1 – Laboratoriya ishi frontal laboratoriya ishi fizikaviy kattaliklarni o‘lchash va xatoliklarni hisoblash


Download 433.66 Kb.
bet1/5
Sana07.04.2023
Hajmi433.66 Kb.
#1337909
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Labaratoriya №1 Hatoliklar

1 – Laboratoriya ishi


FRONTAL LABORATORIYA ISHI

Fizikaviy kattaliklarni o‘lchash va xatoliklarni hisoblash.



Ishning maqsadi: Mikrometr va shtangentsirkuldan to‘g‘ri foydalanishni, bilvosita va bevosita o‘lchash usulida, absolyut va nisbiy xatoliklarni hisoblashni o‘rganish.
Kerakli asboblar: mikrometr, shtangentsirkul, o‘lchanadigan jismlar.
Fizikaviy kattaliklarni o‘lchash
Fizika fani bizni o‘rab olgan moddiy dunyodagi hodisalar haqidagi ma’lumotlarni tajriba orqali yig‘adi. Laboratoriya sharoitida muayyan hodisa u yoki bu faktorning ta’sirini o‘rganish maqsadida fizikaviy tajriba o‘tkaziladi.
Fizikaviy kattalik – biror sifatni miqtoriy xarakterlovchi kattalikdir. Fizikaviy kattaliklar yordamida har qanday jarayonni matematik ifodalash mumkin. Fizikaviy kattalikni o‘lchash uni etalon qilib qabul qilingan bir jinsli miqdor bilan o‘zaro solishtirish jarayonidan iboratdir. O‘lchashlarni ikkiga bo‘lish mumkin: bevosita o‘lchash va bilvosita o‘lchash.
Agar o‘lchash asboblari yordamida aniqlash lozim bo‘lgan o‘lchamga erishsak, bunday o‘lchash usuliga bevosita yoki to‘gridan–to‘gri o‘lchash deyiladi. Masalan: vaqtni, uzunlikni, tok kuchini va shunga o‘xshash kattaliklarni bevosita o‘lchanadi. Bevosita o‘lchangan kattaliklar ustidan biror matematik amal (ko‘paytirish, bo‘lish, ildiz chiqarish, logarifmlash va h.k.) bajarib aniqlanishi lozim bo‘lgan natijaga erishilsa, bilvosita (vositali) o‘lchash deyiladi. Masalan: matematik mayatnik tebranish davri hisoblash qonunida erkin tushish

tezlanishi orqali «g» ni hisoblash mumkin. Bu yerda l va T lar bevosita o‘lchanadigan kattaliklar bo‘lib g esa bilvosita o‘lchanadigan kattaliklar.


Har qanday fizik kattaliklarni o‘lchaganda turli sabablarga ko‘ra xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. O‘lchash usuli yoki asboblarni mukammallashmaganligi tufayli vujudga keladigan xatoga sistematik xato deyiladi. Bunday xatolik boshqa usul bilan o‘lchab aniqlanadi.
Har xil sabablarga ko‘ra vujudga keladigan xato tasodifiy xatolik deyiladi. Masalan: tashqi sharoitni keskin o‘zgarishi va shunga o‘xshashlar. Tasodifiy xatolikni kamaytirish faqat tajribani ko‘p marta takrorlash natijasida erishish mumkin. Eksprementatorlarni e’tiborsizligi tufayli vujudga keladigan xatoliklar qo‘pol xatoliklar deyiladi. Masalan o‘lchov asboblarning shkalasidan noto‘gri yozib olish yoki, noto‘gri bajarish kabilar.

Download 433.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling