1- laboratoriya ishi noma’lum tarkibli aralashmani tahlil qilish Laboratoriya ishidan maqsad
Download 20.65 Kb.
|
1-laborotoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi: 1-Topshiriq. Tolalarni koloristik usul bilan farqlash
- 2-Topshiriq. Tolalarni yondirish usul bilan farqlash
- Nazorat ishi
Umumiy ma’lumot: Kelib chiqishi bo‘yicha barcha ma’lum tolali materillar ikki guruhga bo‘linadi: tabiiy va kimyoviy. Bevosita tabiiy materiallardan olinadiganlarga tolalar tabiiy tolalar deyiladi. Ular asosan organik va ayrim hollarda mineral tabiatli bo‘ladilar. O‘z o‘rnida organik tolalar yana ikki guruhga: jonivorlardan olinadigan va o‘simliklar asosidagi tolalarga bo‘linadi, bular paxta, len, pelka, jut, rami va jun, tabiiy ipak. Bu tolalar tola hosil qiluvchi polimerlar bo‘yicha sellyulozali va oqsilli bo‘ladi. Mineral tola guruhiga texnika sohasida ahamiyatli hisoblangan asbest kiradi.
Tоlаli mаtеriаllаrning kimyoviy хоssаlаri, ulаrning kimyoviy rеаgеntlаr tа’sirigа bo‘lgаn munоsаbаti bilаn bаhоlаnаdi. Mаtеriаllаr хоssаlаrini bilish esа gаzlаmаlаrni pаrdоzlаshdа qo‘llаnilаdigаn tехnоlоgik jаrаyonlаr shаrоitini to‘g‘ri tаnlаsh imkоnini bеrаdi. Tоlаlаrni bir-biridаn fаrqlаshni kimyoviy, yondirish, kоlоristik vа mikrоskоpik usullаri mаvjud. Ishni bajarish tartibi: 1-Topshiriq. Tolalarni koloristik usul bilan farqlash Jun va ipak tolasini aniqlash. 2 ta alohida probirkaga jun va tabiiy ipak namunalaridan solinadi, ularning ustiga 5 % li o’yuvchi natriy eritmasidan 5 ml quyilib probirkalar suv hammomida to tolalar erib ketgunga qadar qaynatiladi. Probirkalar sovigandan keyin ularga 30 % li qo’rg’oshin atsetat eritmasidan tomchilatib quyiladi. Jun tolasi solingan probirkada qo’ng’ir rangli cho’kma hosil bo’ladi yoki eritma qo’ng’ir rangga kiradi. Ipak tolasi solingan probirkada oq cho’kma hosil bo’ladi. 2-Topshiriq. Tolalarni yondirish usul bilan farqlash Tolalarni ochiq olovda yondirish orqali ularni qaysi sinfga mansub ekanligini aniqlash mumkin. Alohida tolalar ozgina miqdorda olinib yondirib ko’riladi va har bir tolaning yondirish mahsulotlaridan chiqayotgan xid va yongandan keyingi qolgan qoldiq haqidagi ma’lumotlar ishchi daftarga yoziladi. Paxta va viskoza tolalari - intensiv yonadi; kuygan qog’oz hidi keladi; och kul rangli kul hosil bo’ladi Jun va tabiiy ipak – sekinlik bilan yonadi; kuydirgan kalla hidi keladi; qora rangli, mo’rt, ishqalaganda tez kukun holiga o’tadigan sharik hosil bo’ladi. Atsetat va nitron tolalari – atsetat yondirilganda sirka kislotasining hidi keladi, nitronda xarakterli hid hosil bo’lmaydi; tolalar tez yonadi va eriydi; qattiq sharik hosil bo’ladi. Kapron va lavsan tolalari – biror xarakterli hid hosil qilmaydi; alanga hosil bo’lmaydi; tola eriydi va uni cho’zib uzun ip hosil qilish mumkin; qattiq sharik hosil bo’ladi. Nazorat ishi: Laborant tomonidan tayyorlangan va talaba uchun noma’lum tarkibli tolalar aralashmasining tarkibi yuqoridagi uslublar yordamida aniqlanadi. Download 20.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling