10-ma’ruza. Uch cho‘LG‘amli transformatorlar. Almashtiruv sxemasi va uning parametrlari. Cho‘LG‘amlari bo‘lingan transformatorlar. Almashtiruv sxemasi va uning parametrlari


CHulg‘amlari bo‘lingan transformatorlar


Download 153.08 Kb.
bet2/2
Sana14.12.2022
Hajmi153.08 Kb.
#1004944
1   2
Bog'liq
UCH CHO‘LG‘AMLI TRANSFORMATORLAR. ALMASHTIRUV SXEMASI VA UNING PARAMETRLARI.

CHulg‘amlari bo‘lingan transformatorlar.
Biror transformatorga ikki va undan ko‘p genertorlarni, yoki biriga bog‘lanmagan bir hil yoki har hil (ko‘shni klass) kuchlanishli yuklamalarni ulash imkoniyati bo‘lishi uchun pasaytiruvchi podstansiyalarining hozirgi zamon yuqori kuchlanishli transformatorlarini past kuchlanishli chulg‘amlari ikki (yoki undan ko‘p) shaxobchaga bo‘lingan holda tayyorlanadi. CHulg‘amlari bo‘lingan transformatorlarning (3.4.3-rasm) almashtirish sxemasi uch nurli yulduz ko‘rinishiga ega bo‘lib (3.4.4-rasm) unda RP1, RP2, Xp1, Xp2-PKli bo‘lingan chulg‘amning birlamchi keltirilgan aktiv va induktiv qarshiliklaridir. Uch fazali transformatorlarda bo‘lingan chulg‘am shaxobchalari har bir fazada magnit o‘zagini bir tomonida (3.4.3-rasm) bir-birining ustiga joylashadi. SHunday qilib, shaxobchalar boshqa asosiy chulg‘amga nisbatan bir hil induktiv qarshilikka egadir va bularning aktiv karshiligi ham bir-biriga tengdir. Amaliy hisoblarni etarli aniqlik bilan bunday transformatorni umumiy YUK chulg‘am tarafdan taminlangan bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ikki transformator deb faraz qilish mumkin.Har bir PK chulg‘amning quvvati YUK chulg‘ami quvvatining yarmiga, ya’ni transformator nominal quvvatining yarmiga tengdir. SHunday qilib, qarshiliklar esa:
(3.4.19)



3.4.3-rasm. Ikki chulg‘amli, 3.4.4-rasm. CHulg‘amlari bo‘lingan


chulg‘amlari bo‘lingan transfor- transformatorning almashtirish
mator. sxemasi.

CHulg‘amlari bo‘lingan transformatorni past chulg‘amini parallel ulasak, u oddiy ikki chulg‘amli transformator kabi ishlaydi.


Bunda YUKni chiqish joyidagi va PK1, PK2 ning umumiy chiqish joyi orasidagi nominal quvvatga keltirilgan qarshilik RUMUM, XUMUMga teng bo‘ladi.
(3.4.20)
(3.4.20) ni hisobga olganda
bo‘ladi.
Uch fazali bo‘lingan chulg‘amli transformatorlarda magnit aloqaning darajasi oddiy ikki chulg‘amlikdan farq qilib, chulg‘amlarni o‘zakda qanday joylashganiga bog‘liq bo‘ladi. Bo‘lingan chulg‘amlar birining ustiga biri joylashganda bo‘linish koeffitsienti 3.5 ga teng va uch fazali transformatorning qarshiligi:

CHulg‘amlari bo‘lingan transformatorni qo‘llashdan maqsad PK tomonida kattalashtirilgan induktiv qarshilikni olishdir. SHu tufayli PK shinasi tomonidagi qisqa tutashuv quvvati deyarli ikki marta kamayadi, bu ko‘p hollarda tokni chegaralaydigan reaktorlarsiz ishlashga imkon beradi.
Hozirgi paytda uch fazali chulg‘amlari bo‘lingan ikki chulg‘amli transformatorlar 110 va 220 kV kuchlanishlari uchun qabul qiluvchi podstansiyalarning asosiy transformatorlari hisoblanadi
Download 153.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling