1- ma’ruza Kirish. Mashina detallari fani haqida umumiy ma’lumotlar. Mashinalar ishonchliligi haqida tushunchalar. Ruxsat etilgan kuchlanishlarni aniqlash. Mashina dеtallaridagi mahalliy kuchlanishlar


Download 1.15 Mb.
bet4/4
Sana30.04.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1408701
1   2   3   4
Bog'liq
1-маъруза.

Materialning texnologik xossalarini payvandlanish, puxtalanuv, kesib ishlanuv va quyulib ishlash mumkinligi kabi xossalar tashkil etadi. Materialning iqtisodiy xossasi esa asosan uning tannarxidir.
  • Loyiha va tekshiruv hisoblari haqida ma’lumotlar
  • Detalning o’lchamlarini asosiy ishchanlik qobiliyatiga (masalan, mustahkamlik, bikrlik, yeyilishga chidamlilik va boshqalar) mos keluvchi ifodalar orqali aniqlash loyiha hisobi deyiladi. Bu hisoblash usuli detalning yoki konstruksiyaning o’lchamlari oldindan noma’lum bo’lganda qo’llaniladi. Loyiha hisoblari qator cheklanishlarga asoslangan va dastlabki hisob rasmida bajariladi.
  • Detalning asosiy ishchanlik qobiliyati mezonining amaldagi tavsif­larini aniqlash va ularni ruxsat etilgan qiymatlari bilan taqqoslash tekshiruv hisobi deb ataladi. Tekshiruv hisobida hisobiy kuchlanishlar va mustahkamlik zahirasi koeffisientlari, haqiqiy solqilik va kesimning qiyalik burchagi, harorat va shu kabilar aniqlanadi.
  • Tekshiruv hisobi aniqlashtirilgan usul hisoblanadi. Bu hisob detalning rasmi va o’lchamlari loyiha hisobidan aniqlangan yoki konstruktiv asosda qabul qilingan holatlarda bajariladi.
  • Hisob va konstruksiyalash uzviy bog’langandir. Loyiha va tekshiruv hisoblari asosida chizma ko’rinishida mexanizm yoki mashinani yaratishning ijodiy jarayoni konstruksiyalash deyiladi. Mashina konstruksiyasining ishlanmasi bajarilayotganda mashinani tayyorlash va ishlatishga sarflanadigan xarajatlarning kamligida uning kerakli tavsiflarini ta’minlay oladigan qulay konstruksiyani olish uchun turli variantlar ko’rib chiqiladi.
  • Mashina dеtallarining ishchanlik qobiliyati va hisoblash mezonlari
  • Detallarning ishchanlik qobiliyati ularning ishlash sharoitlaridan kelib chiqadigan qator mezonlar orqali baholanadi. Boshqacha aytganda, mashina detallarini hisoblashda va ishchanlik qobiliyatini baholashda mashina yoki detalning ish sharoiti, muhiti, unga ta’sir ko’rsatadigan omillari albatta e’tiborga olinishi lozim. Masalan, abraziv sharoitda ishlatiladigan tishli g’ildirak juftligi bilan toza sharoitda ishlatiladigan tishli g’ildirak juftligi birdek xizmat muddatiga ega emas. Yuk ko’tarishda ishlatiladigan po’lat arqonlar bilan faqat biror konstruksiyani ushlashda qo’llaniladigan po’lat arqonning ish sharoitini bir xil deb bo’lmaydi. Shuning uchun ham detallarni hisoblashda va ishchanlik qobiliyatini baholashda mezonlar kiritilgan. Bunday mezon­larga mustahkamlik, bikrlik, yeyilishga chidamlilik, issiq­bardoshlik, titrashga chidamlilik kabilar kiradi.
  • Mustahkamlik. Barcha detallarning ishchanlik qobiliyatining asosiy mezoni - bu mustahkamlikdir. Mustahkamlik detalning yemirilishga yoki unga qo’yilgan yuklama ta’sirida plastik deformasiyaga qarshilik ko’rsatish qobiliyatidir.
  • Bikrlik. Bikrlik deb yuklamalar ta’sirida detallarning o’z rasmi va o’lchamlarini o’zgartirishga qarshilik ko’rsatish xususiyatiga aytiladi. Ba’zi detallarning mustahkam bo’lishi etarli bo’lmaydi, ular­ning bikr bo’lishi ham talab etiladi.
  • Yeyilishga chidamlilik. Berilgan xizmat muddati davomida detallarning ishqalanish yuzalarining kerakli o’lchamlarini saqlay olish qobiliyati yeyilishga chidamlilik deyiladi. Yeyilishga chidamlilik tanlangan materialning xossalariga, yuzalarning termik ishloviga va notekisligiga, bosim yoki kontakt kuchlanishlarning qiymatiga, sirpanish tezligaga, moy turi va moylanish maromiga, ishlash sharoiti va maromiga hamda boshqalarga bog’liqdir.
  • Issiqqa chidamlilik (issiqbardoshlik). Mashina detallarining yoki konstruktiv tuzilmaniig berilgan harorat chegarasida berilgan xizmat muddati davomida ishlay olish qobiliyati issiqbardoshlik deyiladi.
  • Titrashga ustuvorlik. Кonstruktiv tuzilmaning rezonans soha­laridan yetarlicha uzoqdagi kerakli maromlar diapazonida ishlay olish qobiliyati uning titrashga ustuvorliga deyiladi.
  • Mashina detallarining asosiy materiallari
  • Mashina detallarining asosiy materiallarini uch guruhga bo’lish mumkin: 1) qora metallar; 2) rangli metallar; 3) metallmas materiallar. Bulardan eng ko’p ishlatiladigani qora metallar – po’lat va cho’yandir.
  • Qora metallarning ko’p ishlatilishiga sabab shuki, ular mustahkam bo’lish bilan birga, nisbatan arzon turadi. Qora metallarning salbiy tomoni zichligi katta bo’lib, korroziyaga uncha chidamli emasligidir.
  • Mashinalarni loyihalashda ularning detallari uchun material tanlash muxandis-konstruktorning eng mas’uliyatli vazifalaridan biridir.
  • Mashina detallari uchun material tanlashdagi asosiy talab shuki, tanlab olingan material avvalo, detalning ishga layoqatli bo’lishini ta’minlashi hamda nisbatan arzon turishi kerak. Bu talabni hamma vaqt ham osonlikcha qondirib bo’lmaydi, chunki, odatda, mustahkam, puxta, sifatli materiallar qimmat turadi.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling