1 – laboratoriya ishi Tok transformatorlari va relelarning ulanish sxemalarini tekshirish


Download 59.04 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi59.04 Kb.
#1543450
  1   2   3
Bog'liq
1-laboratoriya ishi


1 – laboratoriya ishi
Tok transformatorlari va relelarning ulanish
sxemalarini tekshirish
(ishning davom etishi – 4 soat)


Ishning maqsadi: Tok transformatorlarining (TT) ikkilamchi chulg‘amlariga ulanadigan rele sxemalarini o‘rganish, vektor diagrammalarini tuzish.
Umumiy ma’lumotlar
1.1 – rasmda tok transformatorining sxemasi ko‘rsatilgan. Uning asosiy elementlariga 1 – po‘latdan yasalgan magnit o‘zak, 2 – birlamchi chulg‘am va 3 – ikkilamchi chulg‘amlar kiradi. Nazorat qilinayotgan zanjirga TT birlamchi chulg‘ami ketma – ket ulanadi, ikkilamchi chulg‘amga esa o‘lchov asboblari (1.1a-rasm) yoki rele (1.1b-rasm) ulanadi. Sxemada birlamchi chulg‘amning uchlari «L1» va «L2», ikkilamchi chulg‘amning uchlari esa «U1» va «U2» harflar bilan belgilangan bo‘lib, tokning yo‘nalishlari ham ko‘rsatilgan.

1.1 – rasm. Tok transformatori:
a) ishlash prinsipi; b) sxemalarda belgilanishi
Ulanish sxemalari
Himoya sxemalarida quyidagi 4 ta ulanish sxemalari qo‘llaniladi:
1. To‘liq yulduz (uch fazali, uchta releli);
2. To‘liq bo‘lmagan yulduz (ikki fazali, ikkita releli);
3. Releni toklarning ayirmasiga ulash (ikki fazali, bitta releli);
4. TT ning ikkilamchi chulg‘amlarini uchburchak, releni esa yulduz usulida ulash (uch fazali, uchta releli).
Har bir sxema uchun sxema koeffitsiyenti, ya’ni reledagi tokni TTning ikkilamchi chulg‘amidan o‘tayotgan faza tokiga nisbati aniqlanadi:





To‘liq yulduz sxemasi (1.2 – rasm). Har bir TT ning “U2” chiqishlari umumiy nuqtaga birlashtirilib, “U2chiqishlariga PA rele yoki ampermetr ulanadi, uchta relening umumiy nuqtasi bilan nol sim orqali bog‘lanadi. Bu sxema neytrali yerga zaminlangan tarmoqlarda qo‘llaniladi, shu sxema asosida ulangan himoya qisqa tutashuvning barcha turlariga ta’sir javob beradi. ksx = 1, uchta TT va uchta rele ishtirok etadi. Sxema qimmatroq, lekin ishonchliligi yuqori.

1.2 – rasm. To‘liq yulduz sxemasi
To‘liq bo‘lmagan yulduz sxemasi (1.3 – rasm). Tok transformatorlari A va C fazalarda o‘rnatilgan, ksx = 1. Bu sxema neytrali izolyatsiyalangan tarmoqlarda qo‘llaniladi. Bir fazali qisqa tutashuvlarni bunday tarmoqlarda o‘chirish shart emas. Fazalararo qisqa tutashuvlarni barcha turlarini o‘chira oladi.

1.3 – rasm. To‘liq bo‘lmagan yulduz sxemasi



Download 59.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling