3.Ish joyining jixozlanishi
Ishni bajarish uchun ish joyida temir yo‘l, strelkali o‘tkazgichga ega bo‘lgan dastgoh (yoki korxonaning amaldagi stantsiya hududidagi yo’llar), plakatlar, namunalar, rels modellari, o‘lchov asboblari; har xil nuqsonlari bo‘lgan relslar to‘plami bo‘lishi kerak.
4.Tajriba ishini bajarish usuli
Relsning xillari, shpallar va mustahkamlovchi elementlar, strelka o‘tkazgichning alohida elementlari va ularni boshqarish usullari, krestovina markalari o‘rganiladi.
Temir yo’l izining kengligi (Sp), harakat tarkibi g’ildiraklarining kengligi (Sk.), iz kengligini qo‘shimcha kengaygan qiymati va burilishda tashqi relsning ichkari relsga nisbatan balandligi ( h ) o‘lchab olinadi.
Rels namunalaridagi nuqsonlar, ularning kelib chiqish sabablari va ta’mirlash usullari o‘rganiladi.
5.Hisobotning mazmuni
1. Relsli yo‘lning ko‘ndalang kesim eskizi chiziladi.
2. Relslarning texnik tavsifi 2-jadvalda keltiriladi.
3. Shpallarning tavsifi 3-jadvalda keltiriladi:
a) yog’ochli shpal;
b) temirbeton shpal;
4. Strelkali o‘tkazgichning eskizi chiziladi.
5. Strelkali o‘tkazgichning tavsifi 4-jadvalda keltiriladi.
2-jadval
Relsning texnik tavsifi
Rels turi
|
Relsning asosiy o‘lchamlari
|
Ko‘ndalang kesim yuzasi, sm2
|
Rels zvenosining uzunligi, m
|
Rels balandligi, H
|
| | | | |
Do'stlaringiz bilan baham: |