10-ma’ruza. Uch cho‘LG‘amli transformatorlar. Almashtiruv sxemasi va uning parametrlari. Cho‘LG‘amlari bo‘lingan transformatorlar. Almashtiruv sxemasi va uning parametrlari


Download 153.08 Kb.
bet1/2
Sana14.12.2022
Hajmi153.08 Kb.
#1004944
  1   2
Bog'liq
UCH CHO‘LG‘AMLI TRANSFORMATORLAR. ALMASHTIRUV SXEMASI VA UNING PARAMETRLARI.


10-MA’RUZA.
UCH CHO‘LG‘AMLI TRANSFORMATORLAR. ALMASHTIRUV SXEMASI VA UNING PARAMETRLARI.
CHO‘LG‘AMLARI BO‘LINGAN TRANSFORMATORLAR. ALMASHTIRUV SXEMASI VA UNING PARAMETRLARI.
Uch cho‘lg‘amli transformatorlarning almashtirish sxemasi uch nurli yulduz shaklida bo‘lib (3.4.2-rasm) unda RTYU, RTO‘, RTP, XTYU, XTU, XTP, lar YUK, O‘K, PK li cho‘lg‘amlarga tegishli aktiv va induktiv qarshiliklarning birlamchi cho‘lg‘am kuchlanishiga keltirilgan qiymatidir.
Uch chulg‘amli transformatorlarning chulg‘amlari har hil quvvatga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Transformatorlarning nominal quvvati S11 deb, uning ayrim chulg‘amlarining eng katta quvvatiga teng quvvat qabul qiliniladi.
Hozirgi vaqt da ishalb chiqarilayotgan transformatorlarni har qanday chulg‘ami 100% quvvatni o‘tkaza oladi. SHuning uchun, chulg‘amlarning quvvati 100/100/100 bo‘lganda, ekvivalent sxema nurlari qarshiliklarining yuqori kuchlanish tomonga keltirilgan qiymatlari taxminan bir hil deb hisoblash mumkin.



(3.4.12)
Uch chulg‘amli transformatorlarning chulg‘amlarini aktiv va induktiv qarshiliklari ikki chulg‘amli transformatorlar kabi chulg‘amlar juftligi uchun qisqa tutashuv tajribasidan olinadi. Bunda uchinchi chulg‘am salt yurish holatida ishlaydi.
Bu esa, qarshiliklarni hisoblashda uch chulg‘amli tranformatorlarning almashtirish sxemasi ikki ketma-ket ulangan nur deb faraz qilish imkonini beradi.
Aktiv qarshilik. Uch chulg‘amli tranformatorlar uchun ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan eng og‘ir holat,ya’ni qisqa tutashuv tajribasidagi maksimal quvvat isrofi ΔRkt beriladi.
Maksimal quvvat isrofi tok ikki chulg‘am YUK va O‘K yoki YUK va PK orqali okib, uchinchi PK yoki O‘K ga tegishli chulg‘am ochiq qolganda sodir bo‘ladi. Bu holatda (bir faza uchun):
(3.4.13)
Boshqa hollarda qisqa tutashuv quvvat isrofi kamroq. Masalan, O‘K va PK chulg‘amlari qisqa tutashtirilib, tok ularning o‘rtasida teng taqsimlanganda:
(3.4.14)
SHunday qilib, eng og‘ir holat, tok ikki chulg‘am orqali to‘liq oqib, uchinchisi ochiq qolganda sodir bo‘ladi, ya’ni:

Unda (3.4.13) dan
(3.4.15)
Induktiv qarshilik. Uch chulg‘amli transformatorlar uchun qisqa tutashuv kuchlanishi zavod tomonidan nominal kuchlanishga nisbatan har bir juft chulg‘am uchun foiz hisobida beriladi.
Qisqa tutashuv kuchlanishi ikki chulg‘am uchun UK(P-O‘), UK(O‘-P), UK(YU-P) ko‘rsatiladi va chulg‘amlarni o‘zaro joylanishiga bog‘liq bo‘ladi. Kuchlanish UK(P-O‘) O‘K chulg‘amini qisqa tutashtirilib, transformator YUK tomonidan taminlangan holda topiladi. UK(YU-P) PK chulg‘am qisqa tutashtirilib, transformator YUK tomonidan taminlanganholda aniqlanadi: UK(O‘-P) past kuchlanish chulg‘am qisqa tutashtirilib, transformator O‘K tomonidan taminlangan holda aniqlanadi, unda
uK(YU-O‘)=uKYU+uKO‘
uK(O‘-P)= uKYU+uKN uK(O‘-P)= uKO‘+uKP (3.4.16)

(3.4.16) tenglamalarini birgalikda echib, har bir nur uchun qisqa tutashuv kuchlanishini (foiz, %, hisobida) topamiz:
uKYU=0,5 (uK (YU-O‘)+uK (YU-P)-uK (O‘-P))
uKO‘= 0,5 (uK (YU-O‘)+uK (O‘-P)-uK (YU-P) (3.4.17) uKP=0,5 (uK (YU-P) +uK (O‘-P)- uK (YU-P))

Endi uch chulg‘amli transformatorlarni iiduktiv qarshiliklari qisqa tutashuv kuchlanishning bu qiymatlariga asosan har bir nur uchun alohida (3.4.17) bo‘yicha topiladi:



(3.4.18)

Bu qarshiliklar hisoblashni qulaylashtiradigan shartli qiymatni ifodalaydi. Agarda boshqa ikki chulg‘am orasida joylashgan biron chulg‘am nurini olsak, unda bu nurning qarshiligi qo‘shni chulg‘amlarning o‘zaro ta’siri tufayli doimiy nolga yakin o‘lchamga, yoki katta bo‘lmagan manfiy ma’noga egadir (ya’ni sig‘im qarshiliklari). Amaliy hisoblarda bu manfiy o‘lchamni ko‘pincha nolga teng qilib olinadi.
Uch chulg‘amli transformatorlarning o‘tkazuvchanligi ikki chulg‘amli transformatorlar kabi (3.4.18) va (3.4.11) dan topiladi.



Download 153.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling