1-§. «Dunyoqarash» tushunchasi, uning mohiyati va tuzilishi Har bir kishining dunyoga nisbatan oâz qarashi, oâzi va oâzgalar, hayot va olam toâgârisidagi tasavvurlari, xulosalari boâladi
Download 30.24 Kb.
|
dunyo
1-§. «Dunyoqarash» tushunchasi, uning mohiyati va tuzilishi Har bir kishining dunyoga nisbatan oâz qarashi, oâzi va oâzgalar, hayot va olam toâgârisidagi tasavvurlari, xulosalari boâladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. Shu maânoda, dunyoqarash insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik toâgârisidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, oâzining undagi oârni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash â olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilish. Dunyoqarash â insonning olamni bir-butun yoki turli tuman holda koârishi, idrok etishi, tasavvur qilishi, tushunishi hamda unda oâz oârni va mavqeini, munosabatini belgilovchi qarashlar, baholar, tamoyillar majmuasidan iborat murakkab tizimdir. Demak, dunyoqarash insonning nafaqat dunyo va oâz-oâzini anglash haqidagi bilimlar yigâindisigina emas, balki dunyoni maâlum darajada tushunish bilan birga uni baholash usuli hamdir. «Dunyoqarash» ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida keng qamrovli tushuncha boâlib, oâzida turli xil elementlarni birlashtiradi. Bu oârinda «dunyoqarash»ni «ijtimoiy ong» tushunchasi bilan solishtirsa tinglovchilarga tushunarli boâladi, chunki ularning tuzilishida bir-biriga yaqinlik bor. Jumladan, dunyoqarash tarkibida ijtimoiy ongdagi singari darajalar, turlar va elementlar mavjuddir. Quyida qiladigan tahlillarimizda dunyoqarashning tuzilishi haqida tushuncha berishga harakat qilamiz. Dunyoqarash tarkibiga borliqning hissiy va aqliy inâikosi sifatida hosil boâlgan sezgi, idrok va tasavvurdan tortib, tafakkurda mantiqiy jihatdan nazariy asosda qayta ishlangan falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy, badiiy va ilmiy bilimlar, nuqtai nazarlar, ishonch va eâtiqodlar kiradi. Dunyoqarash tarkibida hissiyot va aql muhim oârin tutadi. hissiyot dunyoqarashning emotsional-ruhiy jihati boâlib, dunyoni tushunish esa, dunyoqarashning aqliy shaklidir. Hissiyot â quvonch, shodlik, zavqlanish, hayot va kasb-kordan mamnunlik yoki norozilik, hayratlanish, xavotirlanish, asabiylashish, yolgâizlik, zaiflik, ruhiy tushkunlik, gâam-gâussa, nadomat, oâz yaqinlari va vatani taqdirini oâylash kabi xilma-xil shakllarda namoyon boâladi. Ana shular barchasining uygâunligi dunyoni his etishga olib keladi. Dunyoni his qilish esa, uni aqliy tushunishga, muayyan dunyoqarashning shakllanishiga asos boâladi. Inson aqli unga xos hissiyot va tasavvurlar asosida ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi va takomillashtiradi. Har bir kishiga xos hissiyot va fikr, bilim va eâtiqod, intilish va kayfiyat, orzu-umid va qadriyatlar dunyoqarash tarkibida yaxlitlashadi va olamni bir butun holda aks ettiradi. Bir butun, yaxlit dunyoqarashning shakllanishi bolalikdan boshlanib, inson hayotining oxirigacha davom etadi. Bu holat individual dunyoqarashning asosiy tamoyillaridan birini ifodalaydi. Dunyoqarash tarkibiga, shu bilan birga, kundalik turmushdagi hayotiy-amaliy malaka va koânikmalar hamda muayyan maqsadga yoânaltirilgan, tartib va tizimga ega boâlgan ilmiy-nazariy bilimlar ham kiradi. Dunyoqarash kundalik va nazariy darajalariga egadir. Dunyoqarashning kundalik darajasi â bu kundalik hayotiy tajribalar asosida jamiyatda, odamlarda oddiy, oâz-oâzicha rivojlanuvchi (stixiyali) mohiyatga ega boâlgan qarashlar, tushunchalar, gâoyalar yigâindisidir. Bu â dunyoqarashning oâz-oâzicha rivojlanuvchi (stixiyali) shakli hisoblanadi. Uni koâpincha hayotiy falsafa, deb ham ataydilar. Hayotiy falsafaning doirasi juda keng boâlib, ongning sodda namoyon boâlish shakllarini ham, oqilona va sogâlom fikrlarni ham oâz ichiga oladi. Hayotiy falsafa yoki oddiy amaliy dunyoqarashning oâziga xos turini inson faoliyatining turli sohalaridagi bilim va tajribalar taâsirida shakllanayotgan qarashlar tashkil etadi. «Har kimning oâz falsafasi bor» deyilganida ana shu hol anglashiladi. Demak, dunyoqarash oâzining kundalik ommaviy shakllarida chuqur va yetarli darajada asoslanmagan stixiyali xarakterga ega. Shuning uchun ham koâp hollarda kundalik tafakkur muhim masalalarni toâgâri tushuntirish va baholashga ojizlik qiladi. Buning uchun olamni ilmiy tahlil qilish va bilish zarur. Bu oârinda dunyoqarashning yuqori darajasi boâlmish nazariy dunyoqarash tahlilimiz obyektiga aylanadi. Nazariy dunyoqarash â bu dunyoqarashning insoniyat tajribasida erishilgan bilimlarning muayyan tartibiylik va tizimiylik asosida shakllangan yuqori darajasidir. Demak, dunyoqarash kundalik va nazariy darajalaridan iborat boâlar ekan. Dunyoqarash tarkibining keyingi tahlilida, uning individual va ijtimoiy deb ataluvchi turlariga murojaat qilamiz. Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli individual dunyoqarash deyiladi. Guruh, partiya, millat yoki butun jamiyatga xos dunyoqarashlar majmuasi esa, ijtimoiy dunyoqarash deb yuritiladi. Ijtimoiy dunyoqarash individual dunyoqarashlar yigâindisidan dunyoga keladi, deyish mumkin. Bunda ijtimoiy dunyoqarashning umumiy va xususiy shakllarini hisobga olish lozim. Shuningdek, dunyoqarash oâz tarkibiga bilimlar, baholar, qarashlar, tamoyillar, eâtiqod, ishonch va qadriyatlar singari bir qator elementlarni ham qamrab oladi. Dunyoqarash, mohiyat-mazmuniga koâra, maânaviy faoliyat boâlgani bois, u borliqqa boâlgan ongli, insoniy munosabatning muayyan yoânalishlarini vujudga keltirgan. Masalan, kishilarning jamiyatdagi axloqiy munosabatlari â axloqiy dunyoqarashlarida, huquqiy munosabatlari â huquqiy, siyosiy munosabatlari â siyosiy, diniy munosabatlari â diniy, ekologik munosabatlari â ekologik dunyoqarash shakllarida oâz ifodasini topgan. Buni tizim tarzida izohlaydigan boâlsak, quyidagicha koârinish kasb etadi. Axloqiy, diniy, huquqiy, siyosiy, ekologik va estetik. Bu tizimni tashkil qilgan nisbatan mustaqil dunyoqarash shakllari oâzaro bogâliqlikda, aloqadorlikda harakat qiladi. Dunyoqarash tizimining rivojlanish darajasi jamiyat taraqqiyotiga mos keladi va uni ifodalab turadi. Bundan tashqari, har bir tarixiy davrda millatning rivojlanishi, uning mentaliteti va dunyoqarashida namoyon boâladi. Boshqacha qilib aytganda, dunyoqarash tizimi va ularning xususiyatlari muayyan inson, ijtimoiy guruh, tabaqa va butun millatning maânaviy qiyofasini belgilab beradi. «Dunyoqarash» tushunchasi oâzlikni anglash, vatanparvarlik, milliy gâurur, tarixiy xotira, maânaviy barkamollik kabi tuygâu va tushunchalar bilan uzviy bogâliq holda shakllanadi. Chunki, dunyoqarash aynan ana shu ruhiy-ijtimoiy hodisalar orqali oydinlashadi, umuminsoniy qadriyatlarning tarixiy bir boâlagiga aylanadi. Inson ongli ijtimoiy mavjudot boâlgani bois, uning dunyoqarashi muayyan ehtiyoj va manfaatlarga asoslanadi. Demak, har qanday dunyoqarash muayyan inson, ijtimoiy guruh yoki tabaqaning oâz ehtiyoj, manfaatlaridan kelib chiqqan holda borliqqa munosabatini ifodalovchi gâoyalar, nazariyalar, bilimlar majmuasi, ruhiy holat va eâtiqod mujassami hamda ularning namoyon boâlishidir. Dunyoqarash muayyan davrda shakllanadi. Shu maânoda, har qanday dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy mohiyatga ega boâlib, kishilarning umri, amaliy faoliyati, hayoti, tabiatga taâsiri va mehnati jarayonida vujudga keladi. Har bir davrda ijtimoiy guruh, jamiyat va avlodning oâz dunyoqarashi mavjudligi ham bu tushunchaning tarixiy mohiyatga ega ekanini koârsatadi. Dunyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u maâlum dialektik jarayonda takomillashib boradi. Uning shakllari oâzgaradi, tarixiy koârinishlari muttasil yangilanib turadi. Dunyoqarash jamiyat rivojiga mos ravishda asta-sekin takomillashib borgan. Taraqqiyotning har bir yangi bosqichida oldingi davrlarga nisbatan fan, madaniyat, ishlab chiqarish sohalarida qilingan yangi-yangi kashfiyotlar inson dunyoqarashi naqadar chuqurlashib, uning bilimlar doirasi borgan sari kengayib borishidan dalolat beradi. Bunda vorislik anâanasi yaqqol koâzga tashlanadi: har bir davrning dunyoqarashi, gâoyasi oâtmishda yaratilgan maânaviy qadriyatlarning eng yaxshilarini, ilgâor va ijobiylarini oâzida saqlab qoladi. Shu asosda yangi tamoyillarga ega boâlgan dunyoqarash ham takomillashib boradi. Oddiy bugâ mashinasidan kosmik raketalargacha boâlgan fan-texnika taraqqiyoti bunga yaqqol misol boâla oladi. Jamiyatning rivojlanib borishi bilan insonning amaliy bilish faoliyati ham rivojlanib boradi. Bu oâz navbatida dunyoqarashning ham rivojlanib borishini taqozo qiladi. Insonning dunyoni amaliy oâzlashtirishining oâzgarib borishi bilan uning ongidagi inâikos boâlgan dunyoqarash ham oâzgarib borishi bilan uning ongidagi inâikos boâlgan dunyoqarash ham oâzgarib, rivojlanib, yangi-yangi tarixiy shakllari paydo boâlib boradi. Tarixiy jihatdan dunyoqarash oddiy kundalik ong â dunyoni yuzaki, cheklangan tushunishdan boshlab mifologiya, diniy va falsafiy dunyoqarashlar tomon rivojlanib boradi. Mifologiya, diniy va falsafiy dunyoqarashlar dunyoqarashning tarixiy shakllarini tashkil qiladi. Keyingi savolda dunyoqarashning aynan shunday tarixiy shakllari va ularning oâziga xos xususiyatlari bilan tanishib chiqamiz. Dunyoqarashning tarixiy shakllari insoniyat taraqqiyotining qonuniy natijasi boâlib, jamiyat rivojlanishining maânaviy mezoni sifatida namoyon boâlgan. Taraqqiyotning dastlabki bosqichlarida kishilarning tabiatga, oâzlarining ijtimoiy hayotiga boâlgan munosabati turli rivoyat va afsonalarda oâz ifodasini topgan. Ular shu tariqa mifologik dunyoqarashni shakllantirgan. Mifologik (yunon. miphos â doston, qissa, afsona va logos â taâlimot) dunyoqarash odatda oâz ifodasini oâsha qadimgi davr kishilari tomonidan yaratilgan, toâqilgan naqllarda, rivoyat va afsonalarda topgandir. Bu rivoyat va afsonalar ijtimoiy taraqqiyotning dastlabki davrning turli bosqichlarida paydo boâlib, ularda tasvirlangan obrazlar, asosan xudolar va afsonaviy qahramonlar boâlishgan. Qadimgi kishilar bu rivoyat va afsonalarda tabiat va jamiyatning turli hodisa va voqealarini umumlashtirib, xayoliy shakllarda tasvirlaganlar. Ular bu orqali afsonaviy qahramonlarning yovuz kuchlar bilan qarshi kurashlari va ularning bu kuchlar ustidan gâalabalarini aks ettirganlar. Mifologik dunyoqarash â ijtimoiy taraqqiyotning boshlangâich bosqichiga xos boâlgan insonning olam haqidagi tasavvurlarini obrazlarda, naql, rivoyat va afsonalar orqali ifodalanishidir. Har bir xalqda oâzining uzoq tarixiy oâtmishiga xos rivoyatlar va afsonalar mavjud. Ularda bu xalqlarning ijtimoiy hayoti, turmush va fikr tarzlari, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy munosabatlari xayoliy tarzda xudolar, ilohiy kuchlar va afsonaviy qahramonlar obrazlarida gâayritabiiy, yovuz kuchlarga qarshi kurash olib boradilar. Oqibatda, bu kurashlarda doimo adolat va haqiqat tantana qiladi. Bunday rivoyat va afsonalar dastlabki paytlarda xalq ogâzaki ijodi namunalarida, keyinchalik yozuvning paydo boâlishi bilan taraqqiy topgan xalqlarda oâziga xos adabiy asarlarda oâz ifodasini topadi. Bunga misol sifatida biz qadimgi yunon eposlari â «Iliada» va «Odisseya»ni, hind eposi «Ramayana»ni, karelo-fin eposi «Kalevla»ni, qirgâiz xalqi eposi «Manas»ni, oâzbek xalq eposi «Alpomish» va shu kabilarni keltirishimiz mumkin. Bu eposlarda oâsha xalqlarning oâtmishdagi ijtimoiy-iqtisodiy va maânaviy hayoti, ularning madaniyati, urf-odatlari, anâanalari, axloqiy, diniy, estetik, axloqiy, huquqiy, siyosiy qarashlari va tasavvurlari oâz ifodasini topgandir. Yovuzlik va ezgulik oârtasidagi kurashda yaxshilikning mudom tantana qilishi mifologik dunyoqarashning gumanistik mazmunidan dalolat beradi. Xususan, oâzbek xalqi sivilizatsiyasi jarayonida yaratilgan rivoyat, afsona va bosh.a janrlardagi ogâzaki ijod namunalari millatimiz tarixda qanday maânaviy qiyofaga ega boâlganini hanuz koârsatib turadi. Ular bugungi kunda jahon ahlini hayratga solmoqda. Masalan, qadimiy merosimiz namunasi â «Avesto»da yaxshilik ramzi â Axuramazda va yomonlik timsoli â Axriman oârtasidagi kurash tarixi misolida oxir- oqibatda ezgulik baribir gâalaba qozonadi, yaâni yorugâlik zulmat ustidan gâalaba qiladi, degan gâoya asosiy oârinni egallaydi va hayotbaxsh gâoyalar ilgari suriladi. Mifologik dunyoqarash qadimgi zamon kishilarining oâzlariga munosib hayot sharoitlarini yaratish ehtiyojlaridan kelib chiqqan. Ezgulik va haqiqat uchun kurash gâoyalarining ifodasi boâlgan afsona va rivoyatlarda millatning muayyan ruhiy holati, kelajakka ishonchi, vatanga muhabbati, insoniy kamolotga intilishi badiiy vositalar, afsonaviy qahramonlar timsolida ifoda etilgan. Mifologik dunyoqarash qadimgi dunyo kishilarining oâzlaricha oâsha davrga xos dunyoni tushunish, idrok qilish va uni izohlashi sifatida turli vazifalarni bajargan. Birinchidan, bu dunyoqarash maâlum xalqning, maâlum ijtimoiy jamoa umumiy qarashlarining shakllanishi boâlgan boâlsa, ikkinchidan, bu dunyoqarash oâzida jamiyatning maâlum maânaviy, madaniy qadriyatlarini (axloqiy, estetik, diniy, badiiy, ilmiy, falsafiy va boshqalar) mujassamlashtirgan edi. Uchinchidan, bu dunyoqarashda tabiat va jamiyatning, olam va odamning, bir butun borliqning umumiy birligi, ichki va tashqi aloqadorligi, inson ichki maânaviy dunyosining manzarasi, garchi hali chuqur boâlmasa ham, oâzining dastlabki ifodasini topadi. Toârtinchidan, bu dunyoqarashda oâtmish bilan hozirning hamda kelajakning bogâlanishi, ular oârtasidagi uzviy aloqa qayd qilingan boâladi. Mifologik dunyoqarashning yana bir jihati shundaki, unda intellektual moment konkret emotsional, poetik, holatlari ifodalanishi tufayli insonni qurshab turgan dunyodagi narsa va hodisalar insoniy sifatlar, insoniy xususiyatlar jihatdan baholanadi va tushuniladi. Dunyoqarashning mifologik mohiyati bugungi fan-texnika taraq- qiyoti, insonning aqliy salohiyati bagâoyat yuksalib ketgan davrda juda joân va ibtidoiy boâlib koârinadi. Ammo afsona va rivoyatlar oâzining kuchli jozibasi, insonparvarlik gâoyalari bilan hozirgi kunda ham kishilarni ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalashning taâsirchan va samarali omili boâlib qolmoqda.Muayyan dunyoqarash tarkibida diniy-ilohiy qarashlar oâziga xos ahamiyat kasb etadi. Ular insonning ilohga boâlgan eâtiqodi bilan bogâliq boâlib, vujudga kelishiga koâra, boshqa dunyoqarash shakllari kabi, muayyan asoslarga ega. Mifologik dunyoqarash afsonaviy kuchlarni eâtirof etish bilan bogâliq boâlsa, diniy dunyoqarash ilohiy qudratlarga eâtiqod qoâyish bilan bogâliq. Shuning uchun ham bu dunyoqarash shaklini inson qalbidagi quyidagi holatlar belgilaydi: â emotsional-ruhiy. odatlar; â iymon-eâtiqod; â iymon-eâtiqodning xatti-harakatlarda ifoda etilishi. Bular ayni paytda diniy dunyoqarashning asosiy tamoyillarini ham tashkil qiladi. Diniy dunyoqarash har bir davrda muayyan ijtimoiy vazifalarni bajarib kelgan. «Din, shu jumladan islom dini ham, ming yillar davomida barqaror mavjud boâlib kelganining oâziyoq u inson tabiatida chuqur ildiz otganidan, uning oâziga xos boâlgan bir. ancha vazifalarni ado etishidan dalolat beradi. Eng avvalo, jamiyat, guruh, alohida shaxs maânaviy hayotining muayyan sohasi boâlgan din, umuminsoniy axloq meâyorlarini oâziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan»1 . Diniy dunyoqarash â bu gâayritabiiy kuchlarning real mavjudligiga ishonishga asoslangan, voqelikni xayoliy obrazlarda, tasavvurlar va tushunchalarda aks ettiruvchi olamning fantastik manzarasini yaratuvchi ilmiy boâlmagan qarashlardan iborat dunyoqarashning oâziga xos shaklidir. Diniy dunyoqarashning asosini din tashkil qiladi. Din voqelikni inson ongidagi fantastik inâikosidan iborat boâlgan ijtimoiy ong shakllaridan biridir. U insonning tabiat va jamiyat qonunlarini hali bila olmagan, dahshatli va tushunib boâlmaydigan boâlib tuyulgan tabiat kuchlari va «sirlari» oldida ojizligining inâikosi sifatida gâayri tabiiy kuchlarning real mavjudligiga ishonish, ularga eâtiqod qilish natijasida paydo boâladi. Din murakkab tuzilishga ega boâlib, u gâayritabiiy kuchlarning real mavjudligiga ishonishni (diniy eâtiqodni), diniy dunyoqarashni, diniy marosimlarni (dinga sigâinishni) hamda diniy tuygâularni oâz ichiga oladi. Diniy eâtiqod â bu gâayritabiiy kuchlar va ilohiy mavjudotlarga noilmiy, hech bir dalil va isbotsiz ishonishdir. Diniy eâtiqod dindor kishining his-tuygâularini, ichki kechinmalari va xulq atvorini belgilab beradi. Diniy eâtiqod oâz ichiga intellektual, hissiy va iroda elementlarini qamrab olgan murakkab hodisadir. Diniy eâtiqodning intellektual elementlari â bu dindorlar ongida mavjud boâlgan, yuzaki qaraganda, toâgâriga oâxshagan, aslida voqelikning xato inâikosi boâlgan diniy tasavvurlar va tushunchalardir. Ular hech qanday ilmiy dalil va asosga ega boâlmaydilar, lekin ayni vaqtda ular dinga ishonuvchi kishilar tomonidan hayotiy zarur narsalar sifatida baholanadilar. Diniy eâtiqodning dindorlar uchun majburiy hisoblangan, muhokama yuritmasdan ishonish lozim boâlgan talablari mavjud boâlib, ular vazifasini diniy aqidalar bajaradi. Diniy aqidalarga misol qilib Qurâonda berilgan islom aqidalarini olishimiz mumkin. Islomda sunniylik ilohiyotida shakllangan bunday aqidalar yettita: Ollohning yagonaligi, farishtalar, muqaddas hisoblangan yozuvlar, paygâambarlar, oxiratning borligi, taqdirning ilohiyligi va kishi oâlgandan keyin qayta tirilishga ishonish (bu aqidalar imon talablari ham deyiladi). Sigâinish â diniy faoliyatning bir koârinishi sifatida odamlarning kundalik hayotida ular ustidan hukmronlik qiluvchi diniy obrazlar shaklidagi ilohiy kuchlarga toat-ibodat qilishdir. Sigâinish diniy marosimlarning bir koârinishi sifatida diniy tasavvurlar va gâoyalarni ifoda etuvchi hamda gâayritabiiy, xayoliy obyektlarga qaratilgan yakka yoki jamoa boâlib bajariladigan ramziy xatti-harakatlardir. Bundagi yakka shaxs yoki jamoa sigâinishining subyekti boâlib, ibodatxona, diniy buyumlar (xoch, shamlar, tasbeh va shu kabilar) sigâinish vositalari hisoblanadi. Taâzim, tiz choâkish, sajda qilish, bosh egish, qoâl qovush- tirish, choâqinish va hokazolar sigâinishning oddiy koârinishlaridir. Qurbonlik qilish, xudoyi qilish, qurâon oâqitish, diniy bayramlarni nishonlash sigâinishning murakkab shakllaridir. Shu yoâl orqali kishilar oâzlaridagi dinga, eâtiqodga, ishonchga boâlgan ehtiyojlarini qon- dirishadi. Diniy tuygâu â dinga ishonuvchilarning tabarruk va aziz deb tasavvur qilinadigan mavjudotlarga, muqaddaslashtirilgan buyumlar, narsalar, shaxslar, joylarga, bir-biriga va oâz-oâziga, shuningdek, diniy mazmunda talqin etilgan tabiat va jamiyat hodisalariga boâladigan hissiy munosabatlaridir. Har qanday his-hayajon, kechinma diniy tuygâu boâlavermaydi. Kishilarning turli hissiyotlari â qoârqish, shodlanish, zavqlanish, muhabbat, ehtirom, quvonch, umid, umidsizlik, muvaffaqiyat, muvaffaqiyatsizlik kabi holatlari ularning diniy tasavvurlari, gâoyalari va qarashlari bilan qoâshilib ketib, tegishli yoânalish, maâlum maâno va mazmun kasb etishi natijasida diniy tuygâuga aylanadi. Umuman din biz sanab oâtgan barcha elementlari bilan oâziga xos dunyoqarash shakli boâlishi bilan birga, u murakkab maânaviy tuzilma sifatida ijtimoiy tarixiy xarakterga ega hamdir. Jamiyat hayotida har qanday, shu jumladan, diniy dunyoqarashning oârni va ahamiyatini ham sunâiy ravishida mutlaqlashtirish, salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu hol ayniqsa, diniy fundamentalizm va ekstremizm insoniyat uchun jiddiy xavfga aylangan hozirgi davrda yaqqol namoyon boâlmoqda. Hozirgi davrda fan, texnika, dunyoviy ilmlarning kuchayib ketishi bilan «Diniy dunyoqarash, tafakkurning, insonni oârab turgan dunyoga, oâzi kabi odamlarga munosabatning yagona usuli boâlmaganligini ham taâkidlash zarurdir. Dunyoviy fikr, dunyoviy turmush tarzi ham u bilan yonma-yon va u bilan teng yashash huquqiga ega boâlgan holda rivojlanib kelgan»1 . Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan oârganadi. Teologiya olam va odam munosabati, umrning mazmuni, hayot va oâlim muammosi kabi masalalarni ilohiyot, diniy eâtiqod tushunchalari bilan bogâlab tahlil qilish hamda oâziga xos mukammal tizimini yaratgan. Bugungi kunda diniy dunyoqarashning xayoliy kompensatorlik, kishi xulq-atvorini belgilash (regulyativ), boshqarish va integrativ kabi bir talay asosiy vazifalari mavjuddir. Umuman, dinning barkamol avlodni tarbiyalashdagi oârni va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora ortib bormoqda. Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya taâsirida shakllanadi hamda rivojlanadi. Falsafiy dunyoqarash mifologik va diniy dunyoqarashdan farqli oâlaroq, dunyoni sof ilmiy tushuntiruvchi nazariy qarashlar sistemasidir. Falsafiy dunyoqarash â dunyoni, aqliy jihatidan mantiqiy, izchil, umumlashtirib turuvchi nazariy qarashlar tizimidir. Falsafa azal-azaldan dunyoqarash boâlgan. Chunki, uning oâzi hayot nima uchun berilgan, dunyoga kelishdan maqsad nima, umrni mazmunli oâtkazishning qanday yoâllari bor, degan talay savollarga javob topish zarurati tufayli vujudga kelgan. Falsafiy dunyoqarash oâzining nazariy asoslangani va puxta ishlangani bilan ajralib turadi. Shu maânoda, u boshqa fan yoki faoliyat sohasi uchun umumiy uslub vazifasini ham bajaradi. Agar nazariya bilish jarayonining natijasi boâlsa, usul (metod) shu bilimga erishish yoki uni amalga oshirish yoâlini anglatadi. Falsafiy nazariya esa, bir vaqtning oâzida usul vazifasini ham bajara oladi. Tarixning burilish davrlarida oâzgarishlarning asosiy yoânalishlari va maqsadlari nechogâlik toâgâri ekani falsafiy dunyoqarash tamoyillariga solishtirib aniqlanadi. Bunda muayyan falsafiy nazariya umumiy usul (metod) sifatida qabul qilinadi. Shu sababdan ham bunday davrlarda falsafiy nazariyalarga eâtibor kuchayadi, taraqqiyot yoâllaridan borish falsafiy modellarining ahamiyati ortadi. Masalan, bizning mamlakatimiz jahon hamjamiyatiga qoâshilish, demokratik davlat qurish borasida Islom Karimov tomonidan asoslab berilgan taraqqiyot yoâli â «Oâzbek modeli»ni amalga oshirmoqda. Bu yoâlning asosiy mohiyati islohotlarni inqilobiy tarzda emas, tadrijiy ravishda olib borishni nazarda tutadi. Prezidentimiz, aynan shu yoâlni taklif etar ekan, asosiy eâtiborni uning mohiyat-mazmuni, tarixda qanday natijalar bergani kabi masalalarga qaratgan. Bunda taraqqiyotning mazkur yoâli aniq tarzda tasavvur etilgan. Yaâni, uning tarixiy va zamonaviy jihatlari, umumbashariy va mintaqaviy xususiyatlari, mamlakatimizning buguni va kelajagi uchun naqadar ahamiyati har tomonlama oârganilgan. Ana shu asosda kerakli xulosalar chiqarilgan va ularni hayotga tatbiq etishning asosiy yoâl-yoâriqlari koârsatib berilgan. Biz ana shu nazariyani, bir tomondan, taraqqiyotimizning oâzimizga xos va mos modeli deb ataymiz. Ikkinchi tomondan esa, uni mamlakatimiz. Hayotini tubdan oâzgartiradigan va uning kelajagini belgilab beradigan, milliy dunyoqarash, ong va tafakkur rivojida muhim oârin tutadigan umumfalsafiy tayanch â metodologiya deb bilamiz. Chunki, uning tamoyillari taraqqiyotimizning asosiy yoânalishlarini belgilaydi va shu bilan birga, bu jarayonga kuchli taâsir koârsatadigan metodologik asos boâlib xizmat qiladi. Falsafiy dunyoqarash borliq haqidagi ilmiy qarashlar tizimining oâz- oâzicha shakllangan (mexanik) yigâindisi emas, balki ularning umumiy qonuniyatlar asosidagi tizimidir. Falsafiy dunyoqarash tarkibida quyidagi tamoyillar namoyon boâladi: ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, universallik, maqsadlilik, gâoyaviylik hamda nazariya va amaliyotning birligi. Falsafiy dunyoqarash ilmiydir, chunki u narsa va hodisalar oârtasidagi bogâlanish, aloqadorlik va munosabatlarni kundalik ong darajasidagina emas, balki nazariy ong darajasida ham ifodalaydi. Har qanday falsafiy dunyoqarash shakli obyektiv olamdagi narsa va hodisalarning konkret munosabatlarini aks ettiradi. Falsafiy dunyoqarashning tarixiylik tamoyili jamiyatning oâtmishi dunyoqarashlar tarixidan iboratligini va uzluksiz rivojlanishini ifodalaydi. Falsafiy dunyoqarashning mantiqiy izchilligi tamoyili har qanday dunyoqarash shakli va darajasining mantiqiy birikmalar orqali ifodalanishi bilan izohlanadi. Agar mantiqiy izchillik buzilsa, dunyoqarashning tashqi olamni xolis, ilmiy, aniq-ravshan va izchil aks ettirishiga putur yetadi. Falsafiy dunyoqarashning universalligi boshqa dunyoqarash shakllarining mazmunini tashkil qilishi bilan sifatlanadi, yaâni har qanday dunyoqarash shakli oâziga xos falsafiy xususiyatga ega. Falsafiy dunyoqarash maqsadga muvofiq boâlib, inson manfaatlariga mos keladi. Chunki, inson muayyan maqsad, orzu-umidlar bilan yashaydi, ularni oâz dunyoqarashida aks ettiradi. Falsafiy dunyoqarashning gâoyaviylik tamoyili, uning asosida muayyan gâoya yotgani bilan ifodalanadi. Xususan, bugungi oâzbek milliy falsafiy dunyoqarashi milliy mustaqillik, oâzlikni anglash, millatimiz kelajagini belgilaydigan istiqlol gâoyasiga tayanishi bilan xarakterlidir. Falsafiy dunyoqarash shu gâoyani eâtiqodga aylantirish va uning amalga oshishi uchun xizmat qiladi. Falsafiy dunyoqarashning eng muhim tamoyillaridan biri nazariya va amaliyot birligidir. Dunyoqarashning nazariya sifatida mavjudligi ijtimoiy amaliyot tajribalarini ijodiy umumlashtirib, istiqbol rejalarini belgilashda qoâl kelishi bilan izohlanadi. Shuningdek, dunyoqarashning amaliyotga joriy etilish jarayonida uning usul va vositalari muhim ahamiyatga ega. Falsafiy dunyoqarashning zikr etilgan tamoyillari, uning vazifalarini belgilab beradi. Yaâni, bu vazifalar jamiyatning umumbashariy ruhdagi maqsad-muddaolaridan, manfaatlaridan kelib chiqadi hamda boshqa dunyoqarash shakllari uchun uslubiy ahamiyat kasb etadi. Dunyoqarash, avvalo insoniy munosabatlar ifodasidir. Shu nuqtai nazardan, u insonning borliqqa munosabatida, dastlab uning bahosi tarzida koâzga tashlanadi. Bu â falsafiy dunyoqarashning baholash vazifasini anglatadi. Yaâni, inson, oâz ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqib, narsa-hodisalarni: yaxshi-yomon, foydali-zararli, savob-gunoh, oriyat-benomuslik kabi qarama-qarshi mezonlarga ajratadi. Inson narsa-hodisalarga baho berar ekan, buning zamirida uning ijtimoiy hayoti, yaâni ongli munosabatlari yotadi. Bunda inson yoki jamiyat munosabatlari dunyoqarashning oâzi tayanadigan omillarga (ideallariga) moslashtiriladi. Orzu-havaslarga erishishning usullari, vositalari, amaliy yoânalishlari belgilanadi. Dunyoqarash inson faoliyatini axloqiy meâyor, diniy qadriyat, huquqiy hujjat va siyosiy mexanizmlar kabi usul-vositalar orqali boshqarish vazifasini ham ado etadi. Bunda falsafiy dunyoqarashning oâzicha nisbatan mustaqil boâlgan har bir yoânalishi oâziga xos boshqarish usuliga ega boâladi. Masalan, insonni ezgulikka yoânaltirish uchun axloq uning aql-zakovatiga; din â iymon-eâtiqodiga; huquq â qonunlarga, jazo idoralariga; siyosat-davlat funksiyalariga tayanadi va oâziga xos taâsir yoânalishlariga ega boâladi. Falsafiy dunyoqarashning inson faoliyatini nazorat qilish vazifasi ham bor. Bunda dunyoqarashning jamoatchilik fikri tarzidagi koârinishi nazarda tutiladi. Masalan, oâzbek xalqining tarixiy rivojlanishi va maânaviy hayot tarzida mahalla ijtimoiy nazoratning muhim instituti tarzida faoliyat koârsatgan. Darhaqiqat, oâzbek mahallalarida bagârikenglik, oâzaro mehr-oqibat, hamdardlik kabi noyob fazilatlar kamol topadi. Shuning uchun ham Islom Karimov uni «Oâzini oâzi boshqarish maktabi... demokratiya darsxonasi», â deb taâriflaydi1. Falsafiy dunyoqarashning birlashtirish (kommunikativ) vazifasi turli dunyoqarash yoânalishlarini milliy va umuminsoniy gâoyalar atrofida uygâunlashtirishi bilan xarakterlanadi. Turli manfaatlar bilan bogâliq boâlgani bois dunyoqarashlar oârtasida muayyan ziddiyatlar roây berishi tabiiy. Bunday sharoitda falsafiy dunyoqarash ularni murosaga keltirishga xizmat qiladi. Falsafiy dunyoqarash, oâz mohiyatiga koâra, ijtimoiy-tarixiy tajribani umumlashtirish, jamiyat istiqbolini koârsatish imkoniyatiga ega boâlganligi uchun ham xalqni muayyan gâoya atrofida birlashtiradi. Masalan, tarixga nazar tashlaydigan boâlsak, muayyan davrlarda falsafiy dunyoqarash inson tub manfaatlari bilan bogâliq boâlganligini, millat kelajagini belgilaydigan ozodlik gâoyasi atrofida kishilarni birlashtirganini koâramiz. Bu hol moâgâul bosqinchilariga qarshi kurash davrida yaqqol namoyon boâlgan. Ushbu gâoya (ozodlik falsafasi) dunyoqarashning tarkibiy qismi sifatida millatning turli tabaqalarini, eâtiqodi, iqtisodiy ahvoli va siyosiy mavqeidan qatâi nazar, birlashtirgan va umumiy kurashga safarbar qilgan. Har qanday dunyoqarash inson ehtiyojlaridan kelib chiqadi, uning manfaatlariga mos keladi. Shu bilan birga, bir tomondan, dunyoqarash oâz-oâzidan, yaâni stixiyali ravishda shakllanib qolmaydi. Aksincha, u turli taâlim-tarbiya vositalarining maqsadga muvofiq holdagi faoliyati natijasida vujudga keladi. Ikkinchi tomondan esa, falsafiy dunyoqarash, umuminsoniy tamaddun (sivilizatsiya) taâsiri oâlaroq shakllangan boâlsa, muayyan inson, ijtimoiy guruh yoki millatni tarbiyalashning turli imkoniyatlari va vositalarining mushtaraklashgan shaklidir. Binobarin, falsafiy dunyoqarashning tarbiyaviy vazifasini yuqorida zikr etilgan boshqa vazifalarning asosi sifatida qarash kerak. Bu â kishilarda keng va teran fikrlash qobiliyatini vujudga keltirish asosida bagârikenglik, murosa, har qanday ziddiyatlarni madaniy yoâl bilan hal qilish, kelajakka umid va ishonch ruhini shakllantirishdan iborat. Download 30.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling