1- loyiHa Hisob ishi


Download 36.19 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi36.19 Kb.
#1633199
Bog'liq
LHI


1- loyiHa Hisob ishi


1.1a- misol: Tarkibida ___% C, uglerod miqdori bo‘lgan qotishmalarni suyuq holatdan uy haroratigacha sovutganimizda uning tuzilishida (strukturasida) qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? Sodir bo‘lgan fazalarning xarakteristikasini tushuntirib bering.
Ishni bajarish tartibi

  1. Fe-C holat diagramma masshtab bo‘yicha chiziladi va barcha qismlarda mavjud bo‘lgan fazalar belgilanadi (1-ilova)

  2. Berilgan qotishmaning uglerod miqdorini (C=___%) abssisa (uglerodning konsentratsiya) o‘qida belgilab, shu nuqtadan suyuq fazagacha (likvidus AC chiziqgacha) vertikal chiziqni o‘tkazamiz. Vertikal chiziq diagrammadagi chiziqlarni kesishgan nuqtalarini belgilaymiz (________)

  3. 1-nuqtadan yuqori haroratda qotishma suyuq holda bo‘ladi.

  4. 1-nuqtada AC chiziq kesiladi. Qotishmada suyuq fazadan austenit (A) ajralib chiqa boshlaydi. Austenit (A) - uglerodning Feγ dagi qattiq eritmasi. Tarkibida 11470C da - 2,14% uglerod (C), 7270 C da esa 0,83% uglerod (C) bo‘ladi.

  5. 2-nuqtada AE chiziq kesiladi. Qotishmaning hammasi austenitga (A) o’ta boshlaydi.

  6. 3-nuqtada ES chiziq kesiladi. Austenit (A) parchalana boshlaydi va undan sementit (S) ajralib chiqa boshlaydi. Sementit (S) - temir bilan uglerodning kimyoviy birikmasi Fe3C. Tarkibida 6,67% uglerod (C) bo‘ladi.

  7. 4-nuqtada SK chiziq kesiladi. Austenit (A) to‘la parchalanib, perlit (P) ga aylanadi. Natijada qotishma perlit (P) bilan sementit (S) dan iborat bo‘ladi. Perlit (P) ning o‘zi bu ferrit (F) bilan sementit (S) dan iborat bo‘lgan mexanik aralashma. Ferrit (F) - uglerodning Feα dagi qattiq eritmasi. Tarkibida 7270C da 0,08% uglerod (C).

  8. 5-nuqtagacha qotishmada fazaviy o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi.

  9. Fe-C holat diagrammasi bo’yicha xulosa yoziladi.

1.1b - misol: Tarkibida ____% C, uglerod miqdori bo‘lgan qotishmani uy haroratdan suyuq holatgacha qizdirganimizda uning tuzilishida (strukturasida) qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? Sodir bo‘lgan fazalarning xarakteristikasini tushuntirib bering.
Ishni bajarish tartibi
1. Fe-C holat diagramma masshtab bo‘yicha chiziladi va barcha qismlarda mavjud bo‘lgan fazalar belgilanadi (1-ilova).
2. Berilgan qotishmaning uglerod miqdorini (C=____%) abssisa (uglerodning konsetratsiya) o‘qida belgilab, shu nuqtadan suyuq fazagacha (likvidus AC chiqqacha) vertikal chiziqni o‘tkazamiz. Vertikal chiziq diagrammadagi chiziqlarni kesishgan nuqtalarini belgilaymiz (1,2,3,4,5).
3. 5-nuqtada qotishmada fazaviy o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi. Qotishma perlit (P) bilan sementit (S) dan iborat bo‘ladi. Perlit (P) ning o‘zi bu ferrit (F) bilan sementit (S) dan iborat bo‘lgan mexanik aralashma. Sementit (S) - temir bilan uglerodning kimyoviy birikmasi Fe3C. Tarkibida 6,67% uglerod (C) bo‘ladi. Ferrit (F) - uglerodning Feα dagi qattiq eritmasi. Tarkibida 7270 C da 0,03% uglerod (C), 200 C da esa 0,006% uglerod (C) bo‘ladi.
4. 4-nuqtada SK chiziq kesiladi. Perlit (P) – Austenit (A)ga aylanadi. Austenit (A) bu - uglerodning Feγ dagi qattiq eritmasi. Tarkibida 1147 0C da 2,14% uglerod (C), 7270C da esa 0,83% uglerod (C) bo‘ladi. Natijada qotishma austenit (A) bilan sementit (S) dan iborat bo‘ladi.
5. 3-nuqtada ES chiziq kesiladi sementit (S) ning hammasi austenit (A) ga aylanadi.
6. 2-nuqtada AE chiziq kesiladi. Qotishmada austenitdan (A) suyuq faza ajralib chiqa boshlaydi. Natijada qotishma austenit (A) bilan suyuq fazadan iborat bo‘ladi.

  1. 1-nuqtada AC chiziq kesiladi. Austenit (A) hammasi suyuq fazaga aylanadi.

  2. 1-nuqtadan yuqori haroratda qotishma suyuq holda bo‘ladi.

9. Fe-C holat diagrammasi bo’yicha xulosa yoziladi.
Fe-C holat diagrammasini mustaqil ravishda bajarish uchun talabalarga beriladigan qiymatlar







Uglerodning miqdori %

Harorat 0С

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30



3,8
3,7
3,6
3,5
3,4
3,3
3,2
3,1
3,0
2,9
2,8
2,7
2,6
2,5
2,4
2,3
1,6
1,5
1,4
1,3
1,2
1,0
0,9
0,7
0,6
0,5
4,5
4,8
5,0
6,0

800
600
1190
1200
1050
1000
950
920
900
780
750
700
650
600
850
1240
830
820
810
700
770
740
500
600
700
710
1000
980
1200
1300




Download 36.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling