Ishning bajarilish tartibi
Detalning chizmasini o’rganing.
Detalning eskizini bajaring.
Detalni tayyorlash uchun chizmada zarur bo’lgan berilganlar mavjudligini tekshiring.
Ishlanuvchi sirtlarni raqamlar bilan belgilang.
Yakka ishlab chiqarish sharoiti uchun texnologik yo’nalish tuzing.
Taklif etilgan variantni o’qituvchi bilan muhokama qilib, tasdiqlab oling.
Seriyali ishlab chiqarish sharoiti uchun texnologik yo’nalishini tuzing.
Taklif etilgan variantni o’qituvchi bilan muhokama qilib, tasdiqlab oling.
Ommaviy ishlab chiqarish sharoiti uchun texnologik yo’nalishni tuzing.
Taklif etilgan variantni o’qituvchi bilan muhokama qilib, tasdiqlab oling.
Har bir ishlab chiqarishning texnologik xaritalari (hisobot hujjatlari) ni to’lating.
Ishlab chiqarish miqyosiga bog’liq holda texnologik jarayonning tuzilishini o’zgartirish to’g’risida xulosalar chiqaring.
Tekshirish uchun savollar
Texnologik jarayon tushunchasini ta’riflab bering.
Texnologik jarayonning strukturaviy tuzilishi o’z ichiga nimalarni oladi?
Texnologik operatsiyani izohlab bering.
Texnologik operatsiya qaysi tushunchalarni o’z ichiga oladi?
O’rnatish, holat, texnologik o’tuv, yordamchi o’tish, ishchi va yordamchi yurishlarni birma-bir izohlab yoki ta’riflab bering.
Zagotovka turining ishlab chiqarish variantiga bog’liqligi nimadan iborat?
Yakka ishlab chiqarishni qisqacha tavsiflang.
Seriyali ishlab chiqarishni qisqacha tavsiflang.
Ommaviy ishlab chiqarishni qisqacha tavsiflang.
10. Bu ishlab chiqarish turlari biri-biridan qanday farq qiladi?
ADABIYOTLAR
Справочник технолога машиностроителя. Том 1. /под ред. к.е.н. Косилова AГ., Мещерякова Р.К.- M.:-Maшиностроениe,1985.
Долматовский Г.А. Справочнил технолога по обработке металлов резанием. М.: Машгиз, 1982.
Маталин А.А. Texнология механической обработки.-
Л.: Мaшиностроение,1987.
Холиқбердиев Т.У. Maшинасозлик технологияси асослари.(маърузалар матни)-Toшкент,ToshДTУ., 2002.
Do'stlaringiz bilan baham: |