1- kurs 322- guruh talabasi Xushboqova Oynisoning kreativ fikrlash fanidan tayyorlagan
Download 1.45 Mb.
|
Xushboqova Oyniso 2-slayd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kreativ fikrlash
Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari ta’lim yo’nalishi 1- kurs 322- guruh talabasi Xushboqova Oynisoning kreativ fikrlash fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi Kreativ fikrlash yo'nalishidagi nazariy qarashlar va amaliy tadqiqotlar 1.Kreativ fikrlash yo’nalishi 2.Kreativ fikrlashda amaliy tadqiqotlar Kreativ fikrlash — bu qimmatli va asl g'oyalarni yaratishga olib keladigan fikrlash yo’nalishidir. Barcha insonlar ijodiy fikrlash hamda kundalik ijodkorlik kundalik muammolarga nostandart tarzda yechim topish bilan shug'ullanishlari mumkin. Ijodiy fikrlash nafaqat ijodiy asarlarni yaratish yoki san'at bilan bog'liq tasavvur etish vaziyatlarida, balki muammolarni yoki ijtimoiy masalalarni hal qilish kabi boshqa sohalarda funktsional bo'lgan vazifalarda ham qo'llanilishi mumkin. Kreativlik- bu shaxsning yangi g’oyalarni yaratishi, tafakkurning an’anaviy sxemasidan chetga chiqib, o’ziga xos, original qarorlar qabul qilishga qodirligi. Mazkur atamaga ilk Bora 1922-yilda D.Simpson tafakkurning nostandart usuli, deb ta’rif bergan. Kreativlikni o’rganish bo’yicha Rossiyada A.M.Matyushkin, A.V.Petrovskiy, M.G.Yaroshevskiy, V.N.Drujinin kabi olimlar ish olib borganlar Tomas Edison “Kreativlik — g‘ayriixtiyoriy jarayon”, deydi. Lekin har kuni ko‘plab mutaxassislar muammolarga noodatiy yechim topishga zaruriyat sezadi. Ular mana shu g‘ayriixtiyoriy jarayonni ixtiyoriylashtirishi mumkinmi? Tabiatda yangi fikrlarni yuzaga keltiruvchi “sehrli tayoqcha” yo‘q, biroq har qanday mutaxassisning kreativ o‘ylashiga ko‘maklashadigan ko‘plab usullar mavjud. Buning uchun ijodiy fikrlashga vaqt ajratish, ijodiy salohiyatni anglash lozim. Jorj Bernard Shou hazillashib shunday deydi: “Ko‘pchilik yiliga ikki-uch marta o‘ylaydi. Mening butun dunyoga mashhurligim sababi — haftada bir yoki ikki marta o‘ylaganim”. Demak, xayolga kelgan yangi fikrlarni e’tiborsiz qoldirmaslik, o‘ylash uchun imkon yaratish muhim. Dunyoning turli mintaqalarida kreativ tushinchalar insoniyat madaniyatining ravnaq topishiga, tabiiy, falsafa san’at va gumanitar fanlarning rivojlanishiga asos bo‘ldi. Kreativ fikrlash shunchaki tasodifiy fikrlashdan farq qiladi. Kreativ fikrlash bilim va tajribaga asoslangan haqiqiy kompitensiya bo‘lib, insonlarning keskin va murakkab vaziyatlarda kutilgan natijalarga erishishga sharoit yaratadi. Ta’limning vazifasi o‘quvchilarni kelajakda muvaffaqiyatga erishishlari uchun zaruriy kompetensiyalar bilan ta’minlashdan iborat.
PISA baholash dasturi doirasida o‘quvchilarning turli xil va o'ziga xos g'oyalarni yaratish qobiliyati, shuningdek, turli vaziyatlarda yoki «sohalarda» g'oyalarni baholashi va takomillashtirishi o'rganiladi. Baholash to'rtta sohani o'z ichiga oladi: yozma ifoda, vizual ifoda, ijtimoiy muammolarni hal qilish va ilmiy muammolarni hal qilish. Ushbu sohalarning har birida o‘quvchilar tomonidan bitta to'g'ri javobi bo'lmagan ochiq topshiriqlarni bajaradilar Etiboriz uchun rahmat Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling