1 – Labоratоriya ishi Gips xamirining nоrmal quyuqligini aniqlash


Download 420.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana27.02.2023
Hajmi420.72 Kb.
#1234222
1   2
Asbob-uskunalar: 
1. Gips. 
2. Menzurka- 500ml. 
3. Texnikaviy tarozi. 
4. 
Viskozimetr Suttarda. Suyuqlik solinadigan tsilindr. 
5. 
Kurakcha va aralashtirish idishi. 
Gips hamirining normal quyuqligi tsilindrdan bo’shatilganda uning doira 
shaklida yoyiladigan diametri orqali xarakterlanadi. Yoyilgan gips bo’tqasining 
diametri 180

5mm ga teng bo’lishi kerak. Suvni hajmini to’g’ri olish asosiy 
kriteriy hisoblanadi. Qurilish gipsni tarkibini aniqlashda quyuqlanish davrini
siqilishga va egilishga bo’lgan mustahkamligini aniqlashda, suv hajmi gipsning 
massasiga nisbatan foiz (%) hisobida ml da olinadi. 
Gips normal quyuqligini aniqlashda balandligi 100mm, ichki diametri 50mm 
bulgan latunь tsilindrdan, oralig’i 1sm qilib aylanalarga bo’lib chiqilgan, diametri 


240mm li oyna yoki oyna ostiga qo’yilgan qog’ozdan iborat bo’lgan asbobdan 
foydalaniladi. 
1-rasm. Gipsli hamirning quyuq suyuqligini aniqlovchi asbob. 
1-latun silindr. 
2-yoyilmani ko’rsatuvchi aylanalardan iborat oyna. 
3-gips hamiri.
Ish tartibi. Texnikaviy tarozida 300gr aniqligi 1gacha bo’lgan gips tortib 
olinadi va toza idishga oldindan o’lchab qo’yilgan suvga gipsni sepib qo’shgandan 
boshlab 30sek. aralashtiriladi. Aralashtirish tugagach oynani o’rtasiga o’rnatilgan 
tsilindrni gips hamiri bilan to’ldiriladi, oshig’ini esa pichoq bilan qirqib 
tekislanadi. 15 sek. davomida aralashtirish tugagandan keyin, tezda latunь tsilindr 
ko’tariladi. Gips hamiri yoyilmasini 3 joyidan diametri o’lchanadi va ularning 
o’rtacha arifmetik qiymati olinadi. Agar yoyilmagan diametri 180±5mm dan farq 
qilsa suv miqdorini o’zgartirib ish yana qaytadan bajariladi. 

Download 420.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling