1 – laboratoriya ishi ims tayyorlash texnologiyasi va klassifikatsiyasi bilan tanishish. Berilgan prinsipial sxemadan ims strukturasi, topologiya va texnologiyasini ishlab chiqish


Download 1 Mb.
bet8/10
Sana17.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1554196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
IMS tayyorlash texnologiyasi va klassifikatsiyasi bilan tanishish.

Maketning tavsifi

Prinsipial sxemasi 3.2- rasmda ko‘rsatilgan maket tranzistorning uch xil ulanishidan istalganini amalga oshirish imkoniyatini beradi.


Ulanishlarni amalga oshirish uchun ulagichlar holatini ma’lum tartibda o‘zgartirish, sxemaning kirish va chiqish bo‘lib xizmat qiluvchi klemmalarini (uchlarni) aniqlab olish zarur. Bunday hollarda jadvaldan foydalanish qulaylik yaratadi.
3.1-jadval



Sxema

Ulagichlar xolati sxemaning
U1-2 U3-4 U5-6 U7-8 kirishi

EU

1 4 6 7 kirish 2

BU

2 4 6 7 kirish 1

KU

1 3 5 8 kirish 2

Qiymatlari turli bo‘lgan (R7-R10) yuklamalarni U12-15 ulagich yordamida sxemaga qo‘shiladi. Kuchaytirgichning kirish zanjiriga ketma-ket ulanadigan R4 va R6 rezistorlar kirish tokini o‘lchash uchun xizmat qiladi. Bu rezistorlar kuchaytirgichning chastotaviy xususiyatlarini “kirish N1” va “kirish N2” klemmalarga kirish signali berib baholashda signal manbaining ichki qarshiligi RG vazifasini bajaradi. Maket chiqish kuchlanishi 10V bo‘lgan barqarorlashtirilgan energiya manbai bilan ta’minlanadi.


Maketda germaniyli, kam quvvatli, past chastotali MP 42 tranzistor ishlatiladi. Uning parametrlaridan ishchi kuchlanishi U=(30..50)V, kollektor sig‘imi SK=30 pF, maksimal quvvati RMAX=200 mVt.
Sxemaning boshqa elementlari parametrlari qo‘yidagicha:
R1=1 kOm, R2=11 kOm, R3=5.1 kOm, R4=3.6 kOm, R5=3.6 kOm, R6=47 kOm, R7=20 Om, R8=510 Om, R9=3.6 kOm, R10=10kOm, S1=S2=S3=20 mkF.
Ishni bajarish tartibi:
Maketni elektr tarmog‘iga ulang. Standart signallar generatori (SSG) va kirish qarshiligi yuqori bo‘lgan o‘zgaruvchan kuchlanishlarni o‘lchaydigan asbob (millivoltmetr) ni ishga tayyorlang.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling