1 – laboratoriya ishi Texnologik jarayonning tuzilishini o’rganish I. Ishning maqsadi: a Texnologik jarayonning tuzilishiga ishlab chiqarish turining ta’sirini o’rganish b «Aylanuvchi sirtlar»


Download 58.71 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi58.71 Kb.
#1625121
  1   2
Bog'liq
1 – laboratoriya ishi


1 – laboratoriya ishi
Texnologik jarayonning tuzilishini o’rganish


I. Ishning maqsadi:

a) Texnologik jarayonning tuzilishiga ishlab chiqarish turining ta’sirini o’rganish.


b) «Aylanuvchi sirtlar» turkumidagi detallarga texnologik jarayon tuzishda talabalarda malaka va ko’nikmalar hosil qilish.


2. Uslubiy va ko’rgazmali qurollar:

a) mazkur laboratoriya ishiga uslubiy ko’rgazmalar.


b) detalning ish chizmasi.
d) «Vallar», «Vtulkalar», «Tishli g’ildiraklar» guruhidagi detallar tayyorlash uchun tipiklashtirilgan texnologik jarayonlar.
e) Turli ma’lumotlar beradigan yordamchi adabiyotlar.

Detalning eskizi


(ko’rgazmali bo’lishi uchun ko’pchilik o’lchamlari ko’rsatilmagan).





1-rasm. Pog’anali valning eskizi

3. Ishi bajarish tartibi


Bu ishni bajarish uchun har bir talaba alohida vazifa oladi - bitta detal uchun 2-3 xil variantda ishlov berish orqali texnologik jarayonlar tuzadi.


(Vazifa qilib yakka, seriyali va ommaviy ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining variantlari berilishi mumkin).
Berilgan detal o’rtacha murakkablikdagi «aylanuvchi sirt» bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
Topshiriqni olgandan keyin, talaba detal chizmasi va texnik talablarni o’rganishi kerak, detal eskizini chizib yoki chizmasini kalka qog’ozga ko’chirib ishlanuvchi sirtlarni I-rasmda ko’rsatilganidek sonli raqamlar bilan belgilab chiqishi kerak. Diametri 6 8 mm doira ichiga joylashtirilgan ishlanuvchi sirtlar raqamli belgilarini eskizda, albatta ketma-ket tartibda soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha joylashtirishi maqsadga muvofiq bo’lib, chiqarilgan belgi chiziqlarining kesishishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Detalning tugallangan eskiziga o’qituvchi imzo qo’yadi.
Bundan so’ng talaba yakka ishlab chiqarish sharoiti uchun texnologik marshrutning xomxki variantini tuzadi. Taklif etilgan variant o’qituvchi bilan birgalikda muhokama qilinadi va kerak bo’lsa, tuzatishlar kiritiladi.
Xuddi shunga o’xshash katta miqdorda ishlab chiqarish sharoiti uchun ham texnologik yo’nalishning varianti ishlab chiqiladi.
Taklif etilgan variantlarni o’qituvchi bilan tasdiqlab olgandan so’ng talaba hisobot tarzidagi qaydnomalarni to’latadi.
Texnologik xaritalarni to’ldirishda quyidagi umumiy qoidalarga rioya qilish kerak:

  1. Operatsiyalar rim raqamlarida, o’rnatuv, pozitsiyalar va o’tuvlar arab raqamlari bilan belgilanadi.

  2. Har bir operatsiya sifat nomi bilan aniqlanadi (ot nomi bilan emas) masalan: frezalash, charxlash (lekin, frezerovka qilish shlifovka qilish, frezerovkalash, shlifovkalash tarzida emas).

  3. O’tuvning mazmunini tavsiflash buyruq maylida ifodalanishi kerak. Masalan: teshik yo’nib kengaytirilsin, ko’ndalang sirt kesilsin (ammo teshik yo’nib kengaytiriladi. Кo’ndalang sirt kesiladi tarzida emas).

  4. O’tuvni tavsiflash, ishlanuvchi sirtlarning raqamli belgilari va mazkur o’tuvdagi ushlanuvchi hamma o’lchamlarni o’z ichiga olishi kerak.

Masalan: I sirtni yo’ning, =60 mm uzunlikda Ø 30-0,1 mm diametrni ushlang.
O’tuvlarning tavsiflash misollarini Долматовский Г.A.ma’lumotnomasining 476-492 betlarida ko’rish mumkin.



Download 58.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling