4- amaliy mashg‘ulot


Download 52 Kb.
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi52 Kb.
#1012907
  1   2
Bog'liq
4-amaliy mashg\'ulot (1)

4- AMALIY MASHG‘ULOT


Ismdan ot yasovchi affikslar paradigmasi.
Reja:

  1. Ismdan ot yasovchi affikslar.

  2. Otlarda kichraytish, erkalash shaklini yasovchi affikslar.

  3. Serununm va kammahsul ot yasovchi affikslar.



Ishdan maqsad: Talabalarga o’zbek tilining tarixiy grammatikasi predmeti manbalari haqida ma’lumot berish bilan bir qatorda, uning xalqimiz ma’naviy merosining ajralmas mulki ekani, manbalarning o’zbek adabiy tilining tarixiy normasini belgilanishidagi ahamiyati, ularning uslubiy xususiyatlari va ularda fonetik leksik grammatik xususiyatlarning aks ettirilishi haqida ta’lim berish.
Eski oʻzbek tilida asosan quyidagi ikki usul bilan ot yasalgan: 1) morfologik usul (affiksatsiya); 2) sintaktik usul (kompozitsiya).
Sintaktik usul bilan ot yasalishi hozirgi oʻzbek tilidan deyarli farqlanmaydi. Masalan: qarabash, shabchıragʻ, almabash, chaqırqanāt, temurqanāt, ichkuyär, tash kѳŋul, tash bagʻır, ogʻul-qiz, ata-ana, agʻa-ini, urush-toqush.
Eski oʻzbek tilida yasama otlarning asosiy qismini morfologik usul, yaʻni affiksatsiya yoʻli bilan yasalgan otlar tashkil etadi. Yasama otlarning qanday maʻno ifodalashi ularning qaysi soʻz turkumidan qanday affiks bilan yasalishiga bogʻliq. Ot yasovchi affikslar qaysi soʻz turkumidan ot yasashiga koʻra dastawal quyidagi ikki guruhga boʻlinadi: 1) ismdan ot yasovchi affikslar; 2) feʻldan ot yasovchi affikslar. Otlarda kichraytish, erkalash shaklini yasovchi affikslar ham birinchi guruhga kiradi.
Ismdan ot yasovchi affikslar
-lıq /-lik // -lıgʻ /-lig affiksi ismdan ot yasovchi mahsuldor affiksni tashkil etadi. Tarkibida (oxirgi boʻgʻinida) lab unlisi boʻlgan soʻzlarga lab uygʻunligi talabiga koʻra bu affiks -luq /-lük // -lugʻ /-lüg koʻrinishida qoʻshiladi: qushluq //qushlugʻ, dostluq // dostlugʻ, kѳrklük //kѳrklüg, sevüklük// sevüklüg kabi. Lekin bu qonuniyatga hamma vaqt ham amal qilinavermagan, yaʻni tarkibida lab unlisi boʻlgan soʻzlarga baʻzi oʻrinlarda bu affiksning -lıq/-lik //-lıgʻ/-lig shakllari ham qoʻshilavergan: qushluq//qushlıq, dostluq//dostlıq, kѳrklük//kѳrklik, sevüklük// sevüklik kabi.
Bu affiks oxiridagi undoshning jarangli (gʻ,g) yoki jarangsiz (q,k) holda kelishi tarixan maʻno farqlash bilan bogʻliq boʻlgan, yaʻni jarangsiz undosh bilan kelgan -lıq /-lik//-luq /-lük shakllari ot yasash uchun, jarangli undosh bilan kelgan -lıgʻ/-lik //-lugʻ/-lüg shakllari sifat yasash uchun xizmat qilgan. Bu hol “Devonu lugʻatit-turk”da ham aks etgan. Mahmud Koshgʻariy ham bu hodisaga alohida eʻtibor berib, XI asr tilida ushbu affiksning jarangsiz [q, k] undoshlari bilan kelgan shakllari ot yasash uchun, jarangli [gʻ,g] undoshlari bilan kelgan shakllari sifat yasash uchun xizmat qilishini uqtirgan (MK, 1-tom, 167, 459-460,467-486-betlar.
Keyinchalik bu affiksning jarangli va jarangsiz shakllari oʻrtasida maʻno farqlash xususiyati yoʻqolgan. Masalan, eski oʻzbek tilida jarangli va jarangsiz shakllari ot yasashda ham, sifat yasashda ham baravar qoʻllanavergan. Qiyoslang: Yaxshılıq qıla almasaŋ (Navoiy, MQ) — Yaxshılıgʻnı bilmässeŋ (Navoiy, MQ).
1. Mavhum tushunchani ifodalovchi ot yasaladi. Bu maʻno asosan mavhum tushunchani bildiruvchi otlar yoki sifatlarga qoʻshilganda anglashiladi: Salāmatlıq bolsun sizlärgä (Tafsir).
2. Aniq tushunchani bildiruvchi otlarga qoʻshilganda, burch, vazifa, aloqadorlik, munosabat kabi maʻnolarni ifodalovchi ot yasaladi: Farzandlıgʻ tarxını salıb (Navoiy, FSH). Ahbāb, yigitlikni gʻanimat tutuŋuz (Navoiy, MQ).
3. Shaxs otlariga qoʻshilganda, kasb, hunar, mansab maʻnosini ifodalovchi ot yasaladi: Mavlānā Zulāliy... gʻazalfurushluq qılur (Navoiy, MN). Saŋtarāshlıq qılur (BN).
4. 0ʻrin bildiruvchi otlarga qoʻshilganda, shu oʻringa aloqadorlikni, munosabatni ifodalovchi ot yasaladi: Qalgʻanın makkalıgʻlargʻa xayr qıldı (Tafsir).
Quyidagilar ham ismdan ot yasovchi mahsuldor affikslarni tashkil etadi:
-chı/-chi affiksi otga qoʻshilib kasb, hunar maʻnosini ifodallovchi ot yasaydi: Qoychı anlargʻa aydı (Tafsir). Temürchi temürni chıqardı (NF).
-chi/-chi affiksiga -lıq/-lik qoʻshilishi bilan hosil boʻluvchi -chılıq/-chilik affiksi otga qoʻshilib, kasb, hunar, mansab kabi maʻnolarni ifodalovchi ot yasaydi: Musānı qoychılıqgʻa tutdı (Tafsir). Ul umrı ichindä... elchilik qılmamısh bolsun (NF).
Ayrim hollarda -chılıq/-chilik affiksi tarkibiy qismlarga ajralmaydigan bir affiks sifatida tasavvur qilinadi. Qiyoslang: Ul vilayat xalqınıŋ iich hissası dehqanchılıq bilä tiriklik qılsalar, ... (Furqat).
-chi/-chi affiksining feʻlga qoʻshilib ot yasalishi ham uchraydi: Sen husn eliniŋ xanı -sen-u banda tilänchi (Lutfiy).
-dash/-däsh (-tash/-täsh) affiksi otga qoʻshilib, birgalik, yaqinlik kabi maʻnolarni ifodalovchi ot yasaydi: Qoldashlarım meni ash, etmäk algʻalı ızdılar (Tafsir).
Ismdan ot yasovchi -duq, -chuq/-chiik, -suq/ -sugʻ,-kän, -sul kabi bir qator affikslar kammahsul boʻlib, ayrim soʻzlar tarkibidagina uchraydi. Masalan: Arqa orunduqı üzä olturub, teväni tuta bilmes (QR). Burunduqı ham dāna yinjulardın tiziklik turur (NF).

Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling