1 – laboratoriya ishi yarimo`tkazgichili diodning vax ni aniqlash. Ishning maqsadi


Download 197.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana27.01.2023
Hajmi197.94 Kb.
#1133741
  1   2
Bog'liq
1 Laboratoriya



1 – LABORATORIYA ISHI 
 YARIMO`TKAZGICHILI DIODNING VAX NI ANIQLASH. 
Ishning maqsadi: Yarim o’tkazgichli diodning voltamper xarakteristikasi (VAX)ni 
o’rganish. 
Kerakli asbob va uskunalar: 1) yarim o’tkazgichli diod; 2) kuchlanishni boshqaruvchi 
doimiy tok manbai; 3) milliampermetr; 4) mikroampermetr; 5) voltmetr; 6) potensiometr; 7) kalit 
va ulash simlari. 
QISQACHA NAZARIYA 
Ge yarim o’tkazgichli diodning ishlash prinsipi p-n o’tishning tokni bir yo’nalishda 
o’tkazish va qarama – qarshi yo’nalishda o’tkazmasligiga asoslangan. 
Elektron o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan kristallda p-n o’tishni vujudga keltirish kerak. 
Bunday soha kristall yetishtirish jarayonida aralashma kiritish yoki tayyor kristallga 
kirishma atomlarni kiritish – diffuziyalash bilan vujudga keltiriladi. Tuli turdagi yarim 
o’tkazgichlarning bo’linish chegarasi sohasidagi erkin elektronlar va kovaklarni ketishi 
(rekombinasiyasi) tufayli amalda u dielektrikka aylanib qoladi. 
Yarimo‘tkazgichli diod, uning volt-amper tavsifi, parametrlari, belgilanishi, tuzilishi va 
ishlatilishi Yarimo‘tkazgichli diod deb, ikki elektrodli, asosiy xususiyati bir tomonlama elektr 
o‘tkazuvchanlik bo‘lgan elektron asbobga aytiladi (1-rasm). Yarimo‘tkazgichli diodning boshqa 
electron lampalardan farqi teskari tokning kattaligidir, u vakuumli diod va kenotronlarda deyarli 
bo‘lmaydi. Undan tashqari, to‘g‘ri tok o‘tayotganda, diodda kuchlanish kam pasayadi. 2-rasmda 
germaniy qotishmali diodning tuzilishi keltirilgan. 
1-rasm Yarimo`tkazgichli diodlarning ishlash prinsipi 
2-rasm Germaniy kotishmali diodning tuzilishi 
1-anod uchi; 2-indiy; 3-p-elektr o`tkazuvchi soha; 4-n-germaniyli kristall; 5-vismut, surma va 
qo`rgoshin qotishmali bog`lanish; 6-katod uchi 


3-rasm Yarimo`tkazgichli diodning volt-amper tavsifi. 
Agar dioddan o‘tayotgan tok miqdorini unga berilgan kuchlanishning miqdori va qutbiga 
bog‘liqligini grafik ravishda ko‘radigan bo‘lsak, u quyidagicha tasvirlanadi va u diodning volt-
amper tavsifi deyiladi. 3-rasmda: I to‘q. - dioddan o‘tadigan to‘g‘ri yo‘naltirilgan tokning miqdori; 
I tes. – tokning teskari yo‘naltirilgan qiymati; U to‘q. – to‘g‘ri kuchlanishning miqdori; U tes. – 
teskari kuchlanishning miqdori. Elektron-teshikni o‘tuvchilarining soni bo‘yicha bitta o‘tuvchili 
va uchta o‘tuvchili diodlar bo‘ladi. Uchta o‘tuvchilarga dinistor va tiristorlar kiradi. 
Diodlarning ishlatilishi va ishlash prinsipi bo‘yicha quyidagicha tavsiflash mumkin: detektorli va 
o‘ta yuqori tebranishli o‘zgarti- ruvchi diodlar; impulsli diodlar; 
 kuch diodlari va ventillar; yarimo‘tkazgichli stabilitronlar; aylanadigan diodlar; tunnel diodlari; 
parametrli diodlar (varikaplar); dinistorlar;
tiristorlar; fotodiodlar. Diodlar quyidagicha belgilanadi: D7A – diod: 7 – tartib raqami, D – xillari; 
GB – germaniyli ventil, dinistorlar – KN102A, tiristorlar – KU202V kabi belgilanadi. 
Yarimo‘tkazgichli diodlar kichik, o‘rta va yuqori quvvatli to‘g‘rilagichlarda (vipryamitel), 
rezonansli va parametrik kuchaytirgich (usilitel) va generatorlarda, elektron ulaydigan va 
o‘chiradigan asboblarda hamda sanoat elektronikasining boshqa sxemalarida keng qo‘llaniladi 
Yarim o’tkazgichli diodlar o’zlarining o’lchamlariga, tok kuchiga, kuchlanishga va ishlash 
rejimiga qarab har xil turlarga bo’linadi.
Hozirgi vaqtda kichik toklar (mA) va juda katta toklar (kA)ga mo’ljallangan diodlar ishlab 
chiqilgan va xalq xo’jaligida, texnikada keng qo’llaniladi. 
Yarim o’tkazgichli diodning afzalliklari quyidagilar: o’lchamlari va massalari nisbatan juda 
kichik, uzoq muddatda ishlaydi, mexanik mustaxkam, foydali ish koeffisiyenti yuqoridir. 
Kamchiligi esa uning parametrlarining temperaturaga, yadro nurlariga bog’liqligidadir. 


Yarim o’tkazgichli diod bilan o’tkaziladigan tajriba ikki qismdan iborat. Avval tokni to’g’ri 
kuchlanishga bog’liqligi o’rganiladi, so’ngra teskari tokning kuchlanishga bog’liqligi o’rganiladi. 

Download 197.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling