1- ma’ruza: ipakchilik sohasining rivojlanishI
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi haqida
Download 31.78 Kb.
|
1-Ma\'ruza
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi haqida“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 martdagi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora- tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2856-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Qarorga ko‘ra Uyushmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: ozuqa bazasini takomillashtirish bo‘yicha: tarmoqning ozuqa bazasini mustahkamlash, tut qatorlari va tutzorlarni kengaytirish maqsadida sug‘oriladigan er maydonlari ajratish bo‘yicha tegishli davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan o‘zaro samarali hamkorlikni ta’minlash; ipak qurti parvarish qilinmaydigan davrlarda pillaxonalar va tutzorlarda ikkilamchi faoliyatni amalga oshirish hisobiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishni yo‘lga qo‘yish, ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish; ipak qurti urug‘i va pilla etishtirish, tayyorlash va birlamchi qayta ishlash bo‘yicha: Uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga ipak qurtining yuqori mahsuldor zotlarini yaratish, parvarish qilish va sifatli urug‘ ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish; respublika hududlari bo‘yicha pilla etishtirishning prognoz hajmlarini belgilash, pilla tayyorlash va qayta ishlash tashkilotlari bo‘yicha pilla etishtirish uchun buyurtmalarni joylashtirish; sifatli pilla etishtirish va tayyorlash, uni dastlabki qayta ishlash, xom ipak va ipak kalava ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilishni tashkil etish; v) pillani chuqur qayta ishlashni tashkil etish bo‘yicha: ipakdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish va uning sifatini yanada yaxshilash, uning eng xaridorgir turlari va dizaynini o‘zlashtirish, tarmoq mahsulotlarini xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish va standartlashtirishni ta’minlash, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etishga doir ishlarni samarali tashkil etish; mahsulot sotish bozorlarini kengaytirish bo‘yicha marketing tadqiqotlari olib borish, ipak mahsulotlari narxini shakllantirishning maqbul mexanizmini yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda tayyor ipak mahsulotlari eksporti hajmini oshirish; g) tarmoqni jadal rivojlantirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha: pillachilik tarmog‘ini rivojlantirish borasida qabul qilingan dasturiy chora- tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-texnik, texnologik, investitsiyaviy va eksport siyosatini izchil yuritish hamda ichki va tashqi bozordagi narxlar monitoringini olib borish; normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, imtiyoz va engilliklar berish, xalqaro moliyaviy institutlar va donor mamlakatlarning mablag‘larini jalb qilish orqali Uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlanishiga ko‘maklashish. Uyushmaga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida, 13 ta hududiy va 144 ta tuman “Agropilla” MChJ lari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, 2019 yil 1 mart holatiga 8 ta ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish, 46 ta pillani qayta ishlash hamda ipak gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalari, 22 ta tut urug‘i va ko‘chatlari etishtirish xo‘jaliklari “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi a’zosi hisoblanadi. Sohani rivojlantirish yuzasidan 2017-2018 yillar davomida ipakchilik va pillachilik sohasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta va Vazirlar Mahkamasining 1 ta qarorlari qabul qilindi. Ushbu qarorlar asosida olib borilgan islohotlar natijasida sohada sezilarli ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan 2018-2025 yillarda pillachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish yuzasidan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olingan. Bu borada erishilgan natijalar va rejadagi ishlar 1.1-jadvalda keltirilgan. 1.1-jadval Download 31.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling