2. Frezalash dastgohining bikrligini aniqlash. - Universal-frezalash dastgoxining bikrligini aniqlash uchun unga noldan boshlab bir qancha katta miqdorgacha kuch tasir etadi. /bu tasir etuvchi kuchlar kesish paytida paydo bo’ladigan kuchni ifodalaydi/. Bu kuchlar ta'sirida uning uzellarning siljishini /egilishini/ indikatorlar yordamida aniqlanadi. Tasir qilayotgan kuchning miqdorini dinamometr yordaida o’lchanadi.
- Dastgoxga kuch tasir etib uning uzellarini siljishini o’lchash sxemasi 1-rasmda ko’rsatilgan.
- 1-rasm
Tajriba o’tkazilayotgan sxema uchun dastgohning beriluvchanlik formulasi quyidagicha bo’ladi: - Tajriba o’tkazilayotgan sxema uchun dastgohning beriluvchanlik formulasi quyidagicha bo’ladi:
-
- Wd= Wstol +Wi (X/L)2 +Wshp(L-X/L)2 (3)
-
- DMAD birligining beriluvchanlik formulasi esa
-
- Wbirl= Wstol +Wi (X/L)2 +Wshp(L-X/L)2+Wopr (4)
-
- Bu erda
- Wd - dastgoxning beriluvchanligi;
- Wstol -stolning beriluvchanligi;
- Wi –ilgakning beriluvchanligi;
- Wshp – shpindelning beriluvchanligi;
- Wbir-DMAD birligining beriluvchanligi;
- L - opravkaning ishchi uzunligi;
- X –shpindeldan kuch tasir etuvchi joygacha bo’lgan masofa
- Bunda stolni deformatsiyasini aniqlashda ishlatiladigan indikatorni bir bo’lagining qiymati 0.001mm ga, shuningdek shpindel. opravka va ilgakdagi deformatsiyalarni aniqlashda ishlatiladigan indikatorni bir bo’lagini qiymati 0.01mm ga teng.
Ushbu laboratoriya ishini bajarishda ta'sir etuvchi kuch opravkaning o’rtasiga qo’yiladi. Unda formula soddalashadi va ushbu holga keladi: - Ushbu laboratoriya ishini bajarishda ta'sir etuvchi kuch opravkaning o’rtasiga qo’yiladi. Unda formula soddalashadi va ushbu holga keladi:
-
- Wd= Wstol +1/4(Wshp+Wi) (5)
- Universal-frezalash dastgohining bikrligini aniqlash uchun domkrat yordamida kuch tasir etamiz.Uning miqdorini esa dinamometr yordamida aniqlaymiz.
- Dinamometr indikatorini milini xar bir bo’lakka surish orqali dastgoxga 280 n. ga teng kuch ta'sir qilinadi.
- To’rtta indikator yordamida shu kuch tasirida stolning, ilgakning, opravkaning va shpindelning qanday miqdorga siljishini aniqlaymiz va ularning beriluvchanligini aniqlaymiz:
- Wstol=Us/Ru ; Wi=Ui/Ru ; Wshp=Ushp/Ru ; Wopr=Uopr/Ru .
- Bu erda:
- Us – stolning siljishi;
- Ui – ilgakning siljishi;
- Uo – opravkaning siljishi;
- Ush – shpindelning siljishi.
- Beriluvchanlikni xisoblashda tajribada ishlatilgan eng katta kuchni va unga muvofiq keluvchi siljishlar miqdori qabul qilinadi.
- Olingan natijalar yordamida (5) formula bilan dastgohning beriluvchanligini aniqlash mumkin.
- Dastgohning bikrligini esa:
- J=1/Wd n/mm. formula bilan topish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |