1- laboratoriya Mavzu: Dreamweaver dasturida web-uzel yaratish. Topshiriqlar
Download 21.95 Kb.
|
1-topshiriqa javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Institut haqida
1- laboratoriya Mavzu: Dreamweaver dasturida web-uzel yaratish. Topshiriqlar. Quyidagi mavzular bo’yicha web-sahifa yaratilsin:
Javoblar: 1. Institut haqidaMustaqillikka tengdosh Toshkent kimyo-texnologiya instituti(TKTI) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 6 maydagi 203-sonli Farmoniga binoan sobiq Toshkent politexnika instituti tarkibidagi kimyoviy texnologiya va muhandislik texnologiyasi fakultetlari negizida tashkil topdi. institut o’tgan davr ichida kimyo, oziq-ovqat, neft-gaz, qurilish materiallari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga 10 mingdan ziyod yuqori malakali muhandis texnologlar, ta’lim yo’nalishlari bo’yicha mingdan ortiq bakalavr va 30 ga yaqin mutaxassisliklar bo’yicha magistrlar tayyorlab berdi. Shuningdek, kafedra va ilmiy- tadqiqot laboratoriyalarida bajarilgan katta hajmdagi izlanishlar natijalariga ko’ra 40 dan ortiq fan doktorlari va 138 nafar fan nomzodlari tayyorlandi. Institutda tahsil olgan mutaxassislar respublikamizning hamda ayrim MDH davlatlarining ko’plab hukumat tashkilotlarida va ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida mas’uliyatli lavozimlarda samarali faoliyat ko’rsatib kelyaptilar. Hozirgi kunda TKTI Respublikamiz oliy talim tizimida malakali kadrlar tayyorlab beruvchi yirik tayanch oliy o’quv yurtlaridan biri bo’lib hisoblanadi. O’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya va boshqa ishlarda erishgan yutuqlari tufayli yuqori reyting ko’rsatkichlari bilan oliy o’quv yurtlari orasida munosib etakchi o’rinni egallab turibdi. Institut tarixi O’zbekistonda kimyo, qurilish materiallari, neft-gaz, oziq-ovqat va shu kabi turdosh tarmoqlar sanoat korxonalarining rivojlanishi bilan bevosita bog’liqdir.Sobiq O’rta Osiyo davlat universitetining kimyo fakultetiga qarashli bo’lgan kimyo texnologiya bo’limida 1934 yili birinchi marotaba “Silikatlar texnologiyasi” mutaxassisligi bo’yicha 5 nafar, “Yog’lar texnologiyasi ” mutaxassisligi bo’yicha 7 nafar, “Charm-dubil ekstraktlari texnologiyasi ” mutaxassisligi bo’yicha 3 nafar, 1939 yilgacha 192 nafar injener texnologlar tayyorlandi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti tarixi 1940 yilda kimyo texnologiya fakultetini tashkil etish bo’yicha e’lon qilingan xukumat qaroridan boshlanadi. Institutda tahsil olganlardan 5 nafari O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining akademigidir. Kadrlar tayyorlash dastlab 3 ta mutaxassislikda olib borilgan bo’lsa, hozirgi kunda 10 ta ta’lim yo’nalishida bakalavrlar, 27 ta mutaxassislik bo’yicha raqobatbardosh magistrlar etkazib berilmoqda. Institut tarkibida 5 ta fakultet, 2 ta o’quv – uslubiy markaz, 26 kafedra, ixtisoslashtirilgan litsey, 12 ta ilmiy – tadqiqot laboratoriyalari va «Kimyogar» ilmiy – texnologik parki faoliyat yuritmoqda. Institutda iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash va ularni rag’batlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Yuqori ko’rsatkichlar bilan o’qiyotgan talabalar Prezident va mashhur olimlarimiz Beruniy, Ulug’bek kabi respublika tanlovlarida faol qatnashib kelmoqdalar va sovrinli o’rinlarni egallamoqdalar. Institutimizda faoliyat ko’rsatgan ulug’ olimlarimiz, akademiklar Axmedov K.S., Nabiev M.N., Rustamov X.R, professorlar Niyazov M.I. va Markman A.L. nomidagi hamda tarmoq stipendiyalari ham ta’sis etilgan. Institutda tayyorlangan kadrlar “O’zkimyosanoat”DAK, “O’zneftgaz”MXK, “O’zmevasabzavotuzumsanoat“ xolding, “ O’zyog’moytamakisanoat “, “O’zdonmahsulot “, “O’zqurilishmateriallari“ kompaniyalari va “Sho’rtangazkimyo“ kompleksida etakchi mutaxassis bo’lib samarali faoliyat ko’rsatmoqdalar. Download 21.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling