1 – laboratoriya ishi temir yo‘llar tuzilishi va elementlarini o‘rganish Ishning maqsadi


Relsni shartli belgilanishining misollari


Download 1.96 Mb.
bet2/5
Sana06.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1169733
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 lab

Relsni shartli belgilanishining misollari

R65 tipli, kategoriyasi Т1, М76Т markali po’latdan ishlangan, relsni ikki uchida ham bolt uchun uchta teshiklari mavjud 25 m uzunlikdagi rels

Rels Р65-Т1-М76Т-25-3/2 GOST Р 51685-2000

Р75 tipli, kategoriyasi Т2, E76F markali po’latdan ishlangan, relsni ikki uchida ham bolt uchun ikkita teshiklari mavjud 25 m uzunlikdagi rels

Rels Р75-Т2-E76F-25-2/1 GOST Р 51685-2000

Harakatdagi tarkibning chayqalishini kamaytirish maqsadida osma (elastik) ulash usulida ikkalla temir yo’l izlari bir-biriga nisbatan juda aniqlik bilan joylashgiriladi. Nakladkalar relslarning uchlarini bir-biri bilan ulash uchun ishlatilib, ular yassi burchakli, fartukli (peshbandli) ko‘rinishda bo‘ladi.


Kontaktli (tashqari manbadan tok oladigan) elektrovozlar yordamida yuk tashiladigan hollarda ikki relsning uchlari nakladka orqali ulashdan tashqari maxsus peremichka - tok o‘tkazuvchi sim yoki yassi metall orqali ham ulanadi, bu holda shu peremichkani tok o‘tishga qarshiligi 18 kg/m li relslar uchun - 0,00024 Om va 24 kg/m li relslar uchun esa - 0,00025 Om dan oshmasligi kerak.
Relsli yo’llarining kengligi (koleya) deb rels boshining ichki qirralari orasidagi masofaga aytiladi, koleya mm ga teng.
Yer osti konlaridagi yo’llarning kengligi (Sp) 600, 750 va 900 mm ga teng. Yo‘llarning burilish joylarida yo’l koleyasi 5 mm dan 15 mm gacha kengaytiriladi.
Poyezdlarning normal harakatini ta’minlash uchun yo’lning koleyasi (Sp) bilan g’ildiraklar juftligi orasidagi masofa (SK) ning farqi 10 mm gacha bo‘ladi (x=10 mm), ya’ni
X = Sp – Sk (1)
Alohida vagon va tarkiblarning harakat jarayonida muvozanat holatini to‘la ta’minlash uchun yo‘lning egri chiziqli qismida yo’lning tashqi tomonidagi rels, ichki relsga nisbatan balandroq o’rnatiladi (4 – rasm).



4-rasm. ni aniqlash sxemasi
Tashqi relsning ichki relsga nisbatan balandlik qiymati quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.
, m (2)
bu yerda, -harakat tezligi, m/s;
Sp- temir yo‘lning kengligi, m;
R - egrilik radiusi, m;
- ko‘ndalang qiyalik burchagi, grad.
g - yerning tortish kuchining tezlanishi, m/s2.
(2) ifodadan ko‘rinib turibdiki, tashqi rels balandligining qiymati poyezd tezligining kvadratiga va temir yo‘l izining kengligiga to‘g’ri proporsionaldir.
va Sp ning qiymatlarini galma-galdan o‘zgartirib bog’liqlikni Sp=sonst deb aniqlash va grafigini chizish mumkin. Yo‘l egriligi radiusining qiymatini quyidagicha aniqlash mumkin.
a) 1,5 m/s bo‘lganda, R 7Sb
b) >1,5 m/s bo‘lganda, R 10Sb.
Strelkali o‘tkazgich (yo‘ldan-yo‘lga o‘tkazuvchi qurilma) – temir yo’l izlarini bir-biri bilan ulash va poyezdlarni bir yo‘ldan ikkinchi yo‘lga o‘tkazish uchun xizmat qiladi. Strelkali o‘tkazgich tuzilishi 5-rasmda ko‘rsatilgan.



a) b)

5-rasm. a). Poyezdlarni bir yo’ldan boshqa yo‘lga o‘tkazuvchi qurilma (strelkali o‘tkazgich):1- ramali rels; 2-o‘tkir uchli rels(ostryak); 3-tortkich (tyaga); 4-o‘tkazuvchi egri relslar; 5-o‘tkazuvchi mexanizmning shtangasi (yuki); 6-tayanch yostiqchasi; 7-krestovina; 8-kontrrels. b) Strelkali o’tkazgich turlari.


Strelkali o‘tkazgichlarning oddiy bir tomonlama o‘ng va chap, ikki tomonlama simmetrik va nosimmetrik, bir-birini kesishib o’tgan strelkali syezd, strelkalar ko‘chasi, aylanma va uchburchak shaklidagi kabi turlari mavjud.
Krestovina o’zagi (serdechnik) enining o’zak uzunligiga bo’lgan nisbati krestovina markasi deb ataladi
Krestovinaning markasi quyidagicha aniqlanadi va u kasr sonlar (1/6, 1/9, 1/11, 1/4,5 ) bilan belgilanadi.
,
bu yerda, - krestovinaning burchagi.



6-rasm. Krestovina markasi: 1-usoviklar; 2-zararli bo’shliq; 3-jeloba; 4-krestovina o’zagi; 5-o’zak dumi; 6-matemetik markaz;

Strelkali o’tkazgich krestovina markasi tasviri 6-rasmda, qo’llanish joylari 1-jadvalda ko’rsatilgan.
1 jadval


Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling