1- laboratoriya ishi Mavzu: Tizim obyektlarini tanlash va taxlil qilish. Biznes tahlillash ob’ekti: “Konserva zavodi”


Download 200.36 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi200.36 Kb.
#195460
Bog'liq
1-tajriba


1- laboratoriya ishi

Mavzu: Tizim obyektlarini tanlash va taxlil qilish.

Biznes tahlillash ob’ekti: “Konserva zavodi” .

Maqsad: “Konvesva zavodini” ishlab chiqarish sohasini optimallashtirish, tabiiy bazaviy resurslar foydalanish, istemolchilarga yetkazib berish va uni saqlash sharoitini yaxshilash, loyiha uchun dastur ishlab chiqish.





Konservalanish jarayoni

Nazariy ma’lumotlar

Tizim - yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida ham yaxlit, xam o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatuvchi elеmеntlar (ob'еktlar) majmuasi tushuniladi. Dеmak,har qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo’lida xizmat kiladi. Masalan, sizga ma'lum bulgan shahar tеlеfon tarmoqlari tizimi, insondagi yurak qon-tomir tizimi, asab tizimi va boshqalar sun'iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo’la oladi. Ularning har biri tizimga qo’yiladigan barcha shartlarga javob bеradi, ya'ni, xar biri o’ziga xos yagona maqsad yo’lida faoliyat ko’rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elеmеntlardan iborat.

Tizim tashkil qilinishiga qarab uch turga bo’linadi: 1.Tabiy; 2.Sun’iy; 3.Aralash;

Tabiy tizim – bu inson aralashuvisiz sodir bo’ladigan tizim hisoblanib, u tabiat tomonidan oldindan mavjud bo’lgan va bundan keyin ham mavjud bo’ladi.

Sun’iy tizim – bu insoniyat tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan tizimlardir. Ushbu tizim insoniyat evolutsiyasini shakllanish jarayonida vujudga kela boshlagan va hozir ushbu tizimga juda ko’plab misollar topishimiz mumkin.

Jadval 1.1. Tizimlarning sinflanishi



Tabiy

Sun’iy

Aralash

Quyosh tizimi

Xizmat ko’rsatish tiz.

Quyoshdan batareyalar

Eko tizim

O’qitish tizimi

Shamol tegirmonlari

Qon aylanish tizimi

Isitish tizimi

Sug’orish tizimi

Nafas olish tizimi

Operatsion tizim

Dori ishlab chiqarish

Biologik tizim

Axborot tizimi

GRES

Ob-havo tizimi

Hukumat tizimi

GES

Aralash tizim – bu inson va tabiat o’rtasida vujudga keladigan tizim hisoblanadi. Bunda insonlar tabiy resurslardan o’z maqsadlari yo’lida foydlanadilar.

Tizim tushunchasi juda xam keng tarqalgan termin bo'lib, juda xam ko'p ma'noni anglatadi. Ko'p xollarda texnika vositalari va dasturlari yig'indisiga “TIZIM” deb ataladi.


  • Tizim tushunchasiga “axborot” so'zini qo'shsak u holda “tizimning” yaratilish maqsadi va ishlash printsipi tushuniladi.

  • Axborot tizimi foydalanuvchilarga istalgan muxitdagi axborotlarni saqlash, qayta ishlash, qidirish imkonini yaratadi. Axborot tizimi deb oldinga qo'yilgan maqsadga erishish uchun axborotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish metodlari va vositalari yig'indisiga aytiladi.

Berilgan masalani yechish uchun avvalambor uning tuzilishini, qanday funksional bloklardan va qismlardan tashkil topganligi hamda alohida elementlar orasidagi bog’liqliklar tahlil qilinishi lozim.

Funksional bo’linish deganda biron-bir masalani hal etishda vazifaga bog’liq bo’lgan funksiyalarning aspektlari tushuniladi. Funksional bo’linishda turli strukturalarni, shular qatorida prinsipial, strukturali va funksional chizmalarini olib ularni o’zgartiradi yoki qo’shimcha kiritadi.



Funksional bo’linishda har bir loyihaning bo’limchasi alohida-alohida yig’ilib bir butunligkni tashkil qiladi. Bu holatni biz ierarxik holatga o’xshatsak bo’ladi. Daraxtning ildizi qilib yakuniy loyiha olinsa, qolgan har bir aspektlari bu loyihani tashkil etuvchi bo’limchalar hisoblanadi. Bu bo’limchalar esa o’z navbatida yana bo’limchalardan tashkil topishi mumkin bo’ladi va har bir bo’limchani o’zini undan so’ng turgan bo’lim uchun ierarxiyaning ildizi deb tushunsak bo’ladi. Bu bo’linish jarayonini toki ohirgi elementning oddiy elementli bloklar holatiga kelguncha takrorlash mumkin bo’ladi. Bunday o’rganish ko’rilayotgan loyihani chuqurroq tushunishga, kamchiliklarini va ketadigan harajatni topishga ko’maklashadi.

Rasm 3.1. Funksional bo’linish
Loyihalashtirish jarayonida loyihaning yaratilishgacha bo’lgan barcha holatlarini ko’rib chiqish kerak bo’ladi. Loyihlash turli bosqichlarga, jarayonlar va bo’limlarga bo’linadi. Ba’zi bir murakkab loyihalarni rejalashtirishda quyidagi asosiy bosqichlar bosib o’tiladi:

  • ilmiy-tadqiqot ishlari;

  • amaliy-konstruktiv ishlar;

  • texnik loyihalash;

  • “homaki” loyiha;

  • testdan o’tkazish.

  • Tadbiq etish

Coca-cola ichimligini bozorda talab va taklifni o’rganish orqali tahlil etish, biznes rejalarni ishlab chiqish rejalarini aniqlashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlariga talabning pasayish tendentsiyasi kuzatilayotgan korxonalarda mahsulotlarning turini almashtirish, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni o’zlashtirish, bozordagi raqobat muhitida sifatni yaxshilash hamda tannarxni kamaytirishga qaratilgan chora tadbirlarni ko’zlagan holda amalga oshiradi.


Zamonaviy tizimlarni ishlab chiqish jarayonining yana bir o’ziga xos jihati shundaki, ishlarni bajarish uchun vaqt yetishmaydi. Agar tarmoq tizimlarning chegaraviy topshirish muddatlari bir-biriga yaqin bo’lsa, ishlab chiqish jarayonining uzluksizligini ta’minlash hayotiy muhim zaruratga aylanadi.

Mustaqillika erishgandan so’ng xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar kuchaydi. Xorijdan kelgan mahsulotlar mahalliy mahsulotlarga raqobatdosh bo’lgani bois, buyumlar dizayniga e’tibor beriladigan bo’ldi.
Download 200.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling