1 – laboratoriya ishi yarimo`tkazgichili diodning vax ni aniqlash. Ishning maqsadi
Download 197.94 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1 Laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 – mashq: Dioddagi teskari tokning teskari kuchlanishga bog’liqligini o’rganish
- Nazorat uchun savollar
Ishni bajarish tartibi
1 – mashq. Dioddan o’tuvchi to’g’ri tokning to’g’ri kuchlanishga bog’liqligini o’rganish 1. 1 – rasmda tasvirlangan sxema bo’yicha zanjir yig’ing. Tok manbai sifatida 0 dan 10 V gacha bo’lgan tok manbai oling. 2. Kalitni ulashdan avval manbadagi kuchlanishni minimum qiymatga keltiring yoki potensiometrni diodga beriladigan kuchlanish deyarli 0 ga teng bo’lgan vaziyatiga qo’ying. 3. Kalitni ulang, kuchlanishni oshira borib, tok va kuchlanishning qiymatlarini quyidagi jadvalga yozib boring. To’g’ri kuchlanish 0,1 0,2 0,3 0,4 0,5 0,6 0,7 0,8 0,9 1,0 1,1 1,2 1,3 mA 1 – rasm 2 – mashq: Dioddagi teskari tokning teskari kuchlanishga bog’liqligini o’rganish 1.2 – rasmda tasvirlangan sxema bo’yicha zanjir yig’ing, ya’ni 1 – mashqdagi zanjirda diodning ulanish qutblarini almashtiring. 2. Potensiometr surgichni eng chetki, kuchlanishning nolga yaqin vaziyatiga qo’yib kalit ulang. 3. Kuchlanishni 1 V dan oshira borib, unga mos kelgan tok kuchi qiymatlarini quyidagi jadvalga yozib boring. To’g’ri kuchlanish 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 mkA B U , , I B U , , I 2- rasm 4. 1 – va 2 – jadvallardagi natijalardan foydalanib, yarim o’tkazgichli diodning voltamper xarakteristikasining grafigini chizing: ordinata o’qining musbat tomoniga to’g’ri tok va manfiy tomoniga esa teskari tokni mkA larda, abssissa o’qiga esa kuchlanishi V larda qo’ying. To’g’ri tok va kuchlanish qiymatlarini musbat, teskari tok va kuchlanish qiymatlarini manfiy deb hisoblang. 5. Jadvaldagi va ning barcha qiymatlarini millimetrli qog’ozga chizilgan koordinatalar sistemasida nuqtalar vaziyati bilan belgilang, so’ngra bu nuqtalarni silliq egri chiziq bilan tutashtiring, hosil bo’lgan grafik yarim o’tkazgichli diodning voltamper xarakteristikasi bo’ladi. Nazorat uchun savollar 1. Diod nima? 2. p- turdagi yarim o’tkazgich n- turdagi yarim o’tkazgichlardan qanday farq qiladi? 3. Diod tokni nega bir tomonlama o’tkazadi? 4. Diod qanday maqsadlarda ishlatiladi? 5. Diod yordamida o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantirish sxemasini chizing. 6. Yarim o’tkazgichli diodning afzalliklarini aytib bering. 7. Yarim o’tkazgichli diodning kamchiliklarini ko’rsating. I U Download 197.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling