Asbob-uskunalar:
1. Gips.
2. Menzurka- 500ml.
3. Texnikaviy tarozi.
4.
Viskozimetr Suttarda. Suyuqlik solinadigan tsilindr.
5.
Kurakcha va aralashtirish idishi.
Gips hamirining normal quyuqligi tsilindrdan bo’shatilganda
uning doira
shaklida yoyiladigan diametri orqali xarakterlanadi. Yoyilgan gips bo’tqasining
diametri 180
5mm ga teng bo’lishi kerak. Suvni hajmini to’g’ri
olish asosiy
kriteriy hisoblanadi. Qurilish gipsni tarkibini
aniqlashda quyuqlanish davrini,
siqilishga va egilishga bo’lgan
mustahkamligini aniqlashda,
suv hajmi gipsning
massasiga nisbatan foiz (%) hisobida ml da olinadi.
Gips normal quyuqligini aniqlashda balandligi 100mm, ichki diametri 50mm
bulgan latunь tsilindrdan, oralig’i 1sm qilib aylanalarga bo’lib chiqilgan, diametri
240mm li oyna yoki oyna ostiga qo’yilgan qog’ozdan iborat bo’lgan
asbobdan
foydalaniladi.
1-rasm. Gipsli hamirning quyuq suyuqligini aniqlovchi asbob.
1-latun silindr.
2-yoyilmani ko’rsatuvchi aylanalardan iborat oyna.
3-gips hamiri.
Ish tartibi. Texnikaviy tarozida 300gr aniqligi 1gacha bo’lgan
gips tortib
olinadi va toza idishga oldindan o’lchab qo’yilgan suvga gipsni sepib qo’shgandan
boshlab 30sek. aralashtiriladi. Aralashtirish tugagach oynani o’rtasiga o’rnatilgan
tsilindrni gips hamiri bilan to’ldiriladi, oshig’ini
esa pichoq bilan qirqib
tekislanadi. 15 sek. davomida aralashtirish tugagandan keyin, tezda latunь tsilindr
ko’tariladi. Gips hamiri yoyilmasini 3 joyidan diametri o’lchanadi
va ularning
o’rtacha arifmetik qiymati olinadi. Agar yoyilmagan diametri 180±5mm dan farq
qilsa suv miqdorini o’zgartirib ish yana qaytadan bajariladi.