C va c++ tili sintaksislari
Download 0.93 Mb.
|
ALI DIL PABEDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fortran, PL/1, Prolog, Lisp, Basic, Pascal, C
- Object Pascal, C++, C, Python, Php, Java
C VA C++ TILI SINTAKSISLARI1. C VA C++ TILI SINTAKSISLARI. Dasturlash tillar Dastur mashina kodlarining qandaydir ketma-ketligi bo‘lib, aniq bir hisoblash vositasining amal qilishini boshqaradi. Dasturiy ta’minotni yaratish jarayonini osonlashtirish uchun yuzlab dasturlash tillari yaratilgan. Barcha dasturlash tillarini ikki toifaga ajratish mumkin:
Quyi darajadagi dasturlash tillariga Assembler turidagi tillar kiradi. Bu tillar nisbatan ixcham va tezkor bajariluvchi kodlarni yaratish imkoniyatini beradi. Lekin, Assembler tilida dastur tuzish zahmatli, nisbatan uzoq davom etadigan jarayondir. Bunga qarama-qarshi ravishda yuqori bosqich tillari yaratilganki, ularda tabiiy tilning cheklangan ko‘rinishidan foydalangan holda dastur tuziladi. Yuqori bosqich tillaridagi operatorlar, berilganlarning turlari, o‘zgaruvchilar va dastur yozishning turli usullari tilning ifodalash imkoniyatini oshiradi va dasturning o‘qimushli bo‘lishini ta’minlaydi. Yuqori bosqich tillariga Fortran, PL/1, Prolog, Lisp, Basic, Pascal, C va boshqa tillarni misol keltirish mumkin. Kompyuter arxitekturasini takomillashuvi, kompyuter tarmog‘ining rivojlanishi mos ravishda yuqori bosqich tillarini yangi variantlarini yuzaga kelishiga, yangi tillarning paydo bo‘lishiga, ayrim tillarning esa yo‘qolib ketishiga olib keldi. Hozirda keng tarqalgan tillarga Object Pascal, C++, C#, Python, Php, Java tillari hisoblanadi. Dasturchilar doimiy ravishda o'zlari ishlab chiqayotgan dasturlarning ishlashi, samaradorligi va moslanuvchanligini yaxshilash yo'llarini izlashga harakat qiladilar. Ular instrumental vositalarga va ayniqsa dasturlash tillariga befarq emaslar. Ko'plab dasturlash tillari mavjud, ammo ulardan ba'zilari xaqiqatdan yaxshi. Yaxshi dasturlash tili bir vaqtning o'zida samarali va moslashuvchan bo'lishi kerak va uning sintaksisi ixcham, ammo aniq bo'lishi kerak. U to'g'ri kodni yozishni osonlashtirishi va eng zamonaviy dasturlash imkoniyatlarini qo'llab-quvvatlashi kerak. Va nihoyat, yaxshi dasturlash tili yana bir nozik sifatga ega bo'lishi kerak: biz uni ishlatganda o'zimizning a’zoimizdek his qilishimiz kerak. Bu aynan C# tilidir. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling