4- amaliy mashg‘ulot


Otlarda kichraytish, erkalash shaklini yasovchi affikslar


Download 52 Kb.
bet2/2
Sana28.12.2022
Hajmi52 Kb.
#1012907
1   2
Bog'liq
4-amaliy mashg\'ulot (1)

Otlarda kichraytish, erkalash shaklini yasovchi affikslar. Bunday shakllar yozuv yodgorliklarida kam qoʻllangan boʻlib, ayrim soʻzlar bilangina ishlatilgan. Bulardan quyidagilami koʻrsatish mumkin:
-chaq/-chäk tubuchak (Navoiy, ML) — otning kichkinasi, kelinchek (Furqat).
-(l)aq taylaq (Sangloh). Kiyikniŋ ogʻlaqı (Sakkokiy).
-cha/-chä Bir qaz keldi, ul bagʻcha ichindä qondı (NF).
-chuq — Ul sut emär tilsiz ogʻlanchuq faryād qıldı (QR);
-(e)ch bekäch (bu shakl yuqori tabaqaga mansub boʻlgan ayol maʻnosidagi bekä soʻzidan yasalgan boʻlib, sevikli, hurmatli qiz yoki fuqaro qizi maʻnosini bildiradi): Ishq ki bolsa yāmān-u yaxshıdın, ey keŋiil // yoq tafavut gar bekäch bolsa va yaxud gar mirak (Navoiy).
Tezkor savol-javoblar

  1. Ismdan ot yasovchi mahsuldor affiks qaysi?

  2. Ismdan ot yasovchi kammahsul affikslarni ko’rsating.

  3. Qaysi affiks bilan harbiy va saroy lavozimlarini bildiruvchi ot yasaladi?

MASHQ
1-mashq.
Qapulugʻ erdi, achqıch yoq erdi (0ʻN). Ushbu gapdagi yasovchi affiksni aniqlang va misollar keltiring.
2-mashq.
Feʻl oʻzagidan anglashilgan ish-harakatning jarayonini, natijasini ifodalovchi ot yasovchi affiks qaysi? Hozirgi o’zbek tili bilan taqqoslang.
3-mashq.
Alisher Navoiyning “Muhokamatul lugʻatayn” asarida qo’llangan harbiy va saroy lavozimlarini bildiruvchi ot yasalishiga misollar keltiring.
Topshiriqlar.

  1. Yozuv yodgorliklaridagi kammahsul ot yasovchilar qatnashgan so’zlarni to’plash.

  2. Grammatik va mantiqiy ko’plikni misollar orqali tushuntiring.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

  1. Rahmonov N. , Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. –Toshkent, 2009.

  2. Баскаков Н. Тюркские языки. - М., 1960.

  3. Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. – T., 1973.

  4. Marsel Erdal. A grammar of old Turkic. –Brill. 2004.

  5. Abdurahmonov G‘. Qadimgi turkiy til. –Toshkent, 1992.

Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling