1 Til muncha sharaf bila nutqning olatidir va ham nutqdurki, agar nopisand
Download 366.49 Kb. Pdf ko'rish
|
so\'z
1) Til muncha sharaf bila nutqning olatidir va ham nutqdurki, agar nopisand zohir bo’lsa boshning ofatidir. (Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub”). 2) Bilib so’zlasa, so’z bilig sanalur, Ugush so’zlama so’z biror so’zla oz. Tuman so’z tugunini bu bir so’zla yoz. (Yusuf Xos Xojib “Qutadg’u bilig”). 3) Uquv so’zla so’zni eva so’zlama. So’zing qizla, kedin boshing kizlama. (Ahmad Yugnakiy.) 4) Agar so`z senikimi yoki sen so`znikimi, deb so`rasalar, aytgil: men so`zniki va so`z menikidir, chunki so`z insonlik daraxtining mevasidir, daraxtni mevadan va mevani daraxtdan ajratib bo`lmaydi. (Husayn Voiz Koshifiy “Futuvvatnomayi sultoniy”). 5) Yana men degandek, bu xatlaringni bitibsen va o`qumaysen, ne uchunkim, agar o`qur xayol qilsang edi, o`quyolmas eding. O`quyolmagandan so`ng albatta tag’yir bo`lur eding. Xatingni xud tashvish bila o`qusa bo`ladur, vale asru mug’laqdur. Nasri muammoni hech kishi ko`rgan emas. Imlong yomon emas. Agarchi xili rost emas, iltifotni to bila bitibsen. Qulunjni yo bilan bitibsen. Xatingni har tavr qilib o`qusa bo`ladur, vale bu mug’laq alfozingdin maqsad tamom lafhum bo`lmaydur. G’olibo xat bitirda kohilliging ham ushbu jihattindur. Takalluf qilmay deysan, ul jihatdin mug’laq bo`ladur. Bundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti; ham senga tashvish ozroq bo`lur va ham o`qig’uvchig’a. Birovga yozgan maktubni bir necha bor o`qish, uning ravonligiga, so`zlarning ko`zda tutilgan ma`nosi to`g’ri aks ettirayotganligiga ishonch hosil qiling. (Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma” Humoyunga xat). 6) So’zdurki, nishon berur o’likka jondin So’zdurki berur habar, jonga jonondin Insonni so’z ayladi judo hayvondin Bilki go’hari sharifroq yo’q andin (Alisher Navoiy “Nazmul Javoxir”). 7) So’z durining ayirmasi bundan ham cheksiz va darajasi bundan ham nihoyatsizdir. Shundayki, yaxshi so’zdan o’lgan badanga toza ruh yetadi, unga jon baxsh etadi, yomon so’zdan tirik tanga o’ldiruvchi zahar xosiyati paydo bo’ladi, kishini halok etishga olib olib keladi. (Alisher Navoiy “Muhokammat ul-lug’atayn”). 8) Ey farzand, agar sen har qanday notiq bo’lsang ham, o’zingni bilganlardan pastroq tutgil, toki, so’z bilimdonligi vaqtida bekor bo’lib qolmagaysan. Ko’p bil-u, oz so’zla, kam bilsang ko’p so’zlama, chunki aqlsiz kishi, ko’p so’zlar deganlarki, jim o’tirish salomatlik sababidir, ko’p so’zlovchi aqlli odam bo’lsa ham xalq uni aqlsiz deydi. (Kaykovus “Qobusnoma”). 9) Menda bor bo’lgan barcha narsani olib qo’ying, menga so’zlash qobiliyatini qoldirsangiz bas, shunda men tez orada barcha yo’qotganlarimni qayta qo’lga kiritaman. (Amerikalik siyosatchi D.D.Webster). 10) Yaxshi so’zlashga o’rgan, muloyim so’zlashdan boshqa narsani odat qilma, negaki, qanday so’zni gapirishni istasang, til shuni gapiradi. So’zni o’z joyida so’zla, joyida aytilmagan so’z, agar u yaxshi so’z bo’lsa xam, yomon ko’rinadi. (Kaykovus “Qobusnoma”). Sharq mutafakkirlarining so’z ta’siri va nutq haqidagi fikrlari. Download 366.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling