiliyati va iqtidorini erkin namoyon etishi va yanada rivojlantirishi uchun zarur shart- saroitlarini yaratishda O’zbekistonga tenglasha olmaydi . Bu haqiqatni bugungi kunda jahon hamjamiyati ham e’tirof etmoqda , O’zbekiston tajribasini o’rganishga bo’lgan qiziqish ortmoqda .

Ezgu va oliyjanob maqsadlarimizga mutlaqo yod bo’lgan g’oyalar qarashlar, sun’iy “qadriyat” va “an’ana” larni turli yo’llar bilan joriy etishga urinishlar ma’naviy tahdid elementlariga qat’iyan qarshi turmog’imiz lozim .

Katta qiyinchiliklar bilan qo’lga kiritilgan mustaqilligimizning asrashimiz loyim.



O’qituvchi: Mustaqillik haqida sher bilasizmi

O’quvchi: Buyuk vatan javhasida,

Barcha bo’lsin fidoiy.

Istiqlolni asrang ,do’stlar,

Bu –fidolik demakdir .

Mustaqillik eng ulug’u,

Eng aziz baxt biz uchun,.

Sha’n-shavkati bo’lsin baland ,

Bu –abadlik demakdir.


O`qituvchi: Mustaqillik –bu nimadir ?

O`quvchi : Mustaqillik bu huriyat,

Bu –ozodlik demakdir.



O`qituvchi: Mustaqillik bu nimadir ?

O`quvchi : Bu elu yurt osoyishi ,

Bu obodlik demakdir



Yangi mavzu bayoni:

Reja

Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari

Masala natijasi tahlili

Kalkulyatorda hisob-kitobda xatoliklar


Inson amaliy ish jarayonida juda ko'p masalalarni hal etishiga to'g'ri keladi. Masalalarning ba'zilari oson, ba'zilari murakkab hisob- kitob bilan bog'liq bo'ladi. Ba'zi masalalarni hal etishda biror amallar guruhi esa minglab marta bajarilishiga to'g'ri kelishi mumkin. Shuning uchun beminnat va о'tа tez ishlaydigan yordamchimiz bo'lgan kompyuter bu ishimizda yordam bera oladimi, agar yordam bera olsa, u holda masalalarni kompyuterda hal etish qanday tashkil etiladi degan savol tabiiydir.

Masala yechishning turli usullari mavjud bo’lib, ulardan biri masala shartiga mos tenglama tuzish usulidir. Bu usul matematika kursidan ma’lum. Unda masala shartiga ko’ra tenglama tuziladi va uning turiga qarab ma’lum bir usul tanlanadi hamda yechiladi.




Masala. Alisher kitobning tort sahifasi va yana to’rtta satrini o’qidi. Kitob sahifasida qancha satr bolsa, har bir satrda shunchadan belgi mavjud. Agar
Alisher o’qigan axborot 6560 bayt bo’lsa kitobning bir sahifasida nechta satir borligini aniqlang.

Masalaning shartlari:

Alisher kitobning 4 sahifasi va 4 satrni o’qigan.

Alisher o’qigan axborot 6560 bayt.

Sahifadagi satrlar soni satrlardagi belgilar soniga teng


Masalaning maqsadi:
Kitob sahifasida nechta satr borligini aniqlang.

Masala shartlariga mos tenglama tuzish:

Masalada topish talab etilgan satrlar soni “x” bilan belgilanadi. U holda harbir satirda “x” tadan belgi bo’ladi. Demak, kitobning bitta sahifasida x2 ta belgi bor. Masala shartlariga ko’ra, Alisher 4x2 + 4x ta belgi o’qigan. Masala shartlariga asosan bu belgilarning soni 6560 baytga teng

4x2 + 4x = 6560.

Tenglamani x2 + x -1640 = 0 korinishdagi kvadrat tenglamaga keltiriladi ya’ni masalaning shartiga mos tenglama hosil bo’ladi.



Tenglamani yechish ketma-ketligi:

Ma’lum bo’lgan kvadrat tenglama yechish usulidan foydalaniladi:

diskrminant hisoblanadi: D = 12- 4·1·(-1640) = 6561 = 812

x1= (-1-81) : 2·1= - 41 x2 = (-1+81) : 2·1= 40

Natijaning tahlili: Tenglamaning ikki yechimi bor ekan. Lekin kitob sahifalar soni manfiy bo’la olmaydi, ya’ni tenglamaning yuqoridagi masalani qanoatlantiradigan ildizi x = 40 ekan.

Demak, kitob sahifasida 40 ta satr bor.

Masalalarni kompyuter yordamida hal etish mumkin va u quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi.

Birinchi bosqich: Masalaning qo’yilishi

Masalaga mos boshlang’ich kattaliklar va natijaviy kattaliklar aniqlanadi


Ikkinchi bosqich: Masalaning modelini tuzish

Masala ko’rilayotgan sohaning ilmiy yutuqlaridan kelib chiqib, formulalar orqali ifodalanadi



Uchinchi bosqich:Algoritm tuzish
Masalaning modelidan foydalanib, hal etishnng korsatmalar ketma –ketligi tuziladi.

To’rtinchi bosqich: Dastur tuzish

Algoritimdagiko’rsatmalar ketma-ketligi kompyuter bajara oladigantilga o’tkaziladi



Beshinchi bosqich: Dasturni EHMga kiritish va ishlatish

Tuzilgan dasturni kompyutr xotirasiga kiritiladi va ishlatiladi.



Oltinchi bosqich: Natija olish va uni tahlil etish

Dastur natijasi tahlil etiladi, xatoliklar tahrir qilinadi.



Yangi mavzuni mustahkamlash:

Masala. Turg’un suvdagi tezligi 15 km/soat bolgan qayiqning daryo oqimi bo’ylab 2 soatdagi bosib o’tgan masofasi oqimga qarshi 3 soatda bosib o’tgan masofasiga teng bo’lsa, daryo oqimining tezligini toping.


Uyga vazifa: Mavzuni o’rganib kelish.Mustaqilik doir rasmlar ishlash.

Sana :_____________

Sinf :______________
2-dars Mavzu: Model va uning turlari
Darsning texnologik xaritasi


Mavzu

Model va uning turlari

Maqsad


va

vazifalar



Darsning maqsadi: o'quvchilarning kompyuter imkoniyatlari to’g’risidagi bilim va ko’nikmalarini shakllantirish va Model va uning turlari haqida ma’lumot berish.

Darsning ta'limiy vazifasi: o'quvchilarga Model va uning turlari haqida bilim va ko'nikma berish.

Darsning tarbiyaviy vazifasi: o'quvchilarni Vatanimiz mustaqilligini himoya qilish hamda o'z vaqtlarini imkon darajasida belgilab olingan jadval asosida tartiblashga yo'naltirish.

Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o'quv chilarning berilgan topshiriqlarni kompyuterdan foydalangan holda hal etish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish

O'quv

jarayonining mazmuni



Obyekt tushunchasi, obyektning tavsifi va tavsif qiymati. Model va uning turlari: Matematik model;fizik model va biologic modellar. Matematik modellashtirish jarayoni. O’quvchilarda masalaning mohiyatiga qarab model tanlash..

O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: Aralash.

Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlar- da ishlash

Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.

Usui: Tayyor prezentatsiya va slayd material- lari asosida.

Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.

Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.

Kutiladigan natijalar

O'quvchilarning Obyekt tushunchasi, obyektning tavsifi va tavsif qiymati. Model va uning turlari: Matematik model;fizik model va biologic modellar. Matematik modellashtirish jarayoni. O’quvchilarda masalaning mohiyatiga qarab model tanlash. ko'nikmalariga ega bo'ladi

Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)

O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosida key- ingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va re- jalashtiradi



Darsning borishi va vaqt taqsimoti





Dars bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O'tilganlarni takrorlash

7 daqiqa

3

Yangi mavzu ustida ishlash

14 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

13 daqiqa

5

Uyga vazifa

3 daqiqa


O’tilgan mavzuni takrorlash:
1.Kompyuterda masala yechish bosqichlari nechta?

2.Nima uchun olingan natija tahlil etiladi?

3.Kalkulyatorda hisob-kitob ishlari bajarilganda qanday xatoliklar yuzaga keladi?

4.23 + 46-3—24:3 arifmetik ifodani hisoblash uchun amallarning bajarish ketma-ketligini aniqlang.



Yangi mavzu bayoni
Bizni qiziqtirayotgan va o'rganilayotgan narsa yoki jarayon obyekt deb ataladi. Masalan, quyosh sistemasidagi sayyoralar, sport koptoklari, maktabingizdagi kompyuterlar obyektlarga misol bo'ladi. Bir turdagi o'rganilayotgan obyektlar o'zining xususiyatlari — tavsifiga ega bo'ladi. Har bir alohida olingan obyekt esa boshqasidan shu tavsifga mos tavsif qiymati bilan farqlanadi. Masalan, o'rganilayotgan kompyuterlar nomli obyektlarning tavsifi: ishlab chiqargan firma nomi, asosiy plata markasi (motherboard), protsessor nomi, protsessor tezligi (CPU), vinchester sig'imi, tezkor xotira (RAM) sig'imi, videoxotira sig'imi bo'lsa, aniq kompyuterning tavsif qiymati: ishlab chiqargan firma nomi FUJITSU SIEMENS, asosiy plata markasi D1170, protsessor nomi Pentium IV, protsessor tezligi 3,06 Ggers, vinchester sig'imi 160 Gbayt, tezkor xotira sig'imi 1 Gbayt, videoxotira sig'imi 512 Mbayt.

Agar o'rganilayotgan obyektlar sayyoralar bo'lsa:




Sayyoralar tavsifi

shakli

og'irligi

radiusi

aylanish tezligi

Yer uchun tavsif qiymat

sharsimon

5976-1021 kg

6378 km

30 km/sek

Ko'p hollarda ma'lum bir sohaga oid izlanishlar olib borilayotganda haqiqiy obyekt emas, balki uning qandaydir ma'nodagi nusxasi o'rganiladi. Bunga, bir tomondan, ma'lum bir sabablarga ko'ra (chaq- moqning turg'un emasligi, quyoshning uzoqligi, obyekt bilan ishlash katta mablag' talab etishi yoki inson hayotiga havf solishi va hokazo) haqiqiy obyektni to'g'ridan-to'g'ri o'rganishning iloji bo'lmasa, ikkin- chi tomondan izlanishlar uchun obyektning qandaydir ma'nodagi nusxasini o'rganishning o'zi ham yetarli bo'ladi. Albatta, bu hollarda obyektning nusxasi izlanish olib borilayotgan sohaning talablariga to'liq javob berishi kerak bo'ladi.


Model — haqiqiy obyektning izlanish olib borilayotgan sohaning ma'lum talablariga javob beradigan nusxasidir.
Model so'zi (lotincha modulus — o'lchov, me'yor) sizga samolyot- sozlik, mashinasozlik yoki kemasozlik to'garaklari orqali tanishdir. Hayotda obyektlarning modeUariga juda ko'p misollar keltirish mumkin. Masalan, yerning modellari bo'lib globus yoki xarita; samolyotning modeli bo'lib kichiklashtirilgan nusxasi, avtomashinaning modeli bo'lib siz bilgan o'yinchoqlar; chaqmoqning modeli bo'lib yuqori kuchlanishli elektr manbaidagi qisqa tutashuv yoki payvandlash elektrodining yonishi; insonning modeli bo'lib uning hujayrasi yoki qo'g'irchoq yoki fotosurati; inson miyasining hisoblashga oid modeli bo'lib kalkulyator yoki kompyuter xizmat qiladi.
Haqiqiy obyekt va uning modeli o'tkazilayotgan tajribalarda bir xil natija bersagina izlanish olib borilayotgan soha talablariga javob beradi. Masalan, samolyot va uning kichik nusxasi bo'lgan model bir xil aerodinamik qonunlarga bo'ysunadi. Model uchun topilgan natijalar haqiqiy samolyot uchun ham o'rinlidir. Loyihalashtirilgan haqiqiy samolyot qurilgach, uni laboratoriyadagi maxsus qurilmalar — samolyotga havo oqimini yuboruvchi stendlarda sinab ko'riladi. Bu holda laboratoriyadagi stendlar atmosferaning modeli bo'lib xizmat qiladi.
O'rganilayotgan obyekt tavsiflarining matematik munosabatlar, belgilar va bog'lanishlar orqali ifodasi matematik model deb ataladi.

O'rganilayotgan obyektning matematik munosabatlar va belgilar orqali ifodalanish jarayoni matematik modellashtirish deb ataladi.

Awalgi darsda ко'rib o'tilgan kitob sahifasidagi satrlar sonini topish masalasi kvadrat tenglama ko'rinishida ifodalandi. Demak, masalani kvadrat tenglama ko'rinishida ifodalash jarayoni matematik model­lashtirish, mos tenglama esa masalaning matematik modeli bo'lar ekan. Shuningdek, Arximed kuchi, Pifagor teoremasi va perimetr formulasi ham matematik model bo'ladi.

Matematik modellashtirish jarayoni qadimdan astronomiya, kimyo va fizika fanlarida qo'llanib kelingan. Misol sifatida Neptun say- yorasining kashf etilishini olish mumkin. 1846-yilda fransuz astronomi U.Leverye Uran sayyorasining g'ayritabiiy harakatlanishiga Quyosh sistemasining o'sha paytgacha noma'lum bo'lgan sayyorasi sababchi ekanligini matematik isbotlab bergan. Shu yili Leveryening ko'rsat- malariga asoslanib nemis astronomi Galley Neptun sayyorasini teleskop orqali kuzata olgan.



Abstrakt modellar o'z navbatida ikki guruhga bo'linadi: matematik va iqtisodiy matematik modellar.

Matematik modellar obyektning tuzilishi va o'zaro bog'lanish qonimiyatlarining matematik munosabatlar, formulalar va matematik- mantiqiy tavsifidan iborat. Bunday modellarga avvalgi darslarda misollar ko'rib o'tildi.

Iqtisodiy matematik modellar XVIII asrdan qo'llanila boshlandi. F. Kenening «Iqtisodiy jadvallar»ida birinchi marta butun ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonini shakUanishini ko'rsatib berishga harakat qilingan. Hozirgi kunda iqtisodiy modellar yordamida iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari tekshiriladi. Turli iqtisodiy ko'rsatkichlar, jumladan, milliy daromad, iste'mol, ish bilan bandlik, jamg'armalar, investitsiya ko'rsatkichlarining o'zgarishi va nisbatini tahlil qilish, uni oldindan aytib berish uchun murakkab iqtisodiy modellar qo'llaniladi. Mustaqil O'zbekistonning 5 tamoyil asosida bozor iqtisodiyotiga o'tish modeli ham iqtisodiy matematik modelning asosini tashkil etadi (bu tamoyiUarni yodga oling!).

Fizik modellarda obyektning tabiati va tuzilishi deyarli asl nusxasi kabi bo'ladi, lekin undan miqdor (o'lchami, tezligi va hokazo) jihatidan farq qiladi. Misol sifatida samolyot, kema, avtomobil, poyezd va boshqalarning modellarini olish mumkin.

Biologik model esa turli jonli obyektlar va ularning qismlariga (hujayra, organizm va hokazo) xos biologik tuzilish, funksiya va jarayonlarni modellashtirishda qo'llaniladi. Biologik model odam va hayvonlarda uchraydigan ma'lum bir holat yoki kasalliklarni laboratoriya hayvonlarida sinab ko'rish imkonini beradi. Masalan, zararli virusni halok etadigan dorini tekshirish uchun insonning o'zida emas, balki uning oz miqdordagi qonidan olib, shu qonida sinab ko'rilishi yetarli bo'ladi.
Mustahkamlash.

  1. Obyekt deb nimaga aytiladi?

  2. Obyektning tavsifi va tavsif qiymatiga misollar keltiring.

  3. Model deb nimaga aytiladi?

  4. Obyekt va unga mos modellarga misollar keltiring.

  5. Modellar necha turga bo`linadi?

Mashqlar. 1,2.
Uyga vazifa:

1.Darslikdagi 3-mashq.

2.Test tuzish (10 ta yoki undan ortiq)

3.Kimyo faniga mos masala qo’yish, object, tavsifi va tavsif qiymatlarini aniqlash.


Sana :___________

Sinf :____________

3-dars Mavzu: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari va modelning turlari mavzularini takrorlash


Darsning texnologik xaritasi


Mavzu

Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari va modelning turlari mavzularini takrorlash

Maqsad


va

vazifalar



Darsning maqsadi: O'quvchilarning masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari va modelning turlari mavzularini takrorlash bo`yicha olgan bilimlarini mustahkamlash

Darsning ta'limiy vazifasi: o'quvchilarga Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari va modelning turlari mavzularini takrorlash haqida bilim va ko'nikma berish.

Darsning tarbiyaviy vazifasi: o'quvchilarni o'z vaqtlarini imkon darajasida belgilab olingan jadval asosida sarf etishga yo'naltirish. O’z ajdodlari bilan faxrlanish tuyg’ularini shakllantirish.

Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o'quv- chilarning berilgan topshiriqlarni kompyuter- dan foydalangan holda hal etish haqidagi bilim va tasawurlarini kengaytirish

O'quv

jarayonining mazmuni



Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari va modelning turlari mavzularini takrorlash .Obyekt tushunchasi, obyektning tavsifi va tavsif qiymati. Model va uning turlari: Matematik model;fizik model va biologic modellar. Matematik modellashtirish jarayoni. O’quvchilarda masalaning mohiyatiga qarab model tanlash..

O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: Aralash.

Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlar- da ishlash

Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.

Usui: Tayyor prezentatsiya va slayd material- lari asosida.

Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.

Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.

Kutiladigan natijalar

O'quvchilarning kompyuter imkoniyatlari to'g'risidagi bilim va ko'nikmalari rivojlanadi. Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari va modelning turlari ko'nikmasiga ega bo'ladi

Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)

O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosida key- ingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va re- jalashtiradi


Darsning borishi va vaqt taqsimoti





Dars bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O'tilganlarni takrorlash

7 daqiqa

3

Masalalr yechish

14 daqiqa

4

Mustahkamlash

13 daqiqa

5

Uyga vazifa

3 daqiqa


O’tilgan mavzularni takrorlash:
1.Obyekt deb nimaga aytiladi?

2.Obyektning tavsifi va tavsif qiymati haqida misollar yordamida so'zlab bering.

3.Model deb nimaga aytiladi?

4.Obyekt va unga mos modellarga misollar keltiring.

5.Matematik model deb nimaga aytiladi? Matematik modellar qanday sohalarda qo'llaniladi?

6.Matematik modelning boshqa modellardan farqini tushuntiring.

7.Neptun sayyorasi qanday kashf etilgan?

8.Matematik modellarning kimyo va fizikada qo'llanilishiga misollar keltiring.

9.Modellar necha turga bo'linadi?

10.Qanday abstrakt modellar bor?

11.Iqtisodiy matematik modellar haqida so'zlab bering.

12.Qanday fizik modellarni bilasiz?


1.Quyidagi masalalar shartini tahlil qiling va bosqichlarga bo'lib, hal eting.

a) Katetlari a va b bo'lgan to'g'ri burchakli uchburchakning gipotenuzasini hisoblang.

a2 + b2=c2;

Birinchi a katet uzunligi kvadratga ko’tarilsin;

Ikkinchi b katet uzunligi kvadratga ko’rilsin;

Natijalar qo’shilsin va c ning kvadratiga tenglansin;

Chqiqqan natijadan ildiz chiqarilsin;
b) Katetlari a va b bo'lgan to'g'ri burchakli uchburchakning yuzini hisoblang.

S= a*b/2

d) Tomoni a bo'lgan teng tomonli uchburchakning balandligini toping.


a a h= b∙sinα


a

2.Quyidagi obyektlarning tavsifi va tavsif qiymatini yozing.


a) Obyekt: o'zingiz yashaydigan viloyat (shahar) kollejlari (yo'Uanma: nomi, qurilgan yili, yo'nalishlari, qabul qilinadigan o'quvchilar soni, ...).

b) Obyekt: Asaka avtomobil zavodi ishlab chiqaradigan avtomobillari (markasi, ishlab chiqarish boshlangan yili, soni, ranglari, ...).


3.Quyidagi masalalarga mos model tuzing va hal eting.

a) Bankka yiliga A foizli daromad olish uchun qo'yilgan В so'm pulning M yildan keyingi holatini ifodalovchi model tuzing


b) Samolyot orasidagi masofa 2100 km bo'lgan A shahardan В sha- hargacha 3 soat, orasidagi masofa 4800 km bo'lgan В shahardan M shahargacha 6 soat uchdi. Samolyot qanday o'rtacha tezlikda uchgan? (yo'Uanma: o'rtacha tezlik=(l-yo'l + 2-yo'l)/(l-vaqt + 2-vaqt)).
Uyga vazifa:

1.Darslikdagi 3-mashq.

2.Test tuzish (10 ta yoki undan ortiq)

3.Adabiyot faniga mos masala qo’yish, objekt, tavsifi va tavsif qiymatlarini aniqlash.

Sana :____________

Sinf :______________


4-dars . Mavzu: Algoritm tushunchasi
Darsning texnologik xaritasi


Mavzu

Algoritm tushunchasi

Maqsad


va

vazifalar



Darsning maqsadi: O'quvchilarga algoritm, algoritm ijrochisi, ijrochining ko`rsatmalar sistemasi, algoritmga asoschi bo`lgan buyuk alloma haqida ma`lumot berish;.

Darsning ta'limiy vazifasi: o'quvchilarga masalalarni kompyuter yordamida hal etishdagi asosiy tushunchalardan biri bo`lgan algoritm, algoritm ijrochisi, ijrochining ko`rsatmalar sistemasi haqida bilim berish.

Darsning tarbiyaviy vazifasi: o'quvchilarni hayotdagi har qanday vaziyatlarda ham ma’lum bir tartib asosida, fikrlab ish yuritish hamda bilim olishda tartib intizomga rioya qilish va o’z ajdodlarga hurmat ruhida tarbiyalashaltirish.

Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o'quv chilarning berilgan topshiriqlarni kompyuterdan foydalangan holda hal etish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish, ularda fikrini aniq teran bayon qila olish ko’nikmalarini shakllantirish.

O'quv

jarayonining mazmuni



Algoritm tushunchasi. Algoritm tushunchasining kelib chiqish tarixi.Algoritm ijrochisi.Ijrochi.Ijrochining ko’rsatmalar sistemasi.

O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: Aralash.

Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash

Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.

Usui: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.

Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.

Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.

Kutiladigan natijalar

O'quvchilarning kompyuter imkoniyatlari to'g'risidagi bilim va ko'nikmalari rivojlanadi. Algoritm tushunchasi. Algoritm tushunchasining kelib chiqish tarixi.Algoritm ijrochisi.Ijrochi.Ijrochining ko’rsatmalar sistemasi ko'nikmasiga ega bo'ladi

Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)

O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi


Darsning borishi va vaqt taqsimoti





Dars bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O'tilganlarni takrorlash

7 daqiqa

3

Yangi mavzu ustida ishlash

14 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

13 daqiqa

5

Uyga vazifa

3 daqiqa


Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling