Quyida keltiriladigan usullar qurilmaga to`g`ridan-to`g`ri
konsol kabel orqali
ulanishni ko`zda tutadi. Shuning uchun ham qurilma joylashgan xonaga faqat kirish
huquqiga ega foydalanuvchilar kirishi, xavfsizlik nuqtai nazaridan e`tiborga olinishi
kerak.
Ushbu metodikalarning mohiyati quyidagicha:
paroli unutilgan yoki yo`qolgan konfiguratsion
faylsiz qurilmaning
sozlamalariga imtiyozli rejimda (Privileged EXEC) kirish
va konfiguratsion faylni
almashtirish orqali barcha parollarni o`zgartirish.
4–LABORATORIYA ISHI
MAVZU: REZERVLASH PROTOKOLLARI-STP, PVSTPNI SOZLASH.
Ishdan maqsad: STP (spanning-tree protocol), RSTP protokollari
sozlash va
ishlash tamoyillari bo`yicha amaliy ko`nikmaga ega bo`lish.
Nazariy ma’lumot
STP protokoli OSI modelining kanal pog`onasi protokoli bo`lib, IEEE 802.1d
standartida asosida tavsiflangan. STP protokoli 1985
yilda Radia Perlman
tomonidan ishlab chiqilgan. Protokolning quyidagi spetsifikatsiyalari mavjud:
PVSP+, RSTP, MSTP, SPM.
STP protokolining asosiy maqsadi Ethernet tarmog`idagi ixtiyoriy
topologiyada bir-biriga bog`langan bir nechta kommutatorlar o`rtasidagi kanalda
pet (petel) hosil bo`lishini oldini olishga qaratilgan. STP protokoli tarmoqda
kommutatorlar bir-biri bilan bog`lanishlarning mantiqiy daraxtini yaratishga
asoslangan.