1- laboratoriya ishi noma’lum tarkibli aralashmani tahlil qilish Laboratoriya ishidan maqsad
Download 20.65 Kb.
|
1-laborotoriya ishi
1- LABORATORIYA ISHI Noma’lum tarkibli aralashmani tahlil qilish Laboratoriya ishidan maqsad: texnika xavfsizligi bilan tanishish, to’qimachilik tolalarini turli usullarda tahlil qilish imkoniyatlarini o’rganish. Laboratoriya mashg’uloti uchun kerakli jihozlar: quritish shkаfi, suvli hаmmоm, probirka, pipetka, stakan, elektroplita. Laboratoriyada amaliy tajribalar o‘tkazishda turli xil kimyoviy moddalar (yonuvchan, zaxarli, kuchli kislota, ishqorlar va x.k.) bilan ishlashga to‘g‘ri keladi yoki bunday moddalar ishga taalluqli bo‘lmasa ham laboratoriyada bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ishni boshlamasdan oldin, bajarilishi lozim bo‘lgan ish mazmunini puxta o‘rgangan holda quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilish va biror baxtsiz xodisa ro‘y bersa, tezda birinchi yordam choralarini ko‘rish, so‘ng tibbiy yordam olish lozim bo‘ladi. 1. Oson o‘t oluvchi uchuvchan moddalar bilan bajariladigan tajribalarni o‘tdan uzoqroqda, imkoni bo‘lsa mo‘rili javonda bajarish, hamda bunday moddalarni alangadan uzoqroqda saqlash kerak. 2. Zaxarli va badbo‘y moddalar bilan qilinadigan ishlarni mo‘rili javonda o‘tkazing. 3. Probirkaga biror narsa solib qizdirayotganingizda uning og‘zini o‘zingizga va yoningizda turgan kishiga qaratib tutmang. 4. Kuchli kislota va ishqorlar bilan ishlashda ularni bir idishdan ikkinchisiga quyishda nihoyatda ehtiyot bo‘lish kerak. Kislotalarni suyultirishda (ayniqsa sulfat kislotasini) ularni suvga oz-ozdan quyish kerak. 5. Suyuqlik qizdirilayotgan idishni ustiga engashib qaramang, chunki suyuqlik ba'zan sachrab ketishi mumkin. 6. Kislota ta'sirida kuygan joyni avval yaxshilab ko‘p miqdordagi suv bilan yuviladi, so‘ngra natriy bikarbonatni 3 foizli eritmasi bilan yuvish kerak. Ishqor ta'sirida kuygan joy avval suv bilan, so‘ng sirka kislotasining 1 foizli eritmasi bilan yuviladi. Agar kuchli kislota yoki ishqorning konsentrlangan eritmalari to‘kilsa, u xolda yuqoridagi choradan so‘ng kuygan joyga kaliy permanganatning eritmasida xo‘llangan paxta qo‘yib bog‘lash lozim. 7. Agar biror yonayotgan suyuqlik stol ustiga yoki polga to‘kilib ketsa, uni darxol qum sepib o‘chirish zarur. Agar ish vaqtida o‘t chiqib ketsa, darxol ishni to‘xtatib, elektr asboblarini tarmoqdan uzish, gaz kranlarini berkitish, yonayotgan sprit lampalarni o‘chirish lozim. Oson alangalanuvchi suyuqliklar o‘t olib ketganda unga suv sepish yaramaydi, bunda alanga qum yoki o‘t o‘chirgichdan foydalanib o‘chirilishi kerak. 8. Agar kishining biror уeri alangadan yoki qaynoq suvli eritmadan kuysa, kuygan joyni 0,5 foizli kaliy permanganatning eritmasi yoki etil spirt bilan ko‘p marta xo‘llab yuvish kerak. 9. Zaxarlanib qolganda yoki kuygan chog‘da birinchi yordamdan so‘ng darxol vrachga murojaat qilish kerak. Shuni doim yodda tuting: - alangaga befarq munosabatda bo‘lish va chekish yong‘in chiqishiga, hattoki portlashga sabab bo‘lishi mumkin; - texnika xavfsizlik qoidalarini buzish faqat o‘zingizni emas, balki ko‘pchilikni baxtsiz xodisalarga uchrashlariga sabab bo‘lishi mumkin Download 20.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling