1 – Laboratoriya ishi Ma’lumotlar va obyektlarni kodlash Ma’lumotlarni kodlash


Download 45.69 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2023
Hajmi45.69 Kb.
#1144852
  1   2   3



1 – Laboratoriya ishi


Ma’lumotlar va obyektlarni kodlash


Ma’lumotlarni kodlash

Temir yo‘l transportida boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi (TYTBAT) da ma’lumotlar va ob’ektlarni kodlash kodlashning to‘rtta tizimi bo‘yicha olib boriladi: tartibli, seriyali - tartibli, fasetlivasinflili. Tartibli kodlash ob’ektlarni to‘g‘ridan – to‘g‘ri ketma-ket rasmiylashtirishga asoslangan. Seriyali – tartibli kodlashda esa ob’ektlar guruxlarga ajratiladi va guruxning ichida esa kodlar tartib bo‘yicha belgilanadi. Fasetli kodlashda ob’ektning tarkibiy kodi aniqlanadi, va uning xar bir qismi aniq bir belgilarini bildiradi. Fasetning tarkibiy qismi ichida xar qanday tizimi bo‘yicha kodlash usuli qo‘llaniladi.Sinflili kodlashda esa ob’ektning tegishli bo‘lgan sinfi aniqlab olinadi, ushbu sinf nim sinflarga ajratib olinadi, ob’ekt kaysi nim sinfga tegishliligi aniqlab olinadi va xakozo.Xar bir darajaning elementlari ketma ket va xar qanday tizim bo‘yicha kodlanadi.


Vagonlarning raqamini, stansiya va yuklarning nomlarini kodlash uchun TYTBAT da ortiqcha kodlardan, ya’ni asosiy kodddagi xatoliklarni aniqlash imkoniyatini beruvchi qo‘shimcha raqam - nazorat belgisi qo‘llaniladi.


Stansiyalarni kodlash

TYTBAT da temir yo‘l stansiyalarining kodi oltita raqamdan tashkil topgan bo‘ladi. Birinchi beshta raqam kodning asosiy qismini tashkil etsa, oltinchi oxirgi raqamnazorat raqami xisoblanadi. Stansiya kodining birinchi ikkita raqami stansiya tegishli bo‘lgan tarmoq xududining tartib raqami (tarmoq 99 ta xududga ajratilgan) kodning oxirgi uchta raqamlari esastansiyaning tarmoq xududi ichidagi tartib raqamini bildiradi. Yuk jarayonlari uchun ochiq bo‘lgan stansiyalar uchun kodning beshinchi raqami doimo nol bo‘ladi. statsiyaga kelib tutashgan va yuk amallari uchun yopiq bo‘lgan stansiyalar (yo‘lovchistansiyalari, to‘xtash punktlari, raz’ezdlar va boshqalar) ning oxirgi beshinchi raqami 1 dan 9 gacha bo‘lgan ketma-ketlikda kodlanadi. Ushbuxolatda stansiyalarning kodlari uchastkalarda juft yo‘nalishga tomon ortib boradi.


Shunday qilib, tarmoq xududi ichida jami mingtadan ko‘p bo‘lmagan ajratish punktlari bo‘lishi mumkin va ularning orasida yuztadan ko‘p bo‘lmagan yuk amallari uchun ochiq bo‘lgan stansiyalar bo‘lishi mumkin. Xududlar uchun zarauriy bo‘lgan va yuk amallari uchun ochiq bo‘lgan stansiyalar nolli tartib raqamiga egadir va shuning uchun ularning kodlaridagi uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi raqamlari nol sonni tashkil etadi.
Shunday qilib, nazorat raqami, shunday tanlab olinishi lozimki, kod raqamining yig‘indilarining og‘irlik koeffitsientlariga bo‘lgan nisbati K raqamiga teng taqsimlanadigan bo‘lsin (modul bo‘yicha nol bilan taqqoslanadigan).
Temir yo‘l stansiyasi kodi nazorat raqamini xisoblash bo‘yicha masala 1.1. rasmda keltirilgan. (VSJD, Tayshet stansiyasi – kodining asosiy qismi 92000). Ushbu masalada kodning nazorat raqami 2 ga teng bo‘ldi va to‘liq kod – 920002.



1.1. – rasm. Stansiya kodi uchun nazorat raqamini xisoblash


Agar nazorat raqami 10 ga teng bo‘lsa, kodga ikkita nazorat raqamlarini kiritmaslik uchun, og‘irlik qatorini ikkita pozitsiyaga surish amalga oshiriladi. Bunda qator quyidagi ko‘rinishga keladi 3, 4, 5, 6, 7 va shundan so‘ng xisob qaytadan amalga oshiriladi.Agar bo‘linmadan qolgan son shunda xam 10 ga teng bo‘lsa, u xolda nazorat raqami nol deb qabul qiinadi.


Ko‘rib chiqilgan stansiyalarning ortiqcha kodlash tizimi, kodlardagi barcha bittalik xatoliklarni va shu bilan birga 90 foiz atrofida boshqa xatoliklarni aniqlash imkoniyatini yaratadi.
Bir nechta xolatlarda TYTBAT da stansiya kodlarining oddiylashtirilgan, ya’ni belgilarining soni kam bo‘lgan tizimidan foydalaniladi. Birinchidan nazorat raqami mavjud bo‘lmagan stansiya kodlari qo‘llanilishi mumkin. Ushbu xolatda stansiya kodi asosiy qismi beshta sondan iborat bo‘ladi. Ikkinchidan yuk amallari uchun ochiq bo‘lgan stansiyalar uchun yagona raqamlash tizimidagi koddan foydalaniladi (YaRT kodi). Ushbu kod stansiya kodining birinchi to‘rtta sonidan tashkil topgan bo‘ladi va beshinchi nazorat raqami kodda ishlatilmaydi. Uchinchidan yuk amallari uchun ochiq bo‘lgan stansiyalar uchun stansiya YaRT ning ximoyalangan kodidan foydalanish mumkin. Ushbu kod YaRT kodining to‘rtta raqami va nazorat raqamidan tashkil topadi. Yuk amallari uchun ochiq bo‘lgan stansiyalar kodidagi beshinchi raqam doimo nol bo‘lganligi uchun, ularning kodlari uchun nazorat raqamlari birinchi to‘rtta raqamlar bo‘yicha xisoblanishi mumkin, ya’ni YaRT kodi bo‘yicha. Bunday yo‘l bilan xisoblab topilgan nazorat raqami, olti belgili stansiya kodidagi nazorat kodi bilan mos kelishi mumkin.



Download 45.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling